Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi


Download 293.7 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.04.2023
Hajmi293.7 Kb.
#1346095
Bog'liq
Bekzod Ro\'ziyev



 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI 
FILIALI 
 
 
 
 
 
 
“ TT VA KT ” FAKULTETI 
2-BOSQICH AKT 11-21 GURUH TALABASINING 
 “ KOMPYUTERNI TASHKIL ETISH ” FANIDAN 
1-AMALIY ISH
 
 
 
 
 
 
Bajardi : RO’ZIYEV.B 
Qabo’l qildi : DILMURODOV.Z 
 


 
MAVZU: Kompyuterning tashkiliy qismlari asosiy ko’rsatkichlari va 
xususiyatlari. 
Kompyuterning tashkiliy komponentlari Zamonaviy kompyuter tizimlarida 
axborotlarga ishlov berish asosiy vazifa hisoblanadi, lekin yagona vazifa emas. 
Kompyuter tizimlarining boshqa vazifalari axborotlarni yig’ish (kiritish), o’zgartirish, 
axborotlarni to’plash va saqlash, ma’lumotlarni qabul qilish-uzatish, nusxa 
ko’chirish va ko’paytirish hisoblanadi. Bu barcha vazifalarni bajarishda bevosita 
amalga oshiruvchi tizimlar va tarmoqlarning eng asosiy elementi bo’lgan 
kompyuterdir. Uning ishlov berish tezligi va ishlov berish natijasi, aniqligi, umuman, 
tizimning ishlash samaradorligi unga bog’liq. Kompyuterning yuqorida sanab 
o’tilgan vazifalari asosiy elementlar arifmetikmantiqiy qurilma, prosessor, xotira, 
kiritish/chiqarish qurilmasi, boshqarish qurilmalaridan foydalanib amalga 
oshiriladi. Buning asosida barcha elementlarning o’zaro birgalikda ishlashi asosida 
dasturiy boshqarish tizimidan iborat bo’lgan, xotirada saqlanadigan ishlov berish 
dasturi va ma’lumotlarni boshqarish tamoyili yotadi. Kompyuterlar va kompyuter 
tizimlarini qurish, va ishlash tamoyillari ularning arxitekturalarini qurish o’zaro 
bog’liq ko’plab komponentlarga: apparat ta’minotiga (hardware), dasturiy 
ta’minotiga (software), ma’lumotlarga ishlov berishning amaliy dasturlariga, qabul 
qilish, o’zgartirish, ma’lumotlarni saqlash hamda uzatish vositalariga, shuningdek, 
ishlov berishning umumiy masalasi bajarilganda, komponentlar orasida 
vazifalarning taqsimlanishiga uzviy bog’langan. Zamonaviy kompyuterlarning 
funksional sxemasi ) saqlash, ishlov berish va boshqarish qurilmalaridan tashkil 
topgan. Bundan tashqari, kompyuterning ichki resurslardan foydalanish uchun 
ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridan foydalaniladi. Bu sxema universal 
kompyuterlarning klassik variantidir. . Kompyuterning funksional sxemasi 
Kompyuter arxitekturasining asosiy elementi dasturiy boshqariladigan va 


konstruktiv mustaqil element ko’rinishda yaratilgan qurilma – markaziy prosessor 
(yoki mikroprosessor) hisoblanadi. Ayniqsa, prosessorning texnik xarakteristikalari 
(so’z uzunligi, takt chastotasi, boshqariladigan buyruq tizimlari) ko’p jihatdan 
kompyuterlarning parametrlarini aniqlaydi, bular: funksional imkoniyatlari, ish 
unumdorligi, yechiladigan masalalar sinfi, natijalarning aniqligi. Prosessor 
(markaziy prosessor) kompyuterning asosiy hisoblash qurilmasi hisoblanib, u 
qo’yidagilardan tashkil topadi: - arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun 
arifmetik–mantiqiy qurilma (AMQ); - prosessorning ishlashini va tashqi qurilmalar 
bilan almashish ish tartibini boshqarish bloki; Ташқи қурилма АМҚ Бошқариш 
блоки УВР Маълумот узатиш қурилмаси Дискли тўпловчилар Киритиш 
қурилмаси Манзиллаштирилмаган хотира Манзиллаштирилган хотира 
Чиқариш қурилмаси Марказий процессор қурилмалари Асосий хотира - ichki 
umumiy vazifali registrlar (UVR) ko’rinishida operativ xotira rolini bajaradigan 
prosessor ichki xotirasi (kesh xotira). Binobarin, prosessor doimo katta integral 
sxema (KIS) ko’rinishida bajariladi, shuning uchun uni ko’pincha mikroprosessor 
deyishadi. Bu prosessor ona platada joylashtirilgan mustaqil KIS hisoblanadi Asosiy 
xotira kompyuterning boshqarish dasturlarini va ishlov berish uchun ma’lumotlarni 
saqlashga mo’ljallangan. U prosessor va operativ xotira orasida ma’lumotlarning 
almashish tezligini oshiradi. Tashqi qurilma foydalanuvchiga kompyuter 
resurslaridan foydalanish, shuningdek, dastlabki ma’lumotlarni kiritish va ishlov 
berilgan natijalarning ma’lum darajadagi o’zaro aloqasini ta’minlaydi. Tashqi 
qurilmalar tarkibiga tashqi xotira bog’lamalari, ko’pincha, diskli to’plovchilar va 


aloqa kanallari bo’yicha uzatish qurilmalari kiradi. Kompyuterning asosiy 
qismlarining o’za
ro aloqasi keltirilgan. Ko’plab zamonaviy kompyuterlar dasturiy boshqarish 
tamoyili bo’yicha qurilgan. Bu tamoyil arxitekturada uchta asosiy bog’lamalarning 
bo’lishini nazarda tutadi, ya’ni: xotira, boshqarish va hisoblash bog’lamasi. 1.2-
rasm. 
Kompyuterning asosiy bog’lamalari Bu uchta bog’lama hisoblash yadrosini tashkil 
etadi va dasturli boshqarish ish tartibini ta’minlaydi: −dasturning buyruqlari asosiy 
xotirada joylashadi; −yacheykalar ketma-ket tartib nomerlariga (adreslariga) ega 
bo’ladi; −buyruqlar dasturda joylashgan tabiiy ketma-ketlikda o’qiladi va bajariladi. 
AMQ (Arithmetic and Logic Unit) xotiradan keladigan ma’lumotlar bilan arifmetik 


va mantiqiy operasiyalarning bajarilishini amalga oshiradi, chiqish natijasini 
shakllantiradi. U asosiy xotiraga yoziladi yoki o’ta yuqori tezkor registrlardan (UVR) 
birida vaqtincha saqlanadi. АМҚ Бошқариш боғламаси Чиқариш Асосий хотира 
портлари Ташқи хотира Киритиш портлари Asosiy xotira ixtiyoriy ruxsat etishli va 
manzillar oralig’idagi manzillashtiriladigan (OXQ va DXQ) va kesh-xotirani tashkil 
etadigan manzillashtirilmaydigan xonalardan iborat. Kesh-xotira hajmi bo’yicha 
OXQ ga qaraganda kam, lekin tezkorlik bo’yicha yuqori. OXQ dan o’qilgan 
yacheykadagi ma’lumotlar o’zgarmaydi va takroriy o’qilishi mumkin. Xonaga 
yozishda kod o’chiriladi va uning o’rniga yangi kod (son yoki buyruq) yoziladi. Asosiy 
xotiraning hajmi saqlanadigan so’zlarning miqdori bilan uning tezkorligi esa 
murojaat etish vaqti bilan, ya’ni kerakli so’zni yozish va o’qish davomiyligi orqali 
aniqlanadi. Algoritm va unga mos kompyuter dasturining bajaralish jarayoni 
boshqarish qurilmasining ishlashini ta’minlaydi. Joriy dasturga mos ravishda bu 
bog’lama kerakli buyruqni va bu buyruqni bajarilishiga taalluqli bo’lgan navbatdagi 
ma’lumotlarni tanlashlarga, AMQ da kerakli amalni bajarilishini va olingan natijani 
ko’rsatilgan manzil bo’yicha joylashtirishni nazorat qiladi. Dasturning joriy 
buyrug’ining bajarilishi jarayonida boshqarish bog’lamasi buyruqning ishlatilish 
vaqtida qatnashadigan qurilmalar uchun boshqarish signallari ketma-ketligini 
shakllantiradi. Agar tashqi qurilmalar bilan o’zaro aloqa bog’lash buyrug’i (tashqi 
xotiradan ma’lumotlarni yuklash, ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarish) 
bajariladigan bo’lsa, u holda boshqarish bog’lama almashish jarayonining mos 
so’rovlari va sinxronlash qoidalarini shakllantiradi. Kompyuterlarning asosiy 
ko’rsatkichlari Ish unumdorligi – bu kompyuterning ishlash tezligi ko’rsatgichidir. 
Ilgari bu parametr sekundiga bajariladigan operasiyalar (oper/sek.) soni bilan 
o’lchangan. Biroq keyinroq turi bo’yicha turli buyruqlarning turli tezliklarda 
bajarilishini hisobga olib ish unumdorligini ikki asosiy baholash turlari qabul qilindi. 
MIPS (Million Instruction Per Second) baholash qayd etilgan vergulli sonlar ustida 
sekundiga millionta bajariladigan operasiyalarga mos keladi. MFLOPS (Million of 


Floating Point Operation Per Second) baholash suriladigan vergulli (nuqtali) sonlar 
ustida sekundiga millionta bajariladigan operasiyalarga mos keladi. Ikkinchi 
baholash ko’p prosessorli tizimlarning unumdorligini keskin o’sishiga bog’liq 
suriluvchi vergulli sonlar uchun GFLOPS (sekundiga millard operasiyalar) va TFLOPS 
(sekundiga trillion operasiyalar) variantlarga ega. Alohida olingan bir kristalli 
prosessorlar uchun, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarda ish unumdorligi takt 
chastotasi (kGs, MGs, GGs) orqali baholaniladi. Masalan, 100 MGs takt chastotali 
prosessor sekundiga 20 millionta oddiy arifmetik operasiyalarning bajarilishini 
ta’minlaydi. Xotira sig’imi. Zamonaviy kompyuterda sig’imi, o’qish/yozish vaqti va 
apparatli ishlatishi bilan farqlanadigan bir necha xotira turlari mavjud. Operativ, 
eng tezkor ishlaydigan xotira ona platada alohida KIS ko’rinishida joylashtiriladi va 
adreslanadigan hotiraning eng tezkor turi hisoblanadi. Uning sig’imi Kbayt yoki 
Mbayt (ming va million bayt) larda o’lchanadi. Qattiq magnit disklardagi (vinchester 
deyiladigan) saqlovchilar sig’imi, odatda, gigabaytlarda (milliard bayt) o’lchanadi. 
3,5 dyumli ixcham magnit diskidagi saqlovchining sig’imi 1,44 Mbaytni tashkil etadi. 
Razryadlilik (mashina so’zining uzunligi) bu kompyuter operasiyalarni amalga 
oshiriladigan standart mashina formatidagi so’zni ikkilik sanoq tizimidagi xonalar 
sonidir. Zamonaviy kompyuterlarda u 32 yoki 64 ikkilik razryadlarni tashkil etadi. 
So’zning uzunligi kompyuterning ko’plab parametrlariga: tezkor ishlashiga, 
hisoblash aniqligiga, xotiraga o’qish yoki yozish tezligiga ta’sir etadi. U ayniqsa 
ko’paytirish, bo’lish, darajaga ko’tarish, ildizdan chiqarish kabi ko’p vaqt talab 
qilinadigan operasiyalarni bajarish ishida hisoblash aniqliligini belgilab beradi. 
O’tkazuvchanlik qobiliyati tashqi qurilmalar yoki boshqa kompyuterlar bilan 
axborotlar almashtirishda ma’lumotlarni kiritish va chiqarish kichik tizimlarining 
xarakteristikalariga kiradi. O’tkazuvchanlik qobiliyati vaqt birligida uzatiladigan 
mukammal miqdordagi axborotlar birligi bit bilan o’lchanadi. Ishlash ishonchliligi 
quyidagi ko’rsatgichlar orqali baholanadi: −berilgan vaqt mobaynida buzilishsiz 
ishlash ehtimolligi; −birinchi buzilishgacha ishlash vaqti; −ish xususiyatini qayta 


tiklanishining o’rtacha vaqti. Texnik parametlari bilan bir qatorda zamonaviy 
kompyuterlar ularning sifatiga va narxiga ta’sir etadigan funksional imkoniyatlar 
nuqtai nazaridan baholanadi: − axborotlarni kiritish/chiqarish, almashtirish va 
saqlash tashqi qurilmalarining nomenklaturasi va xarakteristikalari (printerlar, 
skanerlar); − barcha turlardagi xotirada saqlovchi qurilmalarning (OXQ, DXQ, diskli 
xotira) nomenklaturasi, sig’imi va tezkor ishlashi; − tashqi qurilmalar bilan 
uyg’unlashtirish (moslashtirish) bog’lamalarning turlari va o’tkazish xususiyati; − 
ma’lumotlarga ishlov berish ish tartibi (bir dasturli, ko’p dasturli, ko’p 
foydalanuvchili); − foydaniladigan operasion tizimning xarakteristikalari; − 
foydalanuvchi amaliy dasturlarning to’liqligi; − boshqa turdagi kompyuterlar bilan 
dasturiy moslanuvchanligi; − tarmoq yoki hisoblash tizimi tarkibida ishlash 
imkoniyati. Hozirgi vaqtda kompyuterni ishlatishning asosiy maqsadlari axborot 
xizmat ko’rsatish va boshqarish, ya’ni axborot-hisoblash masalalarini yechish 
hisoblanadi. Shuning uchun yuqori ish unumdorligini zamonaviy kompyuterlar 
ma’lumotlarga ishlov berish masalalarini birgalikda yechish uchun tashkil etilgan bir 
yoki bir necha kompyuterlar, ularning dasturiy ta’minoti va tashqi qurilmalari 
birligidan iborat bo’lgan hisoblash tizim sanaladi (Multi Processor Systems – ko’p 
prosessorli tizimlar). Hisoblash tizimlari foydalanuvchi yechadigan masalaning 
xarakteriga bog’liq ravishda majmualashtirilishi (komplektlashtirilishi) mumkin. Bir 
jinsli hisoblash tizimlari bir turdagi kompyuterlar yoki prosessorlar asosida quriladi, 
standart dasturiy vositalar to’plamini, namunaviy uyg’unlashtirish protokollarini 
ishlatadi, sodda arxitekturaga ega. Bir jinsli bo’lmagan hisoblash tizimlari turli 
texnik va funksional xarakteristikalari, turli ko’rinishlardagi arxitektura o’z tarkibiga 
har xil turlardagi kompyuterni yoki prosessorlarni oladi. Markazlashtirilgan 
boshqarishli hisoblash tizimlari hududiy yo’naltirilgan bo’lib, ularning 
komponentlari bir – birlaridan bevosita yaqinda joylashadi. Markazlashtirilmagan 
hisoblash tizimlari hududiy taqsimlangan bo’lib, ularning komponentlari sezilarli 
masofalarda joylashadi va hisoblash tarmoqlarini tashkil etadi. Hisoblash quvvati 


nuqtai nazaridan zamonaviy kompyuterlarni 4 ta toifaga bo’lish mumkin: − OXQ 
hajmi o’nlab va yuzlab Mbayt bo’lgan, 32-64 bit razryadli 100-1000 MGs takt 
chastotali shaxsiy kompyuterlar; − 10-100 MIPS ish unumdorligiga, bir necha 
prosesorlarga, 128-2048 Mbayt OXQ hajmga, 32-128 bit razradlilikka ega bo’lgan 
boshqarish va nazorat qilish tizimlardagi mini-kompyuterlar; − 100 MIPS dan yuqori 
ish unumdorligiga, 10 Gbaytgacha OHQ hajmga, 64-128 bit razryadga, ko’p 
foydalanuvchili ishlov berish ish tartibiga ega bo’lgan katta EHM lar (mainframe); − 
100 GFLOPS ish unumdorligiga, ko’plab prosessorlarga, 10 Gbaytgacha OXQ hajmga 
va 64-128 bit razryadga ega bo’lgan super kompyuterlar. Kompyuterlarning 
umumlashtirilgan 
arxitekturasi 
prosessor, 
xotira, 
tashqi 
qurilmalar 
komponentlardan tarkib topgan klassik variantdagi strukturadan iborat. 



Download 293.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling