Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali ki 12-22-guruh talabasi Bahodirov Boburbekning fizika fanidan yozgan 4-mustaqil Topshirdi. Bahodirov. B qabul qildi


Mavzu: Turli shakldagi jismlarning inersiya momentini hisoblash


Download 32.31 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi32.31 Kb.
#1580284
1   2   3   4
Bog'liq
fizika 4-mustaqil ish2

Mavzu: Turli shakldagi jismlarning inersiya momentini hisoblash.
Jismni aylanma harakati. Aylanama harakat deb shunday harakatga aytiladiki, bunda jism barcha nuqtalarining traektoriyalari, markazi aylanish o`qi deyiluvchi bitta chiziqda bo`lgan konsentrik aylanalardan iborat bo`ladi. Qattiq jismni aylanma harakatga keltirish uchun unga biror kuch ta’sir etishi kerak. Lekin qattiq jism har qanaday yo`nalishidagi kuch ta’sirida ham aylanavermaydi: Qattiq jismning aylanma harakatini dinamika nuqtai nazardan tekshirilganda kuch tushunchasi bilan bir qatorda kuch momenti tushunchasi, massa tushunchasi bilan bir qatorda inersiya momenti tushunchasi ham kiritiladi. Kuch momenti. Aylanish o`qiga ega bo`lgan biror jismga kuch ta’sir etganda uning qanday harakat qilishi faqat bu kuchning son qiymatiga bog`liq bo`lmay, uning yo`nalishi va qo`yilishiga ham bog`liq. Bularning hammasini birgalikda hisobga olish uchun kuch momenti kattaligi qabul qilingan. Kuchning ixtiyoriy qo`zg`almas 0 nuqtaga nisbatan momenti (M) deganda 0 nuqtadan kuchning qo`yilish nuqtasiga o`tkazilgan radius vektor (r) va F kuchning vektor ko`paytmasi tushuniladi, ya’ni Inersiya momenti. Biror m massali nuqtaviy jismning aylanish o`qiga nisbatan inersiya momenti deb uning massasini aylanish radiusining kvadratiga ko`paytmasi bilan ifodalanuvchi kattalikka aytiladi. Qattiq jismning inersiya momenti uning qismlari inersiya momentlarining yig`indisiga teng.

Jismning massalar markazidan o`tmaydigan ixtiyoriy o`qa nisbatan inersiya momenti I shu o`qa paralel bo`lgan va jismning massa markazi orqali o`tuvchi o`qa nisbatan inersiya momenti I0 bilan jismning m massasining o`qlar orasidagi ℓ masofa kvadratiga ko`paytmasining yig`indisiga teng. Inersiya momenti tenzor fizik kattalik boʻlib, oʻq atrofida aylanma harakatdagi inertlik oʻlchovidir. Jism massasining undagi taqsimoti bilan xarakterlanadi: inersiya momenti elementar massalarning asos koʻplik (nuqta, chiziq yoki tekislik) dan masofa kvadratiga koʻpaytmalari yigʻindisiga teng. Xalqaro birliklar tizimida oʻlchov birligi: kg·m² bilan be. Belgisi: I yoki J.

Aylanma harakatda inersiya momenti xuddi toʻgʻri chiziqli harakatdagi massaga oʻxshaydi. Haqiqatan ham, inersiya momenti jismning massasiga proporsional. Shuningdek, u bu massa aylanish oʻqi atrofida qanday taqsimlanganiga ham bogʻliq.
Massa markazi aylanish oʻqidan uzoqlashgani sayin uning burchak tezligini oʻzgartirish qiyinlashib boradi. Bunga sabab shuki, endi massa oʻzida kattaroq impulsni mujassamlashtirgan (uning tezligi ortishi tufayli), chunki impuls vektorining yoʻnalishi tezroq oʻzgaradi. Har ikkala kattalik massadan aylanish oʻqigacha boʻlgan masofaga bogʻliq.

Download 32.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling