Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "axborot texnologiyalari"
Download 41.56 Kb.
|
MALUMOTLARNI TIKLASH 1-MUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan: “
- Malumotlar bazasi
- Doimiy saqlash muhiti boyicha tasnifi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI "AXBOROT TEXNOLOGIYALARI" kafedrasi № 1 МUSTAQIL TA’LIM ISHI Fan: “MALUMOTLARNI TIKLASH” MAVZU: MALUMOTLAR BAZASINI TIKLASH TIZIMLARNI MODELLASHTIRISH. Guruh : ATS_20-06 Talaba: Mirsaidov Azizjon Rahbar: Raximov R. SAMARQAND_2022 MALUMOTLAR BAZASINI TIKLASH TIZIMLARNI MODELLASHTIRISH 1. Malumotlar bazasi. Malumotlar bazasini zaxiralash va tiklash tizimlari 2. Malumotlar bazasini tiklash bosqichlari 3. Ma’lumotlar bazasini tiklash tizimlarini loyihalash va administratorlash. 4.Xulosa Ma'lumotlar bazasi – bu bir yoki bir nechta sohalarda ishlatiladigan, ma'lumotlarning xususiyatlarini va ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tavsiflovchi kontseptual tuzilishga muvofiq tashkil etilgan ma'lumotlar to'plami bo`lib har qanday korxonaning dasturiy ta'minot tizimlari tomonidan ishlatiladigan doimiy (doimiy saqlanadigan) ma'lumotlar to'plamiga aytiladi. Misollar: Ierarxik, Ob'ektli va ob'ektga yo'naltirilgan, Ob'ektli-relyatsion, Relyatsion, Tarmoqlik, Funktsional. Doimiy saqlash muhiti bo'yicha tasnifi Ikkilamchi xotirada yoki odatdagi turda (conventional database): doimiy saqlash vositasi periferik xotira (ikkilamchi xotira) - odatda qattiq disk. Operativ xotiraga: MBBT faqat joriy qayta ishlash uchun ma'lumotlarni keshga joylashtiradi. Operativ xotira ichida (in-memory database, memory-resident database, main memory database): bajarish bosqichidagi barcha ma'lumotlar operativ xotirada joylashtiradi. Uchinchi darajali xotirada (tertiary database): bu odatda magnit lentalar yoki optik disklarga asoslangan serverdan ajraladigan ommaviy saqlash qurilmasi. Markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasi (centralized database):: bitta kompyuterda to'liq qo'llab-quvvatlanadigan ma'lumotlar bazasi. Tarqatilgan ma'lumotlar bazasi (distributed database) - uning tarkibiy qismlari ba'zi bir mezonlarga muvofiq kompyuter tarmog'ining turli tugunlarida joylashgan. Bir hil emas (heterogeneous distributed database): turli tarmoq tugunlarida tarqatilgan ma'lumotlar bazasining qismlari bir nechta MBBT yordamida qo'llab-quvvatlanadi. Bir hil (homogeneous distributed database): turli xil tarmoq tugunlarida tarqatilgan ma'lumotlar bazasining fragmentlari bir xil MBBT yordamida qo'llab-quvvatlanadi. Parchalangan yoki bo'lingan (partitioned database): ma'lumotlarni tarqatish usuli vertikal yoki gorizontal ravishda parchalanadi. Replikatsiya qilingan ma'lumotlar bazasi (replicated database): ma'lumotlarni tarqatish usuli replikatsiya (tirajlash) hisoblanadi. Download 41.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling