Yadroviy qurollar ularning kelib chiqishi va insonlarga ta’siri


Download 5.53 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1537493
Bog'liq
Yadroviy qurollar-fayllar.org


Yadroviy qurollar

YADROVIY QUROLLAR

ULARNING KELIB CHIQISHI VA INSONLARGA TA’SIRI

Tayyorladi: Xundiboyev Murodjon


Yadroviy qurollar 


  • shikastlash vositasi yadro zaryadidan iborat boʻlgan qurol. Yadro reaksiyasi natijasida vujudga keladigan portlash (atom yadrosining zarrachalarga boʻlinishi), zarrachalar sintezi yoki ikkala jarayonning bir vaqtda sodir boʻlishi vaqtida ajralib chiqadigan ichki energiyadan foydalanishga asoslangan yadro bombasi, uni nishonga yetkazish vositasi (raketa, torpeda, samolyot, artilleriya toʻpi) va bombaning nishonga aniq borib tushishini taʼminlaydigan boshqarish qurilmalaridan iborat. Yadro quroli yadro energiyasining olinish usuliga qarab, yadro va termoyadro (vodorod) qurollariga boʻlinadi. Yadro oʻqdorilariga aviatsiya bombalari, artilleriya snaryadlari, raketalarning jangovor qismlari, dengiz torpedalari, suv osti bombalari va minalari (atom fugaslari) kiradi. Yadro quroli zarb toʻlqini, yorugʻlik nurlanishi, singuvchi radiatsiya va radioaktiv zaharlash va boshqalar turli shikastlantiruvchi taʼsirlarga ega. Yadro snaryadlarining quvvati trotil ekvivalenti bilan tonna, kilotonna (1 kt — 1000 t) yoki megatonna (1 mg — 1 mln. t) larda oʻlchanadi. Yadro quroli quvvatiga qarab, kichik quvvatli (15 kt gacha); oʻrtacha quvvatli (15—100 kt), katta quvvatli (100—500 kt), juda katta quvvatli (500 kt dan yuqori) qurollarga boʻlinadi. Yadro quroli havoda, yer (suv) ustida, yer (suv) ostida portlashi mumkin (yana q. Yadro portlashi). Yadro quroli taktik va strategik jihatdan farklanadi. Taktik qurollarga turli masofaga uchuvchi boshqariladigan va boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlar (raketalar), samolyotlar, suv osti kemalari, shuningdek, yadro zaryadi tashuvchi yirik kalibrli stvolli artilleriya kiradi. Taktik va strategik qurollar oʻrtasida keskin chegara yoʻq, baʼzi sharoitlarda taktik maqsadlar uchun moʻljallagan yadro zaryadlari strategik jahatdan ham qoʻllanilishi mumkin. Yirik strategik nishonlarni shikastlantirish uchun moʻljallangan yadroning jangovar qismlari 1—5 mln. t (hatto 40—50 mln. t gacha) trotil ekvivalentiga ega boʻlishi mumkin.

  • Strategik yadro qurollarini eltuvchilar uzoqqa uchuvchi raketalar, qitʼalararo ballistik raketalar, samolyotsnaryadlar va strategik bombardimonchi samolyotlardir. Qudratli yadro zaryadlarini nishonga eltishda Yerning sunʼiy yoʻldoshlaridan foydalanish rejasi ham bor.

Yadroviy qurollarning insonlar ta’siri


  • 75 йил аввал – 1945 йил 9 августда Япониянинг Нагасаки шаҳрига АҚШ кучлари ядровий бомба ташлаган. Тарихда иккинчи ва охирги марта ядровий қурол ҳарбий мақсадда қўлланилиши оқибатида (биринчи марта унда уч кун аввал — ўша йилнинг 6 августида Япониянинг Хиросима шаҳрига шу турдаги бомба ташланган эди) Нагасакида ўн минглаб одамлар ҳалок бўлди, юз минглаб одамлар майиб-мажруҳ бўлиб қолди. Қуйидаги фотожамланмада ана шу даҳшатли ҳодисалар тарихи ва жабрдийдаларнинг фотосуратларини томоша қилишингиз мумкин.

Хиросима ва Нагасаки шаҳарларининг атом бомбаси ҳужумига учраши инсоният тарихида ядро қуролидан фойдаланишнинг ягона тажрибаси бўлиб турибди. Ҳужум АҚШ Қуролли кучлари томонидан Иккинчи жаҳон урушининг якуний босқичида амалга оширилган.


  • Хиросима ва Нагасаки шаҳарларининг атом бомбаси ҳужумига учраши инсоният тарихида ядро қуролидан фойдаланишнинг ягона тажрибаси бўлиб турибди. Ҳужум АҚШ Қуролли кучлари томонидан Иккинчи жаҳон урушининг якуний босқичида амалга оширилган.

  • 1945 йил 16 июлда АҚШнинг Нью-Мексико штатидаги полигонда дунёдаги илк атом бомбаси синови муваффақиятли ўтказилди. Портлаш кучи 21 килотонна тротилга тенг бўлди. 1945 йил 6 август куни эрталаб АҚШнинг B-29 Enola Gay номли бомбардировкачи самолёти экипаж командири полковник Пол Тиббетс бошчилигида Япониянинг Хиросима шаҳрига Little Boy («Кичик бола») деб аталган атом бомбасини ташлади. Бу бомбанинг кучи 13–18 килотонна тротил эквивалентига тенг эди.

  • Хиросимида умумий вафот этганлар сони 90 мингдан 166 минг нафарга етган.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT



http://fayllar.org
Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling