Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


To‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli qabul qilgichning tuzilish sxemasi


Download 1.79 Mb.
bet45/83
Sana31.01.2024
Hajmi1.79 Mb.
#1829947
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

10.3. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli qabul qilgichning tuzilish sxemasi

To‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli qabul qilgichning tuzilish sxemasi 10.3- rasmda keltirilgan. Yuqorida bayon etilgan radioqabul qilgichdan bu radioqabul qilgich radiochastota kuchaytirgichning (RChK) borligi va buning natijasida, sezilarli katta sezgirlik va tanlovchanlik bilan ajralib turadi. Kirish zanjiri va RChKning tanlovchan zanjirlari qabul qilinadigan radiosig­nal chastotasiga sozlanadi va bu chastotada kuchaytirish amalga oshiriladi, binobarin, KZ chastota bo‘yicha dastlabki tanlovchanlikni, RChK esa chastota bo‘yicha asosiy tanlovchanlik va signalning sezilarli kuchaytirilishini ta’minlaydi. Radioqabul qilgichning sezgirligida asosiy rolni uning o‘z shovqini o‘ynaydigan diapazonlarda RChK sifatida kam shovqinli kuchaytirgichlardan (KShK) foydalaniladi. Bunday qabul qilgichni chastota bo‘yicha qayta sozlash barcha KZ va RChK rezonans tizimlarini muvofiqlashtirilgan qayta sozlanishini talab qiladi.

10.3- rasm. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli radioqabullash qurilmasining tuzilish sxemasi

10.4. Supergeterodinli qabul qilgichning tuzilish sxemasi

Radiotexnikada revolyusiya amerikalik ixtirochi Edvin Armstrong 1913 yilda supergeterodinli qabul qilgich sxemasini taklif qilganda bo‘lib o‘tdi. Sxema shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ldiki, hozirgi vaqtgacha o‘ntadan to‘qqizta qabul qilgichlar bu prinsipda ishlayapti. Supergeterodin jumboqli so‘zining ma’nosi shundan iboratki, kirish konturi ajratgan yuqori chastotali signal dastlab bu turdagi qabul qilgich uchun o‘zgarmas bo‘lgan boshqa chastotaga o‘zgartiriladi, keyin esa oraliq chastota deyiladigan bu chastotada asosiy signalni kuchaytirish va boshqa ikkinchi darajali signallarni kuchsizlantirish amalga oshiriladi (10.4- rasm).
Shunday qilib, qabul qilgichning ko‘plab ko‘rsatkichlarini sezilarli yaxshilashga qabul qilingan signal chastotasini unga eng katta samaradorlikda ishlov berilishi mumkin bo‘lgan chastotalar sohasiga o‘tkazish prinsipi asosida erishiladi. Barcha radiodiapazonlarda bu prinsip asosida qurilgan supergeterodinli qabul qilgich sxemasi eng keng qo‘llanadi. Bunday qabul qilgichda fs chastota signallari aralashtirgich (Ar) va yordamchi tebranishlar generatori – geterodindan (G) tashkil topgan chastota o‘zgartirgichida (ChO‘) qayd etilgan for oraliq chastotaga o‘zgartiriladi, bu chastotada asosiy kuchaytirish va chastota bo‘yicha tanlovchanlik amalga oshiriladi.

10.4- rasm. Supergeterodinli qabul qilgichning tuzilish sxemasi


Chastotani bir marta o‘zgartirishli supergeterodinli qabul qilgichning eng to‘liq tuzilish sxemasi 10.5- rasmda keltirilgan.




10.5- rasm. Supergeterodinli qabul qilgichning blok-sxemasi


Geterodin – bu kichik quvvatli rostlanadigan generator hisoblanadi. Generator barcha zamonaviy qabul qilgichlarda qo‘llaniladi, lekin uning funksiyalari radiouzatkichlarda generatorlar bajaradigan funksiyalardan farq qiladi. Qabul qilgichda generator keyinchalik radiochastota bilan qo‘shiladigan tebranishlarni ishlab chiqaradi. Binobarin, geterodinning chastotasi kirish konturining sozlanishi bilan birga sinxron (ko‘p seksiyali O‘SK yordamida) o‘zgaradi. Bu qo‘shishdan keyin olinadigan signal chastotasi doimo o‘zgarmas bo‘lishi uchun kerak. Bu oraliq chastota (OCh) bo‘ladi. U tanlangan sozlash diapazoniga va radiostansiyaning qabul qilish chastotasiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Aralashtirgich chiqishida olinadigan Och ning o‘zgarmasligi keraksiz signallarni (qo‘shni radiouzatkichlarning radiochastotalari, efirdagi halaqitlar va h.k.) ancha samarali filtrlashga imkon beradi. Oraliq chastota shunday tanlanadiki, uning qiymati uzatish radiostansiyalari chastotalari sohasiga tushmaydi (odatda 465 KGs, horijiy apparaturada 455 KGs). Bundan tashqari, nisbatan past OCh qo‘llaniladigan elementlarga (tranzistorlar, mikrosxemalar, filtrlar, kondensatorlarga) unchalik talablarni qo‘ymaydi. Ular past chastotali va demak, arzonroq bo‘lishi mumkin.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling