Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti
Download 19.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Kiber-siyosat-Passw-menejer.Authentic.Yusupova.S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent 2023 Parol menejeri va authenticator dasturlari
- Предлагать сохранение паролей
- Parol menejerlarining turlari
- Microsoft Authenticator
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI Kiberxavfsizlik siyosati fani Guruh:711-20 Bajardi: Yusupova S Tekshirdi: Salimov.S Toshkent 2023 Parol menejeri va authenticator dasturlari Microsoft Edge’s password manager: Dastlab Microsoft Edge brauzerini ishga tushirib sozlamalarga kiramiz(1-rasm). 1-rasm. Microsofr Edge sozlamalariga kirish. Keyingi qadamda Sozlamalarda Profil bo‘limini tanlaymiz(2-rasm). 2-rasm. Microsoft Edge da Profilga kirish. Xuddi shu Profil bo‘limidan(2-rasm) Parollar tanlanadi(3-rasm). 3-rasm. Microsofr Edge da Profildagi Parollar sozlamasiga kirish. Profildagi Parollar tanlangandan so’ng, Parol bilan bog‘liq sozlamalar bo‘limiga o’tiladi(4-rasm). 4-rasm. Profildagi Parol sozlamalari. 4-rasmda Parollarni eslab qolishni taklif qilish (Предлагать сохранение паролей) tugmasini yoqib qo’yish orqali Microsoft Edge da Parol menejer xizmati yoqiladi. Parol menejerining afzalliklari • Xavfsiz parollarni avtomatik yaratadi • Fishing saytlari haqida ogohlantiradi • Barcha parollarni eslab qolishga yordam beradi • Parollarni barcha qurilmalar va operatsion tizimlar bo‘ylab sinxronlashtirish Parol menejerlarining turlari: Parol menejerlari individual ehtiyojlarni qondirish uchun bir necha xil shakl va o‘lchamlarda keladi. Eng keng tarqalgan uchta tur: ish stoli, bulutga asoslangan va yagona tizimga kirish (SSO). Ish stoli parol menejeri eng qadimgi va eng mashhur variantlardan biridir. Ushbu turdagi ilova parollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterda shifrlaydi va saqlaydi, bu esa buzilish ehtimolini cheklaydi. Ammo bu mahsulotlar faqat bitta mashinada ishlatilishi mumkin - bir nechta kompyuter va mobil qurilmalar uchun qo‘llanilmaydi. Bulutga asoslangan parol menejeriga tarmoq yoki joylashuvdan qat’i nazar, istalgan qurilmadan kirish mumkin. Bu barcha parollarni istalgan joydan osongina olish imkonini beradi va foydalanish qulayligini ta’minlaydi. Yagona tizimga kirish (SSO – single sign-on) parol menejerlari korporativ muhitda eng keng tarqalgan. Ushbu vosita yordamida kerakli barcha veb-saytlar va hisoblarga turli xizmatlar uchun turli foydalanuvchi nomlari va parollar o‘rniga SSO yordamida kirish mumkin. Xilma-xillik odatda xavfsizlik uchun tavsiya etilgan bo‘lsa-da, SSO mahsulotlari odatda ichki joylashtirilgan turli ish saytlari kabi barcha tegishli platformalarda parollarni birlashtiradi. Microsoft Authenticator: Microsoft Authenticator dasturini yuklab olamiz. Yuklab olingandan so‘ng undaga akkauntni biriktiramiz. Biriktirilgan akkaunt holatini ko‘rishimiz mumkin(5-rasm). 5-rasm. Microsoft authenticator da akkaunt holati. Akkauntning google dagi parollarini import qilamiz(6-rasm). 6-rasm. Parollarni google dan import qilish. Keyingi qadamda Google Chrome brauzerida sozlamalarga kiramiz(7-rasm). 7-rasm. Google Chrome akkaunt sozlamalari. Sozlamalardan Avtomatik bajarish va Parollar (Автозаполнение и пароли) bo’limini tanlaymiz(8-rasm). 8-rasm. Автозаполнение и пароли bo’limi. 8-rasmda Google Parol Menejer ni tanlaymiz(9-rasm). 9-rasm. Google Parol menejeri Xuddi shu parol menejer oynasidagi sozlamalar (Настройки) bo’limiga o’tamiz(10-rasm). 10-rasm. Parol menejer sozlamalari. Google parol menejer sozlamalaridan parollarni eksport qilamiz(11-rasm). 11-rasm. Parollarni eksport qilish. Eksport qilingan faylni Authenticator dasturiga import qilib jo‘natamiz(12-rasm). 12-rasm. Authenticatorda parollar. Shuningdek, Microsoft Authenticator dasturiga addres kiritish va QR skaner orqali kirish imkoniyati ham mavjud. Download 19.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling