O’zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu qarshi filiali tt va kt fakulteti
Download 49.86 Kb.
|
kompyuter tarmoqlari 1-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Mustaqil ish mavzusi
O’zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali TT va KT fakulteti Kompyuter Tarmoqlari MUSTAQIL ISH - 1 Bajardi: Boynazarob O Qabul qildi: Abduvaliyev.A Qarshi 2023-2024 1-Mustaqil ish mavzusi Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish evalyusiyasi. Kompyuter tarmoqlarining asosiy protokollari. Tarmoq ilova va texnologiyalarining umumiy tushunchalari. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Tarmoq arxitekturalari. Kompyuter tarmoqlarning asosiy elementlari. Pog’onali arxitektura tushunchasi, pog’onali arxitektura protokollari. Tarmoq so’zining ma’nosi narsalarning, qurilmalarning yoki odamlarning o’zaro bog’langan tizimi yoki guruhini anglatadi. Kompyuter tarmoqlari esa eng kamida o’zaro ulangan ikkita kompyuterlar tizimi tushuniladi. Tarmoq shartini bajarilishi faqatgina o’zaro bog’lanish emas, balki o’zaro ma’lumot almashish jarayoni amalga oshirilishi shart. Tarmoq arxitektura esa yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuterlarni bog’lanishi orqali hosil qilingan tarmoqni qanday asosda qurilganini, qanday qurilmalardan foydalanilgani, qaysi protokollar ishlatilgani, tizimda qanday muhitlardan foydalanib ma’lumotlar uzatilishi yoki har bir jarayonni fizik va mantiqiy holatlarni bajarilishini pog’onalarga ajratib bajarilishi tushuniladi. Har bir tarmoq arxitekturasi belgilangan standartlar asosida yoki xech qanday standartga asoslanmagan holatda ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, kompyuter tarmoqlarini OSI etalon modeli asosida qurish bilan global miqyosida ma’lumot almashishni ta’minlash mumkin. Sababi dunyoda ko’plab mamlakatlarning kompyuter tarmoqlari ushbu etalon asosida ishlaydi. Agar OSI modeliga asoslanmagan qandaydir belgilanmagan standartga asosan kompyuter tarmoqlari loyihalansa, o’sha tizim ichidagi qurilmalar o’zaro ma’lumot almasha oladi, OSI asosidagi tarmoq bilan esa ma’lumot almasha olmaydi, sababi uning standarti boshqacha. Quyida 1-rasmda kompyuter tarmoqlari OSI modeli asosida qurilgan arxitekturasi keltirilgan. Download 49.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling