Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi
Download 293.7 Kb. Pdf ko'rish
|
Bekzod Ro\'ziyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-AMALIY ISH Bajardi : RO’ZIYEV.B Qabo’l qildi : DILMURODOV.Z
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “ TT VA KT ” FAKULTETI 2-BOSQICH AKT 11-21 GURUH TALABASINING “ KOMPYUTERNI TASHKIL ETISH ” FANIDAN 1-AMALIY ISH Bajardi : RO’ZIYEV.B Qabo’l qildi : DILMURODOV.Z MAVZU: Kompyuterning tashkiliy qismlari asosiy ko’rsatkichlari va xususiyatlari. Kompyuterning tashkiliy komponentlari Zamonaviy kompyuter tizimlarida axborotlarga ishlov berish asosiy vazifa hisoblanadi, lekin yagona vazifa emas. Kompyuter tizimlarining boshqa vazifalari axborotlarni yig’ish (kiritish), o’zgartirish, axborotlarni to’plash va saqlash, ma’lumotlarni qabul qilish-uzatish, nusxa ko’chirish va ko’paytirish hisoblanadi. Bu barcha vazifalarni bajarishda bevosita amalga oshiruvchi tizimlar va tarmoqlarning eng asosiy elementi bo’lgan kompyuterdir. Uning ishlov berish tezligi va ishlov berish natijasi, aniqligi, umuman, tizimning ishlash samaradorligi unga bog’liq. Kompyuterning yuqorida sanab o’tilgan vazifalari asosiy elementlar arifmetikmantiqiy qurilma, prosessor, xotira, kiritish/chiqarish qurilmasi, boshqarish qurilmalaridan foydalanib amalga oshiriladi. Buning asosida barcha elementlarning o’zaro birgalikda ishlashi asosida dasturiy boshqarish tizimidan iborat bo’lgan, xotirada saqlanadigan ishlov berish dasturi va ma’lumotlarni boshqarish tamoyili yotadi. Kompyuterlar va kompyuter tizimlarini qurish, va ishlash tamoyillari ularning arxitekturalarini qurish o’zaro bog’liq ko’plab komponentlarga: apparat ta’minotiga (hardware), dasturiy ta’minotiga (software), ma’lumotlarga ishlov berishning amaliy dasturlariga, qabul qilish, o’zgartirish, ma’lumotlarni saqlash hamda uzatish vositalariga, shuningdek, ishlov berishning umumiy masalasi bajarilganda, komponentlar orasida vazifalarning taqsimlanishiga uzviy bog’langan. Zamonaviy kompyuterlarning funksional sxemasi ) saqlash, ishlov berish va boshqarish qurilmalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari, kompyuterning ichki resurslardan foydalanish uchun ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridan foydalaniladi. Bu sxema universal kompyuterlarning klassik variantidir. . Kompyuterning funksional sxemasi Kompyuter arxitekturasining asosiy elementi dasturiy boshqariladigan va konstruktiv mustaqil element ko’rinishda yaratilgan qurilma – markaziy prosessor (yoki mikroprosessor) hisoblanadi. Ayniqsa, prosessorning texnik xarakteristikalari (so’z uzunligi, takt chastotasi, boshqariladigan buyruq tizimlari) ko’p jihatdan kompyuterlarning parametrlarini aniqlaydi, bular: funksional imkoniyatlari, ish unumdorligi, yechiladigan masalalar sinfi, natijalarning aniqligi. Prosessor (markaziy prosessor) kompyuterning asosiy hisoblash qurilmasi hisoblanib, u qo’yidagilardan tashkil topadi: - arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun arifmetik–mantiqiy qurilma (AMQ); - prosessorning ishlashini va tashqi qurilmalar bilan almashish ish tartibini boshqarish bloki; Ташқи қурилма АМҚ Бошқариш блоки УВР Маълумот узатиш қурилмаси Дискли тўпловчилар Киритиш қурилмаси Манзиллаштирилмаган хотира Манзиллаштирилган хотира Чиқариш қурилмаси Марказий процессор қурилмалари Асосий хотира - ichki umumiy vazifali registrlar (UVR) ko’rinishida operativ xotira rolini bajaradigan prosessor ichki xotirasi (kesh xotira). Binobarin, prosessor doimo katta integral sxema (KIS) ko’rinishida bajariladi, shuning uchun uni ko’pincha mikroprosessor deyishadi. Bu prosessor ona platada joylashtirilgan mustaqil KIS hisoblanadi Asosiy xotira kompyuterning boshqarish dasturlarini va ishlov berish uchun ma’lumotlarni saqlashga mo’ljallangan. U prosessor va operativ xotira orasida ma’lumotlarning almashish tezligini oshiradi. Tashqi qurilma foydalanuvchiga kompyuter resurslaridan foydalanish, shuningdek, dastlabki ma’lumotlarni kiritish va ishlov berilgan natijalarning ma’lum darajadagi o’zaro aloqasini ta’minlaydi. Tashqi qurilmalar tarkibiga tashqi xotira bog’lamalari, ko’pincha, diskli to’plovchilar va aloqa kanallari bo’yicha uzatish qurilmalari kiradi. Kompyuterning asosiy qismlarining o’za ro aloqasi keltirilgan. Ko’plab zamonaviy kompyuterlar dasturiy boshqarish tamoyili bo’yicha qurilgan. Bu tamoyil arxitekturada uchta asosiy bog’lamalarning bo’lishini nazarda tutadi, ya’ni: xotira, boshqarish va hisoblash bog’lamasi. 1.2- rasm. Kompyuterning asosiy bog’lamalari Bu uchta bog’lama hisoblash yadrosini tashkil etadi va dasturli boshqarish ish tartibini ta’minlaydi: −dasturning buyruqlari asosiy xotirada joylashadi; −yacheykalar ketma-ket tartib nomerlariga (adreslariga) ega bo’ladi; −buyruqlar dasturda joylashgan tabiiy ketma-ketlikda o’qiladi va bajariladi. AMQ (Arithmetic and Logic Unit) xotiradan keladigan ma’lumotlar bilan arifmetik va mantiqiy operasiyalarning bajarilishini amalga oshiradi, chiqish natijasini shakllantiradi. U asosiy xotiraga yoziladi yoki o’ta yuqori tezkor registrlardan (UVR) birida vaqtincha saqlanadi. АМҚ Бошқариш боғламаси Чиқариш Асосий хотира портлари Ташқи хотира Киритиш портлари Asosiy xotira ixtiyoriy ruxsat etishli va manzillar oralig’idagi manzillashtiriladigan (OXQ va DXQ) va kesh-xotirani tashkil etadigan manzillashtirilmaydigan xonalardan iborat. Kesh-xotira hajmi bo’yicha OXQ ga qaraganda kam, lekin tezkorlik bo’yicha yuqori. OXQ dan o’qilgan yacheykadagi ma’lumotlar o’zgarmaydi va takroriy o’qilishi mumkin. Xonaga yozishda kod o’chiriladi va uning o’rniga yangi kod (son yoki buyruq) yoziladi. Asosiy xotiraning hajmi saqlanadigan so’zlarning miqdori bilan uning tezkorligi esa murojaat etish vaqti bilan, ya’ni kerakli so’zni yozish va o’qish davomiyligi orqali aniqlanadi. Algoritm va unga mos kompyuter dasturining bajaralish jarayoni boshqarish qurilmasining ishlashini ta’minlaydi. Joriy dasturga mos ravishda bu bog’lama kerakli buyruqni va bu buyruqni bajarilishiga taalluqli bo’lgan navbatdagi ma’lumotlarni tanlashlarga, AMQ da kerakli amalni bajarilishini va olingan natijani ko’rsatilgan manzil bo’yicha joylashtirishni nazorat qiladi. Dasturning joriy buyrug’ining bajarilishi jarayonida boshqarish bog’lamasi buyruqning ishlatilish vaqtida qatnashadigan qurilmalar uchun boshqarish signallari ketma-ketligini shakllantiradi. Agar tashqi qurilmalar bilan o’zaro aloqa bog’lash buyrug’i (tashqi xotiradan ma’lumotlarni yuklash, ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarish) bajariladigan bo’lsa, u holda boshqarish bog’lama almashish jarayonining mos so’rovlari va sinxronlash qoidalarini shakllantiradi. Kompyuterlarning asosiy ko’rsatkichlari Ish unumdorligi – bu kompyuterning ishlash tezligi ko’rsatgichidir. Ilgari bu parametr sekundiga bajariladigan operasiyalar (oper/sek.) soni bilan o’lchangan. Biroq keyinroq turi bo’yicha turli buyruqlarning turli tezliklarda bajarilishini hisobga olib ish unumdorligini ikki asosiy baholash turlari qabul qilindi. MIPS (Million Instruction Per Second) baholash qayd etilgan vergulli sonlar ustida sekundiga millionta bajariladigan operasiyalarga mos keladi. MFLOPS (Million of Floating Point Operation Per Second) baholash suriladigan vergulli (nuqtali) sonlar ustida sekundiga millionta bajariladigan operasiyalarga mos keladi. Ikkinchi baholash ko’p prosessorli tizimlarning unumdorligini keskin o’sishiga bog’liq suriluvchi vergulli sonlar uchun GFLOPS (sekundiga millard operasiyalar) va TFLOPS (sekundiga trillion operasiyalar) variantlarga ega. Alohida olingan bir kristalli prosessorlar uchun, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarda ish unumdorligi takt chastotasi (kGs, MGs, GGs) orqali baholaniladi. Masalan, 100 MGs takt chastotali prosessor sekundiga 20 millionta oddiy arifmetik operasiyalarning bajarilishini ta’minlaydi. Xotira sig’imi. Zamonaviy kompyuterda sig’imi, o’qish/yozish vaqti va apparatli ishlatishi bilan farqlanadigan bir necha xotira turlari mavjud. Operativ, eng tezkor ishlaydigan xotira ona platada alohida KIS ko’rinishida joylashtiriladi va adreslanadigan hotiraning eng tezkor turi hisoblanadi. Uning sig’imi Kbayt yoki Mbayt (ming va million bayt) larda o’lchanadi. Qattiq magnit disklardagi (vinchester deyiladigan) saqlovchilar sig’imi, odatda, gigabaytlarda (milliard bayt) o’lchanadi. 3,5 dyumli ixcham magnit diskidagi saqlovchining sig’imi 1,44 Mbaytni tashkil etadi. Razryadlilik (mashina so’zining uzunligi) bu kompyuter operasiyalarni amalga oshiriladigan standart mashina formatidagi so’zni ikkilik sanoq tizimidagi xonalar sonidir. Zamonaviy kompyuterlarda u 32 yoki 64 ikkilik razryadlarni tashkil etadi. So’zning uzunligi kompyuterning ko’plab parametrlariga: tezkor ishlashiga, hisoblash aniqligiga, xotiraga o’qish yoki yozish tezligiga ta’sir etadi. U ayniqsa ko’paytirish, bo’lish, darajaga ko’tarish, ildizdan chiqarish kabi ko’p vaqt talab qilinadigan operasiyalarni bajarish ishida hisoblash aniqliligini belgilab beradi. O’tkazuvchanlik qobiliyati tashqi qurilmalar yoki boshqa kompyuterlar bilan axborotlar almashtirishda ma’lumotlarni kiritish va chiqarish kichik tizimlarining xarakteristikalariga kiradi. O’tkazuvchanlik qobiliyati vaqt birligida uzatiladigan mukammal miqdordagi axborotlar birligi bit bilan o’lchanadi. Ishlash ishonchliligi quyidagi ko’rsatgichlar orqali baholanadi: −berilgan vaqt mobaynida buzilishsiz ishlash ehtimolligi; −birinchi buzilishgacha ishlash vaqti; −ish xususiyatini qayta tiklanishining o’rtacha vaqti. Texnik parametlari bilan bir qatorda zamonaviy kompyuterlar ularning sifatiga va narxiga ta’sir etadigan funksional imkoniyatlar nuqtai nazaridan baholanadi: − axborotlarni kiritish/chiqarish, almashtirish va saqlash tashqi qurilmalarining nomenklaturasi va xarakteristikalari (printerlar, skanerlar); − barcha turlardagi xotirada saqlovchi qurilmalarning (OXQ, DXQ, diskli xotira) nomenklaturasi, sig’imi va tezkor ishlashi; − tashqi qurilmalar bilan uyg’unlashtirish (moslashtirish) bog’lamalarning turlari va o’tkazish xususiyati; − ma’lumotlarga ishlov berish ish tartibi (bir dasturli, ko’p dasturli, ko’p foydalanuvchili); − foydaniladigan operasion tizimning xarakteristikalari; − foydalanuvchi amaliy dasturlarning to’liqligi; − boshqa turdagi kompyuterlar bilan dasturiy moslanuvchanligi; − tarmoq yoki hisoblash tizimi tarkibida ishlash imkoniyati. Hozirgi vaqtda kompyuterni ishlatishning asosiy maqsadlari axborot xizmat ko’rsatish va boshqarish, ya’ni axborot-hisoblash masalalarini yechish hisoblanadi. Shuning uchun yuqori ish unumdorligini zamonaviy kompyuterlar ma’lumotlarga ishlov berish masalalarini birgalikda yechish uchun tashkil etilgan bir yoki bir necha kompyuterlar, ularning dasturiy ta’minoti va tashqi qurilmalari birligidan iborat bo’lgan hisoblash tizim sanaladi (Multi Processor Systems – ko’p prosessorli tizimlar). Hisoblash tizimlari foydalanuvchi yechadigan masalaning xarakteriga bog’liq ravishda majmualashtirilishi (komplektlashtirilishi) mumkin. Bir jinsli hisoblash tizimlari bir turdagi kompyuterlar yoki prosessorlar asosida quriladi, standart dasturiy vositalar to’plamini, namunaviy uyg’unlashtirish protokollarini ishlatadi, sodda arxitekturaga ega. Bir jinsli bo’lmagan hisoblash tizimlari turli texnik va funksional xarakteristikalari, turli ko’rinishlardagi arxitektura o’z tarkibiga har xil turlardagi kompyuterni yoki prosessorlarni oladi. Markazlashtirilgan boshqarishli hisoblash tizimlari hududiy yo’naltirilgan bo’lib, ularning komponentlari bir – birlaridan bevosita yaqinda joylashadi. Markazlashtirilmagan hisoblash tizimlari hududiy taqsimlangan bo’lib, ularning komponentlari sezilarli masofalarda joylashadi va hisoblash tarmoqlarini tashkil etadi. Hisoblash quvvati nuqtai nazaridan zamonaviy kompyuterlarni 4 ta toifaga bo’lish mumkin: − OXQ hajmi o’nlab va yuzlab Mbayt bo’lgan, 32-64 bit razryadli 100-1000 MGs takt chastotali shaxsiy kompyuterlar; − 10-100 MIPS ish unumdorligiga, bir necha prosesorlarga, 128-2048 Mbayt OXQ hajmga, 32-128 bit razradlilikka ega bo’lgan boshqarish va nazorat qilish tizimlardagi mini-kompyuterlar; − 100 MIPS dan yuqori ish unumdorligiga, 10 Gbaytgacha OHQ hajmga, 64-128 bit razryadga, ko’p foydalanuvchili ishlov berish ish tartibiga ega bo’lgan katta EHM lar (mainframe); − 100 GFLOPS ish unumdorligiga, ko’plab prosessorlarga, 10 Gbaytgacha OXQ hajmga va 64-128 bit razryadga ega bo’lgan super kompyuterlar. Kompyuterlarning umumlashtirilgan arxitekturasi prosessor, xotira, tashqi qurilmalar komponentlardan tarkib topgan klassik variantdagi strukturadan iborat. Download 293.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling