Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “Axborot xavfsizligi” yoʻnalishi tinglovchisi Tursunov Otabek Odiljon


Download 14.42 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi14.42 Kb.
#1180516
Bog'liq
Raxbar hulosasi


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “Axborot xavfsizligi” yoʻnalishi tinglovchisi Tursunov Otabek Odiljon o‘g‘lining
“Biometrik autentifikatsiya tizimlari mavzusini o‘qitishda pedagogik usullardan foydalanish” mavzusidagi bitiruv ishiga
Rahbar xulosasi
Axborot kommunikatsion texnologiyalarning barcha sohalarga joriy etilishi mutaxassislarni shu sohani oʻrganish maqsadini kun tartibiga qoʻymoqda. Oliy taʼlim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlar bilimini jahon taʼlim standartlariga uygʻunlashgan holda tayyorlash borasida dolzarb muammolarni hal qilish zarur boʻlib bormoqda. Jumladan, taʼlimda axborot texnologiyalari sohasidagi pedagog kadrlar tayyorlash, kompyuter va axborot texnologiyalari boʻyicha amaldagi oʻquv rejalari va dasturlarni takomillashtirish bilan oʻz mutaxassisligida ulardan foydalanish uslubiyatlarini oʻrgatish asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda yurtimizda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tinglovchi Tursunov Otabek Odiljon o‘g‘lining bitiruv ishi “Biometrik autentifikatsiya tizimlari mavzusini o‘qitishda pedagogik usullardan foydalanish” deb nomlanib, axborot xavfsizligiga oid maʼlumotlarga ega. Xususan biometrik autentifikatsiya usullari haqida umumiy tushunchalarga ega boʻlish bugungi rivojlangan davrning dolzarb mavzusidir.
Bitiruv ishini bajarishda shu sohaga tegishli mavjud adabiyotlardan va internet maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Bitiruv ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
Tursunov Otabek Odiljon o‘g‘li tomonidan yozilgan bitiruv ishi oʻzining dolbzarbligi, mazmun jihatdan toʻliqligi, hajmi va yozilishi boʻyicha qoʻyilgan nizom talablariga toʻla javob beradi. Bitiruv ishi belgilangan talablar asosida bajarilgan, unga qoʻyilgan talablarga javob beradi va uning muallifi
Tursunov Otabek Odiljon o‘g‘lini bitiruv ishi himoyasiga tavsiya etaman.


Ilmiy rahbar: PhD. Gulomov Sh.R.
Download 14.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling