Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Download 1.79 Mb.
bet20/83
Sana31.01.2024
Hajmi1.79 Mb.
#1829947
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

Nazorat savollari

1. Chastotani avtomatik qayta sozlash nima uchun mo‘ljallangan va nimani ta’minlashi kerak?


2. Chastotani avtomatik qayta sozlash qanday amalga oshiriladi?
3. Chastotaviy detektorning ishlash prinsipini tushuntiring.
4. Faza bo‘yicha chastotani avtomatik qayta sozlash qanday amalga oshiriladi?
5. Fazaviy detektorning ishlash prinsipini tushuntiring.
6. Kuchaytirishni ravon potensiometrik rostlash deganda nima tushuniladi?
7. Rostlanadigan MTA yordamida kuchaytirishni rostlash qanday amalga oshiriladi?
8. Radiochastota va oraliq chastota kuchaytirgichlarida varikap nima uchun qo‘llaniladi?
9. Faza bo‘yicha ChQAS va chastota bo‘yicha ChQAS orasida umumiylik nimada va bu tizimlar bir-birlaridan nima bilan farqlanadi?
10. Faza bo‘yicha ChQAS va chastota bo‘yicha ChQASlarning ish rejimlarini ayting.


5. AMPLITUDALI, BIR POLOSALI VA BURCHAKLI MODULYATSIYALI UZATKICHLAR


5.1. Amplitudaviy modulyatsiyalashli radiouzatkichlar


Amplitudaviy modulyatsiyalash (AM) eng keng tarqalgan modulyatsiyalash turi hisoblanadi. AMli tizimda tashuvchining amplitudasi signal yoki ma’lumotning o‘zgarishiga mos o‘zgaradi (5.1- rasm). Signal bo‘lmaganida tashuvchining amplitudasi o‘zgarmas sathga ega bo‘ladi. Sinusoidal signal bilan modulyatsiyalanganda tashuvchining amplitudasi modulyatsiyalovchi signalning ortishi yoki kamayishiga muvofiq sinusoidal qonun bo‘yicha o‘z modulyatsiyalanmagan sathiga nisbatan ortadi yoki kamayadi. Modulyatsiyalovchi signalning amplitudasi qanchalik katta bo‘lsa, tashuvchining amplitudasi shunchalik kuchli o‘zgaradi. Amplitudaviy modulyatsiyalangan tashuvchi aniq modulyatsiyalovchi signalning shaklini aniq takrorlaydigan og‘ishga ega bo‘ladi va demodulyatsiyalashda aynan bu og‘ish foydali signal sifatida ajratiladi.

5.1- rasm. Amplitudaviy modulyatsiyalagan signal

{\displaystyle u_{m}(t)} um(t) - axborot (modulyatsiyalovchi) signal,


{\displaystyle u_{c}(t)} us(t) - tashuvchi (modulyatsiyalangan) signal (tashuvchi tebranish) bo‘lsin.
U holda um(t) amplitudaviy modulyatsiyalagan signal quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:


{\displaystyle u_{\text{am}}(t)=u_{c}(t)[1+m{\frac {u_{m}(t)}{|u_{m}(t)|_{\max }}}].\qquad \qquad (1)} (5.1)

Agar bo‘lsa, u holda (5.1) formula quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:




{\displaystyle u_{\text{am}}(t)=U_{c}[1+m{\frac {u_{m}(t)}{|u_{m}(t)|_{\max }}}]\cos(\omega _{c}t).} (5.2)

bu yerda {\displaystyle m}m – modulyatsiyalash koeffitsienti deyiladigan qandaydir manfiy bo‘lmagan doimiy. (5.1) formula um(t) signal bilan m modulyatsiyalash koeffitsientili amplituda bo‘yicha modulyatsiyalangan us(t) tashuvchi signalni tavsiflaydi.


Halaqitlarga bardoshliligi bo‘yicha amplitudaviy modulyatsiyalash chastotaviy va fazaviy modulyatsiyalashlarga yutqazadi, shuning uchun faqat uzun, o‘rta, qisqa to‘lqinli tizimlarda amplitadaviy modulyatsiyalash qo‘llaniladi.
Amplitudaviy modulyatsiyalash o‘z–o‘zidan qo‘zg‘atishli generatorlarda asosan chiqish yoki oraliq kaskadlarda elektron asboblarda bir yoki bir necha elektrodlarda kuchlanishni o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, tranzistorli generatorlarda kollektorli, bazaviy va emitterli, modulyatsiyalashlarga ajratiladi.
Tranzistorli radiouzatkichlarda modulyator tranzistorning kollektor zanjiriga ulangan boshqariladigan qarshilik sifatida ishlatiladi (5.2- rasm).
5.3-rasmda radiouzatkich kuchaytirish traktining umumiy tuzilish sxemasi keltirilgan. Uzatiladigan axborot modulyator kirishiga beriladi va kuchaytirilgandan so‘ng Rmod quvvatli modulyatsiyalaydigan signal YuCh kuchaytirgichga beriladi. Rmod ning talab qilinadigan qiymati R1 yuqori chastotali tebranishlar quvvatiga, m koeffitsientiga va modulyatsiya uslubiga bog‘liq. Shuningdek ta’minot manbaining R0 talab qilinadigan qiymati ham, bu parametrlar orqali aniqlanadi.

5.2- rasm. Tranzistorli RUQ sxemasi



5.3- rasm. RUQ kuchaytirish traktining umumiy tuzilish sxemasi

Amplitudaviy modulyatsiya tebranishlar spektri 5.4- rasmda keltirilgan.



5.4- rasm. Amplitudaviy modulyatsiya tebranishlar spektri



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling