Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Komp Tash etishdan Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI KIS20-02 GURUHI TALABASINING KOMPYUTER TASHKIL ETISH FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu
- Samarqand -2022
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI KIS20-02 GURUHI TALABASINING KOMPYUTER TASHKIL ETISH FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu : Kompyuter tizimlarini tashkil etish Bajardi : Sayitqulov S Qabul Qildi:Sobirov R Samarqand -2022 Mavzu: Kompyuter tizimlarini tashkil etish Mavzu: Kompyuter tizimining tuzilishi, turlari, kompyuter arxitekturasi. Reja Kompyuter tizimlari asosiy tushunchalar. Fllin klassifikasiyasi va arxirekturalari. Kompyuter tizimlariga qo’yiladigan umumiy talablar Kompyuter tizimlari asosiy tushunchalar. Kompyuter tizimlari - o’lchash, hisoblash va boshqa yordamchi texnik vositalar majmuasidan iborat bo’ladi. Kompyuter tizimlarining bir nechta belgilariga ko’ra quyidagicha umumlashtirilgan klassifikasiya bo’yicha ajratishimiz mumkin: Qo’llaniladigan sohasiga qarab: - sanoat sohasidagi kompyuter tizimlari; - tijoratda sohasidagi kompyuter tizimlari; - moliya sohasidagi kompyuter tizimlari; - marketing sohalaridagi kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlari asosiy tushunchalar. Kompyuter tizimlari – bir kompyuterli, ko’p kompyuterli va ko’p protsessorli tizimlar sifatida quriladi. Kompyuter tizimlari – tezkor (online) va tezkor bo’lmagan (offline) rejimlarida ishlashi mumkin. Kompyuter tizimlarini boshqarish – markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan tarzda amalga oshiriladi. Kompyuter tizimlarining vositalari – bir joyga to’planib yoyilgan holda, ma’lumotlarni bir sathli ishlash vositalari sifatida va ko’p sathli ishlash vositalari sifatida quriladi. Kompyuter tizimlariga qo’yiladigan umumiy talablar Narx/unumdorlik munosabati; Ishonchlilik va buzilishga barqarorlik; Buzilishga barqarorlik; Masshtablashtirish; Dasturiy ta’minotning mosligi va mobilligi; Narx/unumdorlik munosabati Turli xil kompyuterlar va ma’lumotlarga ishlov berish vositalarini o’zaro solishtirish uchun unumdorlikni o’lchashning standart metodikasidan ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar sinov natijasida olingan sonli ko’rsatkichlardan u yoki bu texnik yechimlarni baholash uchun foydalanishlari mumkin. Natijada aynan unumdorlik va narx kabi ko’rsatkichlar hisoblash tizimlarini qanday qurish kerak degan savolning yechimi uchun rasional asos bo’la oladi. Ishonchlilik va buzilishga barqarorlik. Hisoblash tizimlarining muhim xarakteristikasi bu ishonchlilik. Ishonchlilikni oshirish yuqori darajadagi integrasiyali komponentlarni qo’llash hisobiga uzluksiz ishlamaslik va buzilishlarni kamaytirish, shovqin darajasini kamaytirish, sxemalarning ishchi holatini yengillashtirish, ularning ishidagi sovutish talablarini ta’minlash, bulardan tashqari apparatlarni va tizimlarni to’liqligicha yig’ish va testlash usullarini mukammallashtirish yo’li bilan ta’minlanadi. Buzilishga barqarorlik - bu tizimning nosozlik yuzaga kelganda dastur bo’yicha berilgan harakatini (vazifasini) davom ettirishni ta’minlaydigan xususiyat. Buzilishga barqarorlik xususiyati ko’plab apparat va dasturiy ta’minotlarni talab qiladi. Buzilishga barqarorlik - bu tizimning nosozlik yuzaga kelganda dastur bo’yicha berilgan harakatini (vazifasini) davom ettirishni ta’minlaydigan xususiyat. Buzilishga barqarorlik xususiyati ko’plab apparat va dasturiy ta’minotlarni talab qiladi. Masshtablashtirish. Masshtablilik prosessorlarning soni va quvvatini, operativ va tashqi xotiralar hajmini va hisoblash tizimlarining boshqa resurslarini oshirishni o’zida aks ettiradi. Masshtablilikni kompyuterning arxitekturasi va konstruksiyasi, bundan tashqari mos dasturiy vositalar ta’minlashi kerak. Ideal holatda tizimga kompyuterni qo’shish uning unumdorligini chiziqli o’sishiga olib kelishi kerak. Dasturiy ta’minotning mosligi va mobilligi. Dasturiy moslik qoidasi birinchi marta IBM/360 tizimini ishlab chiqaruvchilar tomonidan keng miqyosda qo’llanilgan. Ushbu tizimning bir qancha modellarida loyihalashning asosiy vazifasi - narxi va unumdorligidan qat’iy nazar tizimning barcha modeli uchun foydalanuvchilar nuqtai nazarida bir xil bo’lgan arxitekturani yaratishdan iborat bo’lgan. Bunday yondashuvning katta afzalligi shundaki, mavjud dasturiy ta’minotda bajarilayotgan ishlar yangi (qoida bo’yicha bir muncha yuqori unumdorli) modelga o’tganda mavjud ish holatini saqlash imkonini beradi. Shinali tashkil etilgan oddiy kompyuter strukturasi Fllin Klassifikasiyasi Hisoblash tizimlari arxitekturasini klassifikasiyalashning ko’pgina usullari mavjud bo’lib, ulardan taniqli va keng tarqalganlaridan birini ko’rib chiqamiz. 1966 yilda M. Flinn tomonidan asosida prosessorda ishlov beriluvchi oqim yoki elementlar ketma-ketligi (buyruqlar va ma’lumotlar) tushunchasi bo’lgan EHM va hisoblash tizimlari arxitekturalarining klassifikasiyalari taklif qilingan. Ma’lumotlar va buyruqlar oqimi soniga asoslangan ushbu klassifikasiyalar tizimi to’rtta asosiy turga ajratiladi (1.1-jadval, 1.1-rasm). Ma’lumotlar oqimi Buyruqlar oqimi Bir oqim Ko’p oqim Bir oqim SISD – Single Instruction stream/ Single Data stream (Bitta buyruq oqimi va bitta ma’lumotlar oqimi ) MISD – Multiple Instruction stream/ Single Data stream (Ko’p buyruqlar oqimi va bitta ma’lumotlar oqimi) Ko’p oqim SIMD - Single Instruction stream/ Multiple Data stream (Bitta buyruq oqimi va ko’p ma’lumotlar oqimi) MIMD – Multiple Instruction stream/ Multiple Data stream (Ko’p buyruqlar oqimi va ko’p ma’lumotlar oqimi) 1.1-jadval. Flinn klassifikasiyasi Har bir turdagi arxitekturaning xususiyatlarini qisqacha ko’rib chiqamiz. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling