Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


RADIOQABUL QILISH QURILMALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR


Download 1.79 Mb.
bet41/83
Sana31.01.2024
Hajmi1.79 Mb.
#1829947
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

9. RADIOQABUL QILISH QURILMALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR


9.1. Radioqabul qilish qurilmalarining vazifasi va tasniflanishi

Radioqabul qilish qurilmasi istalgan xabarlarni uzatish radiotexnik tizimining eng muhim va zarur elementlaridan biri hisoblanadi. U quyidagilarni ta’minlaydi:



  • foydali xabarni tashiydigan elektromagnit maydon energiyasini tutish;

  • foydali radiosignalning quvvatini kuchaytirish;

  • radiosignalni detektorlash;

  • signal quvvatini kuchaytirish va uni oluvchiga beriladigan xabarga o‘zgartirish.

Qabul qilish joyida tabiiy va sun’iy kelib chiqishdagi radiohalaqitlar manbalari hosil qiladigan tashqi elektromagnit maydonlar mavjud. Bu elektromagnit maydonlar foydali signalni buzadi va xabarlarni qabul qilishda xatoliklarni keltirib chiqaradi.
Radiosignallarni qabul qilish va uzatish tebranish konturiga asoslanadi. Konturga tashqi energiya, masalan o‘zgaruvchan elektr toki orqali ta’sir qilishda unda majburiy tebranishlar deyiladigan tebranishlar vujudga keladi. Agar signallar chastotasi konturning tebranishlar chastotasi bilan mos tushsa, rezonans hodisasi -tebranishlar amplitudasi eng katta qiymatiga erishadi. Bunda yetkaziladigan tebranishning amplitudasini oshirish kerak emas, bu tebranishlarning chastotasi konturning sozlanishi chastotasiga teng bo‘lsa bo‘ldi. Aynan bu hodisa qabul qilgichni ma’lum chastotaga sozlash va kerakli stansiyani boshqa ko‘plab stansiyalar ichidan ajratish imkoniyatini berdi.
Konturni rezonansga sozlash uchun uning chastotasini o‘zgartirish kerak. Bunga induktivlik yoki sig‘im parametrlarini o‘zgartirish bilan erishiladi. Texnologik jihatdan induktivlikka qaraganda sig‘imni o‘zgartirish oson, shuning uchun asosan aynan sig‘imni o‘zgartirish qo‘llaniladi. Sig‘imni o‘zgartirishga imkon beradigan klassik element o‘zgaruvchan sig‘imli kondensator hisoblanadi (9.1- rasm). Odatda uning yordamida kerakli chastotaga sozlanish (ya’ni konturning rezonans chastotaga sozlanishi) amalga oshiriladi (9.2- rasm).

9.2- rasm. O‘SKning sxematik tuzilishi (chapda) va uning tashqi ko‘rinishi (o‘ngda)



9.2- rasm. Konturning kerakli chastotani ajratishi

Avval mexanik O‘SK sozlashning yagona qurilmasi bo‘lgan, lekin radioning rivojlanishi jarayonida qulayroq va ishonchliroq elementlar paydo bo‘ldi. Masalan, sig‘imi boshqariladigan kuchlanishning o‘zgartirilishi bilan o‘zgaradigan varikap-yarim o‘tkazgichli element ishlatiladi yoki ikkita plastinali an’anaviy qurilma emas, balki o‘sha vazifalarni funksional bajaradigan integral sxema kondensatorning elektron ekvivalenti (varikaplar) ishlatiladi (9.3- rasm).





9.3- rasm. Varikapning sxemada belgilanishi (chapda) va tashqi ko‘rinishi (o‘ngda)

Qabul qilgichda signallarni qabul qilishning o‘zgaruvchan sharoitlariga qabul qilgichni moslashtirishni ta’minlaydigan kuchaytirish, tanlovchanlik, xarakteristikalar shakllarini avtomatik rostlash ko‘zda tutiladi.


Qabul qilgichni zarur murakkablashtirish xabarlarni qabul qilish sifatiga oshirilgan talablarga bog‘liq. Bu murakkablashtirish, ayniqsa, aloqa, radiolokatsion, radionavigatsion, telemetrik va boshqa tizimlar professional qabul qilgichlari uchun xarakterli hisoblanadi.
Shunday qilib, professional radioqabul qilish qurilmasi foydali signal va radiohalaqitlar aralashmasiga optimal ishlov berishni ta’minlaydigan adaptiv elementlar kompleksi hisoblanadi.
Ko‘rsatilganlarga muvofiq istalgan radioqabul qilish qurilmasining tuzilish sxemasi qabul qilish antennasi, qabul qilgich va chiqish asbobidan tashkil topadi (9.4- rasm).
Radioqabul qilish qurilmalarining tasniflanishini ko‘rib chiqamiz.
1. Asosiy vazifasi bo‘yicha qabul qilgichlar radioeshittirish va professional qabul qilgichlarga bo‘linadi.
Radioeshittirish qabul qilish qurilmalari guruhi xabarlarni qabul qilish masalalarini nisbatan oddiy texnik echimlari bilan farqlanadi yoki radioeshittirish qabul qilgichlarini ommaviy ishlab chiqarish ishlanmalarga bunday yondashishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini taqozo etadi.
Professional qabul qilish qurilmalari guruhi murakkabroq texnik echimlar bilan farqlanadi, chunki bu qurilmalar asosan bitta uzatkichda ishlaydi va qabul qilish va uzatish qurilmalariga harajatlar teng qiymatli bo‘lishi mumkin. Bunday yondashishni amalg oshirilishiga misol kosmik aloqa yoki yerning sun’iy yo‘ldoshlari (YSY) orqali aloqa tizimlari hisoblanadi.

9.4- rasm. Radioqabul qilish qurilmasining umumiy tuzilish sxemasi


9.5- rasmda qabul qilish qurilmalarining tasniflanishi keltirilgan.


Guruhlardan har biri, o‘z navbatida, kichik guruhlarga bo‘linadi, ulardan har biri yana kichik guruhlarga va h.k. bo‘linishi mumkin (9.4- rasm).
Aloqa qabul qilish qurilmalari quyi, viloyat, magistral va kosmik aloqa qabul qilish qurilmalariga bo‘linadi.
2. Ishlash turi bo‘yicha radiotelefon, radiotelegraf (eshitish, yozish yoki harf terish), fototelegraf va boshqa qabul qilgichlariga bo‘linadi.

9.5- rasm. Qabul qilish qurilmalarining tasniflanishi


3. Aloqa liniyasida ishlatiladigan modulyatsiyalash turi bo‘yicha (amplitudaviy modulyatsiyalangan, chastotaviy modulyatsiyalangan, fazaviy modulyatsiyalangan, impulsli modulyatsiyalangan, bir polosali va kombinatsiyalangan signallar qabul qilgichlari).


4. Radiochastotalar bo‘yicha Xalqaro maslahat qo‘mitasi tavsiyalariga muvofiq qabul qilinadigan to‘lqinlar diapazoni bo‘yicha qabul qilgichlar miriametrli to‘lqinlar (100-10 km), kilometrli to‘lqinlar (10-1 km), gektometrli to‘lqinlar (1000-100 m), dekametrli to‘lqinlar (100-10 m), metrli to‘lqinlar (10-1 m), detsimetrli to‘lqinlar (100-10 sm), santimetrli to‘lqinlar (10- 1 sm), millimetrli to‘lqinlar (10-1 mm), detsimillimetrli to‘lqinlar (1- 0,1 mm) va boshqa to‘lqinlar qabul qilgichlariga bo‘linadi. Ko‘rsatilgan diapazonlardan bir nechtasiga ega bo‘lgan qabul qilgichlar ko‘p to‘lqinli qabul qilgichlar deyiladi.
5. Detektorgacha signallarni kuchaytirish traktini qurish usuli bo‘yicha qabul qilgichlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlashli, bir marta, ikki marta yoki ko‘p marta chastota o‘zgartiriladigan supergeterodinli qabul qilgichlariga bo‘linadi.
6. Ta’minot usuli bo‘yicha qabul qilgichlar akkumulyatorlar yoki batareyalardan avtonom ta’minotli, o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tok tarmog‘idan ta’minlanadigan tarmoq, universal ta’minotli qabul qilgichlariga bo‘linadi.
7. O‘rnatish joyi bo‘yicha statsionar, harakatdagi, samolyot, kema, avtomobil va boshqa qabul qilgichlarga bo‘linadi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling