Radiolokatsion jihoz qurish asoslari
Download 81,27 Kb.
|
Radiolokatsion jihoz qurish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm.31. Aktiv radiolokatsiya Aktiv radiolokatsiyaning boshqa turi aktiv javobli
Radiolokatsion jihoz qurish asoslari. Radiolokatsion jihozlar radioto‘lqinlarning xossalaridan foydalanishga asoslanib quriladi. Bunday xossalar radioto‘lqinlarning jism yuzasidan qaytish effekti, nurlanish va qayta nurlanish hodisalaridir. Radiolokatsion jihozlar yordamida harakatdagi turli nishonlarni aniqlash, ular harakati parametrlarini o‘lchash vazifalari bajariladi. Nishonni aniqlash, uning koordinatalari va harakat parametrlarini o‘lchash jarayoni radiolokatsion kuzatuv deb ataladi. Bunday jarayonni bajaradigan tizim va qurilmalar radiolokatsion stansiya yoki radiolokator deb ataladi. Radiolokatsion nishonni aniqlash uslubiga qarab radiolokatsiya jarayoni aktiv radiolokatsiya, passiv radiolokatsiya va aktiv javobli aktiv radiolokatsiya turlariga bo‘linadi. Aktiv radiolokatsiya (rasm.31) usuli radiolokatsion stansiya uzatkichi radiolokatsion kuzatuv jarayonida tarqatgan elektromagnit to‘lqinlari nishondan qaytganidan so‘ng qabulqilgichi orqali qabul qilib olishga asoslangan. Bu erda radiostansiyaning qabulqilgichi qaytgan signalni qayta ishlab nishon to‘g‘risidagi ma’lumotni ajratib oladi. Radiolokatsion stansiya uzatkichi nurlatgan (tarqatgan) signal zondlovchi va qabulqilgichi qabul qilgan signal qaytgan signal deb ataladi.
Aktiv radiolokatsiyaning boshqa turi aktiv javobli turidir (rasm.32). Bunday usul tizimda radiolokatsion kuzatuv nishonida maxsus retranslyasion qabulqilgich uzatkich o‘rnatilgan bo‘lib, uning qabulqilgichi radiolokatsion stansiya signalini qabul qilib olgandan so‘ng, qayta ishlab uzatkichi orqali atrofga shifrlangan javob signali tarqatadi. Bunday signal radiolokatsion stansiya qabulqilgichida qabul qilinib nishon to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oladi.
Download 81,27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling