Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali kengashining


Download 16.75 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi16.75 Kb.
#1364104
Bog'liq
Kengash


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI KENGASHINING

5 – SON BAYONNOMASIDAN

KO’CHIRMA


Qarshi shahri 14:00 2023 y 28-fevral.
Qatnashdilar: Kengashning 29 nafar a’zolaridan 3 nafar a’zosi ishtirok etmadi.
KUN TARTIBI:
1. Muxammadiyevich Jonibek Saipnazarovning dissertatsiya mavzusini OAK byulletenida e’lon qilish:
ESHITILDI: Ushbu masala yuzasidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari (G.Sherboboyeva) soʻzga chiqib, Filialda bugungi kunda faoliyat olib borayotgan boʻlajak yetuk olimlar safini kengaytirish maqsadida mustaqil izlanuvchilarga imkoniyat yaratib berish lozimligini aytib oʻtdi. Shu oʻrinda “Oliy matematika va fizika” kafedrasi oʻqituvchisi Muxammadiyevich Jonibek Saipnazarov 2023 yilda mustaqil izlanuvchi sifatida (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Kassora muhitidan iborat toʻlqin oʻtkazgichlarda garmonik toʻlqinlar tarqalish xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik qilish uchun Toshkent Kimyo-texnologiya instituti “Oliy matematika” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, professori I.I.Safarovning rozilik xati asosida OAK byulletenida ilmiy mavzusini e’lon qilish yuzasidan tanishtirib oʻtildi va kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Yuqoridagilarni inobatga olib,
Kengash qaror qiladi
1. Muxammadiyevich Jonibek Saipnazarovning dissertatsiya mavzusini OAK byulletenida e’lon qilishga tavsiya etilsin.


Kengash kotibi M.Malikova
Download 16.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling