Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Ma’lumotlara tuzilmasi va algoritmlar fanidan mustaqil ish swd018 Mavzu: Binar daraxtlar bilan ishlash algortimlari


Download 325.73 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi325.73 Kb.
#1204930
Bog'liq
UrinovS[1]

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Ma’lumotlara tuzilmasi va algoritmlar fanidan mustaqil ish SWD018 Mavzu:Binar daraxtlar bilan ishlash algortimlari

Bajardi:O’rinov Safarmurod.

Tekshirdi:Latipova Nodira.

Toshkent 2022

Reja:

  • 1.Ma’lumotlar tuzilmasida binar daraxtlar tushunchasi.
  • 2.Binar daraxtlarda ishlash funksiyalari turlari.
  • 3.Binar daraxt yaratish funksiyasi.
  • 4.Xulosa.

Ma’lumotlar tuzilmasida binar daraxtlar tushunchasi.

  • Daraxt – bu shunday chiziqsiz bog’langan ma’lumotlar tuzilmasiki, u quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi:
  • - daraxtda shunday bitta element borki, unga boshqa elementlardan murojaat yo’q. Bu element daraxt ildizi deyiladi;
  • - daraxtda ixtiyoriy element chekli sondagi ko’rsatkichlar yordamida boshqa tugunlarga murojaat qilishi mumkin;
  • - daraxtning har bir elementi faqatgina o’zidan oldingi kelgan bitta element bilan bog’langan.

Binar daraxt

  • Binar daraxt yuqorida ko‘rsatilgan daraxtga o‘xshaydi, lekin baʼzi qoidalarga asosan quriladi:
  • Har bir tugundagi bolalar soni 2 tadan oshmasligi zarur
  • Xar qanday tugun qiymatidan kichik bo‘lgan qiymat chap farzandga yoki chap farzandning chap farzandiga yoziladi
  • Xar qanday tugun qiymatidan katta bo‘lgan qiymat o‘ng farzandga yoki ong farzandning o‘ng farzandiga yoziladi.
  • O’ng va chap qism daraxtlari bir xil bosqichli tartiblangan binar daraxt hosil qildik. Agar daraxtning o’ng va chap qism daraxtlari bosqichlarining farqi birdan kichik bo’lsa, bunday daraxt ideal muvozanatlangan daraxt deyiladi.

Binar daraxtlarda ishlash funksiyalari turlari.

  • Binar daraxtlarda ishlash funksiyalari quyidagilar:
  • 1.Binar daraxt yaratish funksiyasi.
  • 2.Binar daraxtda qidiruv funksiyasi.
  • 3.Binar daraxt ko’rigi funksiyasi.
  • 4.Binar daraxtga yangi element qo’shish va o’chirish funksiyalari.

Binar daraxt yaratish funksiyasi

  • Binar daraxtni hosil qilish uchun kompyuterxotirasida elementlar quyidagi rasmdagidek toifada bo’lishi lozim.
  • p – yangi element ko’rsatkichi
  • next, last – ishchi ko’rsatkichlar, ya’ni joriy elementdan keyingi va oldingi elementlar ko’rsatkichlari
  • r=rec – element haqidagi birorta ma’lumot yoziladigan maydon
  • k=key – elementning unikal kalit maydoni
  • left=NULL – joriy elementning chap tomonida joylashgan element adresi
  • right=NULL– joriy elementning o’ng tomonida joylashgan element adresi.
  • Dastlab yangi element hosil qilinayotganda bu ikkala maydonning qiymati 0 ga teng bo’ladi.
  • tree – daraxt ildizi ko’rsatkichi
  • n – daraxtdagi elementlar soni
  • Bu yerda p hali aytganimizdek, kiritilgan kalitga mos hosil qilingan yangi element ko’rsatkichi, next yangi element joylashishi kerak bo’lgan joyga olib boradigan shox adresi ko’rsatkichi, ya’ni u har doim p dan bitta qadam oldinda yuradi, last esa ko’rilayotgan element kimning avlodi ekanligini bildiradi, ya’ni u har doim p dan bir qadam orqada yuradi

Xulosa.

  • Yuqoridagilardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki binar daraxtlar ularni muvozanatlashganda qidirish uchun haqiqatan ham foydali bo'ladi. Oddiy ikkilik qidiruv daraxtida tugunlarni joylashtirish deyarli ularning qo'shilish tartibiga bog'liq va ularni qayta tartibga solish mumkin (masalan muvozanatlash ) ma'nosini o'zgartirmasdan.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1.community.uzbekcoders.uz.
  • 2.Texnoman.uz.
  • 3.MTA fanidan uslubiy qo’llanma. t.f.n. Akbaraliyev B.B. ass. Yusupova Z.Dj.
  • 4.stackoverflow.com.
  • 5.geeksforgeeks.org.

Download 325.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling