Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom
Ishlanmalarni baholash mezonlari
Download 364.76 Kb. Pdf ko'rish
|
TechnoWays texnologik rivojlanish marafoni nizomi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Tanlov g‘oliblarini mukofotlash
3. Ishlanmalarni baholash mezonlari
3.1. Marafonda ishtirok etish uchun ajratib olingan ishlar nizomning 3-ilovasida belgilangan mezonlar asosida baholanadi: 3.2. Marafon ishtirokchilari Komissiya aʼzolariga loyihaning ilmiy va amaliy hamda ijtimoiy ahamiyatini tushuntirib bera olishini namoyish etishi lozim. 3.3. G‘oliblarni aniqlashda baholash jarayoni davomida har bir ishtirokchiga komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballar umumlashtiriladi va komissiya a’zolari soniga bo‘linadi. Eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb hisoblanadi. 3.4. Ishtirokchilar tomonidan to‘plangan ballar soni bir xil bo‘lib qolgan taqdirda, komissiya a’zolari tomonidan ovoz berish usuli bilan g‘olib aniqlanadi. 3.5. Loyihaning ilmiy yangiligini va zamonaviyligini ko‘rsatish maqsadida uning analoglari bilan solishtirish imkonini beruvchi maʼlumotlarni, stendlar yoki boshqa qurilmalarda test va sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida maʼlumot berishlari lozim. Agar ishlanma tanlovda ishtirok etgan yoki patentlangan bo‘lsa bu haqda tegishli maʼlumotlar taqdim etiladi. 4. Tanlov g‘oliblarini mukofotlash 4.1. Marafon yakunlariga ko‘ra eng yuqori natijaga ega bo‘lib, 1-2-3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar (jamoalar) pul mukofotlari yoki mazkur qiymatdagi qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. 4.2. Mukofot Marafonda g‘olib bo‘lgan loyihalarga, uning mualliflari sonidan qatʼiy nazar, belgilangan qiymatda beriladi. Agar jamoa shaklida ishtirok etgan ishtirokchilarning loyihasi g‘oliblikni qo‘lga kiritsa, jamoa a’zolarining har biriga mukofot summasi teng miqdorlarda taqsimlanadi. 4.3. Mukofotlash Marafonda g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlarning bank plastik kartochka hisob-raqamlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 4.4. Marafonni g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Muhammad al- Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 4.5. Homiylar taqdim etgan qimmatbaho buyum va yoki esdalik sovg‘alar homiylar bilan kelishilgan tartibda g‘oliblarga yoki yuqori ko‘rsatkichlarga ega, faol ishtirokchilarga ham (rag‘batlantiruvchi sovg‘a sifatida) topshiriladi. 4.6. Ushbu Nizom, Marafon to‘g‘risidagi maʼlumotlar va uning natijalari Muhammad al- Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali rasmiy web-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. 4.7. Nizomning ilovalari uning ajralmas qismi hisoblanadi. “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1- ilova Download 364.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling