Muhammad-Al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Qarshi filliali tt va kt fakulteti ax-12-21 guruhi 2-bosqich talabasining “Elektronika va Sxemalar”fanidan 5-mustaqil ishi bajardi: D


Kuchaytirgichning tuzilish sxemasi


Download 255.16 Kb.
bet4/6
Sana09.04.2023
Hajmi255.16 Kb.
#1346468
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektronika 2.5 mustaqil ishi.D.Soliyeva

Kuchaytirgichning tuzilish sxemasi.

Kuchaytirgichlarning tasniflanishi. Kuchaytirgichlar turli belgilariga ko‘ra tasniflanadi: kuchaytirish koeffitsiyentlari, kirish va chiqish qarshiliklari, o‘tkazish polosasi (ishchi chastotalar diapazoni), kuchaytirilgan signal buzilish darajasi va boshqalar. Har qanday kuchaytirgich piravordida quvvat kuchaytirgich bo‘lishiga qaramasdan, kuchaytiriladigan kattaliklari turiga qarab, ularni kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlarga ajratiladi. Kuchaytiriladigan kattaliklari turiga muvofiq kuchaytirish koeffitsiyentlari.

Kuchaytirgichlarning chiqish kaskadlari (ChK) yuklamada 0,01÷102 Vt bo‘lgan yetarlicha katta quvvatni ta’minlashi zarur. Buning uchun ChKlari tranzistorlari tok va kuchlanishlarning katta qiymatlarida ishlashi kerak. Demak, kuchlanish manbaining asosiy quvvatini iste’mol qilishi kerak. Shuning uchun FIKni oshirish maqsadida sokinlik rejimida (ya’ni signal bo‘lmagan holda) kaskadning toki nolga yaqin bo‘lishi maqbul.

Kuchaytirilayotgan chastotalar diapazoniga ko‘ra kuchaytirgichlar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok kuchaytirgichlariga bo‘linadi. Ular kuchaytirgichning o‘tkazish polosasiga ko‘ra farqlanadi. Har bir kuchaytirgich uchun past fP va yuqori fYu chegaraviy chastotalar kiritiladi. Bu chastotalarda kuchaytirish koeffitsiyenti – 3 dBga pasayadi. O‘zgarmas tok kuchaytirgich kirish signalini nolinchi chastotadan yuqori chegaraviy chastotagacha bo‘lgan diapazonda kuchaytiradi (0 ≤ f ≤ fYu). O‘zgaruvchan tok kuchaytirgichlar quyidagilar.

past chastota kuchaytirgichlar (PChK) – kuchaytiriladigan chastotalar diapazoni birlarcha gersdan yuzlarcha kilogersgacha; yuqori chastota kuchaytirgichlar (YuChK) – kuchaytiri-ladigan chastotalar diapazoni yuzlarcha kilogersdan megagersgacha; - keng polosali kuchaytirgichlar – kuchaytirish diapazoni o‘nlarcha gersdan yuzlarcha megagersgacha; tanlovchi(rezonans) kuchaytirgichlar juda tor chastotalardiapazonida kuchaytiradi.


Download 255.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling