Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali «telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’lim» fakulteti
Download 222.56 Kb.
|
ASOSIY ARXITEKTURALARIYUTarmoq arxitekturasi deganda - bu kompyuter tarmog’ini loyihalash va ishlab chiqish jarayoni tushunialadi. Arxitektura tushunchasi tarmoqning fizik tarkibiy qismlarini ularning funktsional ob’ektlari, konfiguratsiyasini, printsiplari va ishlash tartiblarini va foydalaniladigan aloqa protokollarini aniqlashni ifodalaydi. Shuningdek, tarmoq arxitekturasi aloqa tarmog’i orqali taqdim etiladigan xizmatlar va ularning batafsil tavsiflarini, taqdim etiladigan xizmatlarni hisob-kitob qilish va hisob-kitob tuzilmalarini o'z ichiga oladi. Global miqyosidagi kompyuter tarmoqlarining o’zaro bog’lanishi natijasida Internet tarmog’i tashkil topadi. Internet tarmog'ining arxitekturasi, avvalambor tarmoqdagi tugunlarni yoki tugunlarni ulash uchun ma'lum bir modelda yoki apparat ulanishlarining ma'lum turlarida foydalanishda emas, balki Internet protokollari (TCP/IP) arxitekturasidan foydalanishni ifodalaydi. Shunday qilib har bir texnologiya orqali loyihalashtiriladigan tarmoq o’zining arxitekturasiga ega bo’ladi, masalan, OSI, TCP/IP, Tarmoq so’zining ma’nosi narsalarning, qurilmalarning yoki odamlarning o’zaro bog’langan tizimi yoki guruhini anglatadi. Kompyuter tarmoqlari esa eng kamida o’zaro ulangan ikkita kompyuterlar tizimi tushuniladi. Tarmoq shartini bajarilishi faqatgina o’zaro bog’lanish emas, balki o’zaro ma’lumot almashish jarayoni amalga oshirilishi shart. Tarmoq arxitektura esa yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuterlarni bog’lanishi orqali hosil qilingan tarmoqni qanday asosda qurilganini, qanday qurilmalardan foydalanilgani, qaysi protokollar ishlatilgani, tizimda qanday muhitlardan foydalanib ma’lumotlar uzatilishi yoki har bir jarayonni fizik va mantiqiy holatlarni bajarilishini pog’onalarga ajratib bajarilishi tushuniladi. Har bir tarmoq arxitekturasi belgilangan standartlar asosida yoki xech qanday standartga asoslanmagan holatda ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, kompyuter tarmoqlarini OSI etalon modeli asosida qurish bilan global miqyosida ma’lumot almashishni ta’minlash mumkin. Sababi dunyoda ko’plab mamlakatlarning kompyuter tarmoqlari ushbu etalon asosida ishlaydi. Agar OSI modeliga asoslanmagan qandaydir belgilanmagan standartga asosan kompyuter tarmoqlari loyihalansa, o’sha tizim ichidagi qurilmalar o’zaro ma’lumot almasha oladi, OSI asosidagi tarmoq bilan esa ma’lumot almasha olmaydi, sababi uning standarti boshqacha. 1. Kichik arxitekturaga shaxsiy dasturlarning arxitekturalarini o’z ichiga oladi. 2. Katta arxitektura boshqa tizimlarni, dasturlarni va dasturiy komponentalarni qamrab oladigan murakkab korxona tizimlari arxitekturasini o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minot arxitekturasi tizimni ishlab chiqishda muhim o’rin tutadi, sababi u tizimni ishlab chiqilishiga, ishonchliligiga, keng ko’lamda qo’llanilishiga va qayta ishlab chiqilishiga ta’sir qiladi. Shaxsiy komponentalar funksional tizim talablarini bajaradi. Nofunksional talablar tizim arxitekturasidan kelib chiqadi – bu komponentalar tashkil qilinadigan va bir-biriga bog’lanadigan yo’ldir. Ko’plab tizimlarda, nofunksional talablar ham shaxsiy komponentalar tomonidan bajariladi, lekin bu yerda shubxasiz tizim arxitekturasi ustuvor hisoblanadi. Bass va boshqalar(2003) dasturiy ta’minot arxitekturasini ochiq loyihalashtirish va hujjjatlashtirishning uchta afzalliklarini muhokama qilishdi: 1. Manfaatdor aloqalar. Arxitektura tizimning yuqori darajadagi taqdimoti bo’lib, bir qator turli manfaatdor tomonlar tomonidan muhokama qilish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.https://sushiandbox.ru/uz/uroki-po-windows/kak-rabotaet-model-osi.html 2.https://www.texnoman.uz/post/tarmoq-tushunchasi.html 3.ttps://bumotors.ru/uz/urovni-peredachi-dannyh-dlya-modeli-osi- etalonnaya-setevaya-model.html. Download 222.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling