Muhammad-Al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Qarshi filliali tt va kt fakulteti ax-12-21 guruhi 2-bosqich talabasining “Elektronika va Sxemalar”fanidan 5-mustaqil ishi bajardi: D


Download 255.16 Kb.
bet5/6
Sana09.04.2023
Hajmi255.16 Kb.
#1346468
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektronika 2.5 mustaqil ishi.D.Soliyeva

Ikki taktli chiqish kaskadlari Chiqish quvvati katta ChKlarda faqat ikki taktli kuchaytirgich kaskadlar V va AV sinf rejimlarida tranzistorlarning ishlatiladi. V sinf kuchaytirgichlar. Ushbu rejimda ishchi nuqta tranzistorning berk holatiga mos keluvchi kvazichiziqli soha chegarasida joylashadi. Bunda tranzistor berk rejimda bo‘ladi. Tranzistor chiqish zanjiridan tok faqat kirish signali o‘zgarishining yarim davrida oqadi. Shuning uchun chiqish kuchlanishi sinusoidadan keskin farq qiladi, ya’ni ko‘p sonli gar-monik tashkil etuvchilarga ega bo‘ladi.

Nochiziqli buzilishlarni oldini olish uchun tranzistorlar bazalariga sath siljituvchi sxema yordamida siljituvchi kuchlanish beriladi. ChKning AV sinfida ishlashini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan an’anaviy sxemalardan biri keltirilgan. Tranzistorlar bazalari orasiga alohida siljituvchi kuchlanish beriladi. Bundan tashqari, tranzistorlar o‘ta yuklanishdan, masalan, yuklama elektrodi tasodifan kuchlanish manbaining elektrodiga ulanishidan himoyalangan.

Uzatish xarakteris tikasida kuchaytirgich chiqish signalining shakli.


Kuchaytirgich kaskadning ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz. VT3 tranzistor kirishiga signalning musbat yarim davri berilgan bo‘lsin. U emitter toki va mos ravishda, ushbu tranzistor kollek-tor tokining ortishiga olib keladi. Bunda S nuqta potensiali pasayadi, chunki bu nuqtaga keluvchi tok qiymati o‘zgarmas va BTG toki I0 ga teng, undan ketuvchi tok (VT3 tranzistor kollektor toki) qiymati esa ortadi.

AV sinf kuchaytirgichlar. AV kuchaytirish rejimida ishchi nuqta berkitish chegarasida emas, balki EO‘ to‘g‘ri (zatvor-istok o‘tish teskari) siljitilgan sohada, A sinfidagiga qaraganda ancha kichik toklarda bo‘ladi. FIKi kichik bo‘lgani sababli A sinf mikroelektronikada kam ishlatiladi. V va AV sinflarning ikki taktli kuchaytirgichlari keng tarqalgan.

V sinfida ishlaydigan ikki taktlikuchaytirgich sxemalari.

Hisoblashlar ko‘rsatishicha, V sinf kuchaytirgichlarda signal amplitudasiga bog‘liq bo‘lmagan holda KG 70 % ga yaqin bo‘ladi, kaskadning FIK ni 0,7 gacha olib chiqish mumkin. Shuning uchun o‘rta va katta quvvatli kuchaytirgichlarda ishlatish uchun V sinf afzalroq. Kirish signalining musbat va manfiy yarim davrlarini kuchaytirish uchun ikki taktli sxemalardan foydalaniladi. Ikki taktli sxema har biri V sinfda ishlovchi ikkita kuchaytirgichdan iborat bo‘ladi


Download 255.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling