Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti fan: Kompyuterni tashkil qilish. Mavzu: Buyruqlar tizimi Arxitekturasi guruh: Axborot xavfsizligi (sirtqi) 071-20-guruh bajardi: Fathiddinov Saidmahbub Reja


Download 0.69 Mb.
bet1/3
Sana12.03.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1265194
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

FAN: Kompyuterni tashkil qilish.


MAVZU: Buyruqlar tizimi Arxitekturasi
GURUH: Axborot xavfsizligi (sirtqi) 071-20-guruh
BAJARDI: Fathiddinov Saidmahbub
Reja:

  1. Ma’lumotlar formatlari standartlari

  2. Tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashish

  3. Interfeyslarni tashkil etilishi



Kalit so’zlar: Ma’lumotlar formatlari, tashqi qurilmalar, interfeyslar, kompyuterning asosiy tehnik hususiyatlari.



  1. Ma’lumotlar formatlari standartlari


Kompyuterlarda ifodalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning xillarini ikkita turkumga ajratish mumkin:

  1. Raqamli ma’lumotlar, ya’ni sonlar bilan ifodalanuvchi ma’lumotlar.

  2. Raqamli bo‘lmagan ma’lumotlar.






Raqamli ma’lumotlar:

  • Butun sonlar. Raqamli ma’lumotlarning asosiysi – bu butun sonlardir. Butun sonlar kompyuterda ikkilik sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Ular odatda 8, 16, 32 va 64 bitli uzunliklardan biriga ega bo‘lishlari mumkin. Kompyuterda butun sonlar ishorali va ishorasiz ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin. 32-razryadli so‘z yordamida 0 dan 232-1 gacha bo‘lgan ishorasiz, hamda -231-1 dan +231-1 gacha bo‘lgan ishorali butun sonlarni ifodalash mumkin.





  • Butun bo‘lmagan sonlar. Butun bo‘lmagan sonlarni (3,14; 0,495; 0,0056; …) ifodalash uchun suriluvchi nuqtali sonlar ishlatiladi. Ularning uzunliklari 32, 64 yoki 128 bitgacha bo‘lishi mumkin.





  • O‘nlik sonlar. Bunda o‘nlik sistemasida yozilgan har bir raqam, ikkilik sistemasidagi to‘rtta raqam bilan almashtiriladi. Ikkita o‘nlik raqam, bitta baytga joylashtiriladi. Bu ikkilik-o‘nlik formati deb ataladi.





Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling