Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Diodli signallar aralashtirgichlari sxemalari


Download 1.79 Mb.
bet56/83
Sana31.01.2024
Hajmi1.79 Mb.
#1829947
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

12.2. Diodli signallar aralashtirgichlari sxemalari

Aralashtirgichlar istalgan zamonaviy qabul qilgich YuCh-traktining integral qismi hisoblanadi. Chastotani aralashtirgichlar turli nochiziqli elementlar, ham diodlar, ham tranzistorlarga asoslanishi mumkin. Oddiyligi va doimiy surishsiz ishlash imkoniyati tufayli diodli aralashtirgichlar ko‘plab simsiz tizimlarda qo‘llaniladi.


Aralashtirgichlarning bir necha topologiyalari – nosimmetrik aralashtirgich, balansli aralashtirgich, halqali balansli aralashtirgich turlari mavjud. Bu konfiguratsiyalarning boshqa variantlari, masalan, simmetrik kanal so‘ndiriladigan aralashtirgichlar va odatda yuqoriroq chastotalarda, ko‘pincha millimetrli to‘lqin uzunliklari dipazonida ishlatiladigan geterodin garmonikasidagi aralashtirgichlar ham bo‘lishi mumkin.
Eng oddiy diodli aralashtirgich nosimmetrik aralashtirgich hisoblanadi, u kirish transformatori, bitta diod, YuCh-drossel va past chastotalar filtridan tashkil topgan (12.7- rasm).

12.7- rasm. Eng oddiy diodli aralashtirgich


Nosimmetrik aralashtirgich harakat detektorlari kabi uncha qimmat bo‘lmagan detektorlarda ishlatiladigan oddiy yechim hisoblanadi. Impedansni moslashtirish uchun kirish transformatori geterodin signalini teskari YuCh-terminal va antennaga nurlanmasligini oldini olish uchun yaxshi tanlovchanlikka ega bo‘lishi kerak.


Geterodin shovqinlarining ta’sirini kamaytirish uchun diodli ChO‘ balansli sxemalaridan foydalanish mumkin. Eng oddiy bunday sxema 12.8- rasmda keltirilgan, bu yerda Ug(t) geterodin kuchlanishi VD1 va VD2 diodlarga fazada, Us(t) signal esa qarama-qarshi fazada beriladi. Toklarning qayta taqsimlanishidan ko‘rinib turibdiki, ideal simmetrik balansli ChO‘ sxemasida quyidagilar bo‘lmaydi:
a) geterodin tebranishlarini signal konturiga “o‘tib ketishi”, chunki aralashtirgich yelkalaridagi L2 g‘altakdagi Igva Ig diodlar toklari qarama-qarshi fazada bo‘ladi va shuning uchun L1C1 kirish konturida EYuKni hosil qilmaydi;
b) geterodin shovqinlarini oraliq chastota traktiga o‘zgartirilishi, chunki Ishgva Ishg” o‘zgartirilgan toklar geterodin shovqinlarining sinfaz tebranishlariga bog‘liq va shuning uchun VD1 va VD2 diodlarga nisbatan o‘sha bir shartli yo‘nalishlarga ega, buning natijasida L4S2 chiqish konturida EYUKni hosil qilmaydi;

12.8- rasm. Diodli aralashtirgich balansli sxemasi


v) oraliq chastota tebranishlarini geterodin zanjiridan yana OChK traktiga o‘zgartirilishi, bu uning nobarqaror ishlashining oldini oladi. Oraliq chastota traktidagi tebranishlarni O‘YuChda geterodinga tushishi qabul qilish qurilmasining bu funksional tugunlari orasidagi parazit sxemaviy va konstruktiv aloqalari tufayli bo‘lishi mumkin.


Balansli aralashtirgich ikkita qarama-qarshi ulangan diodlardan iborat. Bunday konfiguratsiyada geterodin yoki YuCh-portdan diodga keladigan shovqin komponentlari boshqa diodda qarama-qarshi yo‘nalishda generatsiyalanadi va ChO‘ chiqishida deyarli to‘liq kompensatsiyalanadi.
Halqali balans aralashtirgich odatda 12.9- rasmda ko‘rsatilganidek, ulangan to‘rtta diodlar asosida quriladi. Bunday konfiguratsiya tasodifiy halaqitlarni juda yaxshi so‘ndirilishini va barcha portlar orasida yaxshi izolyatsiyani ta’minlaydi. Simmetrik ulanish tufayli geterodin kuchlanishi YuCh-kirishdan izolyatsiyalangan, bu YuCh kuchlanishni geterodin chiqishida paydo bo‘lishini oldini oladi.

12.10- rasm. Halqali balans aralashtirgich



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling