Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Kompyuter tarmoqlari


Optik texnologiyaga asoslangan MAN tarmoqlari


Download 0.83 Mb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1632142
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 2 КТ фани 2020

Optik texnologiyaga asoslangan MAN tarmoqlari

MAN tarmoqlarida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar

Foydalanuvchining oxir terminali ulanadigan WiFi yoki modem yoki 3G, 4G stansiyalaridan farqli MAN tarmoqlarida katta sig’imli, yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan tarmoq qurilmalaridan foydalaniladi. Ushbu tarmoq - turli xil tarmoqlarning qismlarini (simsiz, DSL va boshqalari) bir-biriga bog'laydigan, turli xil lokal tarmoqlar yoki quyi tarmoqlar o'rtasida ma'lumot almashish yo'lini ta'minlaydigan kompyuter tarmog'ining bir turidir. MAN tarmoqlarida PDH, SDH/SONET, WiMax, LTE texnologiyalarini qo’llab quvvatlaydigan barcha qurilmalar ishlatiladi: IP kommutator (IP switch), L3 router, IMS kommutator, shlyuz qurilmalari.

IP kommutator (IP switch). Ushbu qurilma bir nechta lokal tarmog’i kommutatorlarini (LAN switch) global MAN tarmoqlariga ulanishini ta’minlaydi. Shuningdek, u katta o’lchamli tarmoqlar orasida ham ko’prik vazifasini o’taydi.

IP kommutator orqali bog’langan tarmoq

L3 marshrutizator

L3 marshrutizator. An'anaviy kommutatsiya jarayoni OSI modelining 2-pog’onasida ishlatilsa, paketlar belgilangan MAC manzillari asosida ma'lum bir o'tish portiga yuboriladi. Marshrutlash jarayonida esa, OSI 3-pog’onada, paketlar belgilangan IP-adresiga muvofiq manzilga marshrutlanadi. Belgilangan IP-adresiga muvofiq manzilga marshrutlanish jarayoni L3 marshrutizatorlar orqali amalga oshiriladi.

L3 marshrutizator

IMS kommutator

Shahar tarmoqlari turli tarmoq qurilamalarini bir biri bilan bog’lanish jarayonini nazorat qiladi va turli modellar (DSL, PON, 3G/4G) asosida qurilgan IP tarmoqlari bo’ylan IP multimedia xizmatlari (ovoz, video, matn)ni taqdim etishning arxitekturali freymvork hisoblanadi. IMS qurilmasini ishlab chiqishdan maqsad - operatorning joriy server tarmog'i arxitekturasini to'liq IP-ga asoslangan tizim bilan almashtirish, bu dasturiy ilovalarni joriy etishni soddalashtiradi.

IMS kommutator


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling