Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti muhammad al-xorazmiy nomidagi tatu huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash
Download 68.03 Kb.
|
Rahbar xulosasi Jumanov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishi tinglovchisi
- RAHBAR XULOSASI
- Ilmiy rahbar: Dots. A.Muradova
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKASIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TATU HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishi tinglovchisi Jumanov Xaqberdi Axmedovichning “Kredit tizimi asosida “FTTH topologiyasi asosida tarmoq qurish” mavzusidan ta’lim natijalarini baholash usullari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga RAHBAR XULOSASI Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni ilg’or rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini oshirishda, kredit-modul tizimining barcha oliy taʼlim muassasalariga bosqichma-bosqich joriy etilishi natijasida kredit-modul tizimi asosida fanlarni o‘qitishni tashkil etish, uning samaradorligini oshirish, innovatsion metodlarini qo‘llash bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. X.A.Jumanov tomonidan yaratilgan bitiruv loyiha ishi mavzu bo‘yicha 90 bet bo’lib, 2 ta bob 7 ta qismdan iborat bo‘lib, “Kredit tizimi asosida “FTTH topologiyasi asosida tarmoq qurish” mavzusidan ta’lim natijalarini baholash usullari” mavzusiga bag‘ishlangan. Bitiruv loyiha ishining maqsadi - Kredit tizimi asosida “FTTH topologiyasi asosida tarmoq qurish” mavzusidan ta’lim natijalarini baholash usullarini chuqur tahlil qilgan holda taʼlim jarayoniga olingan natijalar asosida xulosalar taklif etish hisoblanadi. Ushbu malaka ishida ham aynan shu eng ilg`or pedagogik texnologiyalarini ta’lim tizimida, xususan, kredit tizimi asosida taxsil olayotgan “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo'nalishi talabalarni o`qitishda tadbiq etishning innovatsion metodlari, uslublari va shakllarini nazariy tomondan asoslab berish hamda samarali natijalarga erishish va uning sifatini ta'minlashning innovasion metodlari o’rganib chiqilgan va optimal variantlar tanlangan. Bitiruv loyiha ishining nazariy va amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, tadqiqot natijasida olingan xulosalar “FTTH topologiyasi asosida tarmoq qurish” mavzusida taʼlim jarayonini tashkil etishda uning sifatini oshiradi. To‘plangan maʼlumotlar, xulosa va amaliy tavsiyalardan foydalanib kredit tizimi asosida “FTTH topologiyasi asosida tarmoq qurish” mavzusidan taʼlim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha muallifning xulosalari, taklif va tavsiyalarini “Keyingi avlod konvergent tarmoqlari” fanini o‘qitishda qo‘llash mumkin. Tinglovchi X.A.Jumanov tomonidan bajarilgan bitiruv loyiha ishi bitiruv ishlariga qo‘yiladigan barcha talablarga javob beradi va u yuqori pedagogik saviyada tayyorlangan. Bitiruv ishini ijobiy baholayman va uni himoyaga tavsiya etaman. Ilmiy rahbar: Dots. A.Muradova Download 68.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling