Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg’ona filiali kompyuter injiniring fakulteti “Elektronika va sxemalar” fanidan mustaqil ishi bajardi: 713-21 guruh talabasi Dadaboyeva Nasibaxon

Download 187.67 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi187.67 Kb.
#1137836
Bog'liq
Dadaboyeva Nasibaxon 713-21 elektronika slayd

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg’ona filiali KOMPYUTER INJINIRING fakulteti “Elektronika va sxemalar” fanidan MUSTAQIL ISHI Bajardi: 713-21 guruh talabasi Dadaboyeva Nasibaxon

Reja:

  • 1.Diod haqida tushuncha
  • 2.Yarim o’tkazgichli diodlar va ularning turlari.
  • 3. Diodlarning ulanish sxemasi.
  • 4.Xulosa.

Diod-(yunoncha di... ikki martalikni bildiruvchi old qo’shimcha va еlektrod) – bir tomonlama еlektr o’tkazuvchanlik xossasiga еga bo’lgan ikki еlektrodli asbob. Еlektrovakuumli, yarim o’tkazgichli diod, gazotron xillari bor. Radiotexnika, еlektronika, еnetgetika va texnikaning boshqa sohalarida asosan, o’zgaruvchan tokni to’g’rilash, detektrlash, chastotani qayta o’zgartirish, еlektr zanjirlarni almashlab ulashda ishlatiladi.

Sanoatda juda ko‘p diodlar ishlab chiqariladi. Ular ko‘rinishi, parametrlari, ishlatilgan materiali, bajaradigan vazifasi bilan bir-biridan farq qiladi. Yarimo‘tkazgichli diodlar ikki elektrodli bo‘lib, birining nomi anod, ikkinchisining nomi katod deyiladi. Dioddan faqat bir tomonga tok oqib o‘tadi, ya’ni anoddan katodga, ikkinchi tomonga oqib o‘tmaydi chunki manbaga teskari ulanganda diodning ichki qarshiligi (Ri) juda katta bo‘ladi.

Diodlar radioelektron qurilmalarda ishlatilishi va bajaradigan vazifasiga muvofiq tasniflanadilar. Barcha yarimo‘tkazgich diodlarni ikki guruhga ajratish mumkin: 

To‘g‘rilovchi diodlar o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirish uchun 

qo‘llanadi. To‘g‘rilanuvchi tok shakli va chastotasiga bog‘liq holda ular past chastotali, yuqori chastotali va impuls  diodlarga ajratiladi. 

Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlarda p-n o‘tishlarning turli elektrofizik xususiyatlaridan, masalan, teshilish hodisalaridan, fotoelektrik hodisalardan, manfiy qarshilikka ega sohalari mavjudligidan va boshqalardan foydalaniladi. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlar, xususan, o‘zgarmas kuchlanishni barqarorlash, optik nurlanishni qayd etish, elektr sxemalarda  signallarni shakllantirish va boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.

Diodlar elektr zanjirda ulanishiga qarab vazifalari belgilanadi. Masalan: o‘zgaruvchan tokni to‘g‘irlash maqsadida to‘g‘irlagichli diodlar, tokning barqaror holatda turishini ta’minlovchi stabilitronlar, yorug‘lik nur tarqatuvchi yorug‘lik diodlar, nurli signallarni qabul qiluvchi fotodiodlar, yuqori chastotali signallarni past chastotali signallarga aylantirib beruvchi yuqori chastotali diodlar hisoblanadi.

Yorug’lik
diodi
Stabilitron
Diod
Ko’prigi
T
o’g’irlagichli diod
Anod

Yorug‘lik diodning elektr zanjirga ulanish sxemasi

Anod
Anod
Katod
Katod

XULOSA

  • Tayyorlanish texnologiyasida asosan germaniy, kremniy, indiy kabi yarimo‘tkazgichli materiallardan foydalaniladi.
  • Diodlar radioteleapparaturalarda asosan, signallarni o‘zgartirgach, detektor, demodulator, elektr tokining barqaror holatda turishini ta’minlaydi, o‘zgaruvchan tokni to‘g‘irlash maqsadida to‘g‘irlagich ishlatiladi. Ular parametrlari bilan birbiridan farq qiladi, transformator yordamida pasaytirilgan tok diod yordamida to‘g‘irlanadi. Diodlar asosan uch xil kuyish alomatiga ega, chala kuyadi. Qisqa tutashib qolishi yoki uzilib qolishi mumkin, mana shu kuyishi bir necha o‘nlab buzuqlik nuqsonlarini keltirib chiqaradi. HC260 multi-tester asbobi bilan diodlar quyidagicha tekshiriladi. Dioddan bir tomonga tok oqib o‘tadi, shuni inobatga olib tekshiramiz. Om shkalada diodning anodiga musbat shchupni, katodiga manfiy shchupni qo‘yamiz, shkala ko‘rsatkichi qo‘zg‘alib, 100E–200E atrofida ko‘rsatadi. Shchuplarning joyini o‘zgartiramiz, shkala ko‘rsatkichi qo‘zg‘almaydi. Diod ishlayotgan bo‘ladi, shchuplarni o‘zgartirilganda ikki tomonga ko‘rsatsa qisqa tutashgan, shkala ko‘rsatkichi qo‘zg‘almasa uzilgan bo‘ladi. Bu nuqsonlarni almashtirish yo‘li bilan bartaraf etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Aripov X.K., Abdullayev A.M., Alimova N.B., Bustanov X.X., Toshmatov Sh.T. Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtitish (darslik). Toshkent .: «Aloqachi», 2017y.

2.Aripov X.K., Abdullayev A.M., Alimova N.B., Maxsudov J.T., Toshmatov Sh.T. Elektronika va sxemotexnika (darslik) Toshkent .: «Aloqachi», 2017y, 376 b. 3.Aripov X.K., Аbdullaev А.М., Alimova N.B., Bustanov X.X., Toshmatov Sh.T. “Sxemotexnika” (darslik), Toshkent. «Tafakkur bo`stoni», 2013, 447 b. 

E’tiboringiz uchun raxmat!

Download 187.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling