Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti elektronika va radiotexnika kafedrasi Sxemalar va elektronika 1 fanidan
Download 0.64 Mb.
|
2-amaliy ish ELktr
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISH
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETIElektronika va radiotexnika kafedrasi Sxemalar va elektronika 1 fanidan MUSTAQIL ISHMavzu: Yarimo‘tkazgich integral mikrosxemalar (IMS) yaratishda texnologik jarayon va operasiyalar . Guruh: CAE018 Bajardi: Umarjonov Odilbek . Tekshirdi: X. A. Sattarov Toshkent-2022 Reja : IMS ga taʼrif IMSlar klassifikatsiyasi IMS belgilanish tizimi Yarimo‘tkazgich IMSlar yaratishda texnologik jarayon va operatsiyalar Foydalanilgan adabiyotlar. Integral mikrosxemalar (IMS) ga ta’rif Integral mikrosxema (IMS) oʼta ixcham, oʼta pishiq, kichik tannarxga ega boʼlgan va kam quvvat isteʼmol qiladigan radioelement yasash yoʼlidagi urinishlar mahsuli hisoblanadi. Integral sxema (IS, integral mikrosxema) — juda ixcham (mikrominiatyur) elektron qurilma. Elementlari (diodlar, tranzistorlar, rezistorlar, kondensatorlar va b.) konstruktiv, texnologik va elektr jihatdan oʻzaro uzviy bogʻlangan (birlashtirilgan) va oʻta zich joylashtirilgan boʻladi. Uzluksiz yoki diskret (uzlukli) elektr va optik signallar tarzidagi axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash uchun moʻljallanadi. I. s. quyidagi xillarga boʻlinadi: elementlarni birlashtirish (integratsiya) usuli boʻyicha — yaxlit (monolit) va gibrid (tarkibiy) (osma diskret elektron asboblarlan foydalanilgan) sxemalar; ishlov beriladigan signallarning xili boʻyicha — raqamli va analog sxemalar; IS dagi elementlar soni N (integratsiya darajasi) boʻyicha — kichik (N< 102)? oʻrta (N = 102 — 103), katta {N= W— 104) va juda katta (N> 104) sxemalarga boʻlinadi. I. s. elektron hisoblash mashinalari, nazorat-oʻlchash apparatlari, aloqa texnikasi va b. sohalarda qoʻllaniladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling