Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti ish yuritish huquqi fanidan bajarilgan


Download 130.69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.04.2023
Hajmi130.69 Kb.
#1334564
Bog'liq
1-topshiriq



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAKULTETI 
 
ISH YURITISH HUQUQI FANIDAN BAJARILGAN 
1-MUSTAQIL ISHI 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bajardi: Raximov Shaxzodbek 
Guruh: 120-20 
Tekshirdi :
Raximova Umida
 
TOSHKENT – 2023 


2-Topshiriq. 
O’zbekiston respublikasi raqamli texnoloyigalari
vaziri Sh.X.Shermatovga O’zbekiston respublikasi 
“Sun’iy Intellekt” sohasini rivojlantirish assotsiatsiyasi 
raxbari Sh.Raximovdan
“Sun’iy Intellekt” assotsiatsiyasi
va 
O’zbekiston
respublikasi
raqamli texnoloyigalari
vazirligi 
o’rtasida Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish to’g’risida
BILDIRISHNOMA 
 
Men “Sun’iy Intellekt” sohasini rivojlantirish assotsiatsiyasi raxbari Sh.Raximov, 
O’zbekiston respublikasi raqamli texnoloyigalari vazirligi va “Sun’iy Intellekt” assotsiatsiyasi 
o’rtasida o’zaro xamkorlikni yo’lga qo’yishni taklif etaman. Bu hamkorlikdan asosiy maqsadi 
sun’iy intellektni qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari va tamoyillarini, shuningdek, yaqin va uzoq 
istiqbolda ushbu sohani kompleks shakllantirish uchun shart-sharoitlarni belgilovchi Sun’iy 
intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish; iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, 
davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan 
foydalanishda yagona talablar, javobgarlik, xavfsizlik va shaffoflikni belgilovchi normativ-
huquqiy bazani ishlab chiqish; aholi manfaatlari yo‘lida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini 
yaxshilash, shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlashda davlat organlarining samaradorligini 
oshirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng foydalanish; foydali texnologik 
yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va ularni 
keyinchalik 
tijoratlashtirishni 
rag‘batlantiruvchi sun’iy intellekt sohasida innovatsion 
ishlanmalarning mahalliy ekotizimini yaratish; sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llovchi 
dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga raqamli ma’lumotlardan foydalanish uchun sharoit 
yaratish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining tegishli ma’lumotlarini tezkor 
raqamlashtirishni ta’minlash; sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy ishlar va ishlanmalarning 
investitsion jozibadorligini shakllantirish, shu jumladan tovarlarning (ish va xizmatlarning) ichki 
va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish; mahalliy korxonalar va mutaxassislarning 
sun’iy intellekt sohasidagi axborot resurslari va bilimlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, 
shuningdek, zarur ta’lim muhitini rivojlantirish; 


qo‘shma xalqaro tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish, respublikamizning nufuzli reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash maqsadida 
sun’iy intellekt va uni qo‘llash texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish taklif 
yo’llarini taklif qiladi. Agar ushbu taklif O’zbekiston respublikasi raqamli texnoloyigalari 
vazirligiga maqul bo’lsa, “Sun’iy Intellekt” sohasini rivojlantirish assotsiatsiyasiga yozma javob 
yoki qayta aloqaga chiqishingizni so’rab qolamiz. 
Hurmat bilan, 
“Sun’iy Intellekt” assotsiatsiyasiga raxbari: 
Shaxzodbek Raximov 04.04.2023. 
 

Download 130.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling