Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injineringi fakulteti


Elektron matn (Электронная консультастия, Electronic text)


Download 141.01 Kb.
bet7/14
Sana12.03.2023
Hajmi141.01 Kb.
#1263326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
032 19 Soliev Muxiddin

Elektron matn (Электронная консультастия, Electronic text) – Axborot tizimining xotirasiga yozilgan matn (hujjatlar, kitoblar, oynomalar, ma’lumotnomalar va h.k.). elektron matnlar tizimlarda joylashgani sababli, o’quvchilar (foydalanuvchilar) oldida yangi imkoniyatlar ochiladi. Matnning ixtiyoriy tahlilini bajarish, kerak bo’lgan qatorlar, xatboshi, bo’lim va h.k.larni topish mumkin.
Elektron pochta (Электронная почта, Electronic Mail) - tarmoqning eng ommaviy xizmat turi bo’lib, foydalanuvchilar o’rtasida elektron xabarlar almashish imkoniyatini beradi.
Elektron pochta manzili (Электронный почтовый адрес, Electronic mail address) - elektron pochtaning har bir abonenti ega bo’lgan shaxsiy manzil. Tizimdagi foydalanuvchi nomi, @ belgisi va pochta serveri ishga tushirilgan kompyuter nomidan tarkib topgan ketma-ketlik bilan belgilanadi.
Elektron pochta qutisi (Электронный почтовый яшик, Electronic mail box) - 1. Internet tarmog’i bo’ylab xabarlar jo’natish va qabul qilish uchun noyob tartib raqamidan (elektron pochta manzili) dan foydalanadigan dasturiy-texnika vositalari majmuasi. 2. Qabul qiluvchi so’ramaguncha elektron pochta xabari saqlanadigan serverdagi o’rin. Aksariyat hollarda pochta qutisidan erkin foydalanish uchun parol talab qilinadi.
Fayl-server (Файл-сервер, File-server) - lokal tarmoqni tashkillashtirishning bir arxitekturasi bo’lib, umumiy resurslarni (fayllarni) saqlash, boshqarish, himoya qilish va ulardan foydalanishga ruxsat berish server zimmasiga yuklatiladi.
Forum (Форум, Forum) - saytda suhbatlashish uchun uskuna. Forumdagi xabarlar pochta xabarlariga nimasi bilandir o’xshash, ularning har biri muallifga, mavzuga va xususiy mazmunga ega. Ammo xabarni forumga yuborish uchun hech qanday qo’shimcha dastur kerak emas, shunchaki saytda tegishli shaklni to’ldirish kifoya.
Foydalanuvchi (Пользователь, User) - Kompyuterdan foydalanuvchi shaxs. Agar Kompyuter tarmoqqa ulangan bo’lsa, unga nisbatan tarmoq foydalanuvchisi termini ishlatiladi.

Download 141.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling