Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Kompyuter tarmoqlari


WiMax texnologiyasi asosida qurilgan shahar tarmog’i


Download 0.83 Mb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1632142
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 2 КТ фани 2020

WiMax texnologiyasi asosida qurilgan shahar tarmog’i

Simsiz MAN tarmoqlari

"WiMAX" nomi 2001 yil iyun oyida standartning muvofiqligi va o'zaro muvofiqligini ta'minlash, shu jumladan tijorat sotuvchilari uchun oldindan belgilangan tizim profillarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan WiMAX forumi tomonidan yaratilgan. Forum WiMAX texnologiyasini "kabelli va DSL texnologiyalariga alternativ sifatida so'nggi milyani simsiz keng polosali tarmoq xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida ishlab chiqqan. IEEE 802.16m yoki WirelessMAN-Advanced LTE Advanced standartiga mos ravishda 4G uchun nomzod standart hisoblanadi.

WiMAX texnologiyasi dastlab ma'lumotlarni soniyasiga 30-40Mb tezlik bilan uzatish imkoniyatini qo’llab quvvatlagan bo’lsa, 2011 yilda yangilangan stantsiyalar soniyasiga 1Gbit tezlikkacha ma’lumot uzatish imkoniyatiga ega bo’lgan. Hozirgi kunda AeroMACS texnologiyasi ishlab chiqilgan bo’lib, u orqali aeroport hududi, samolyot va aeroportda joylashgan asosiy vositalarni bog'lash uchun mo'ljallangan simsiz keng polosali xizmatlar taqdim etilgan. 2018 yilga kelib, 8 ta mamlakatda AeroMACS antennasi mavjud, yana kamida 25 ta mamlakatga ushbu texnologiyani joriy etish rejalashtirilgan.

Optik texnologiyaga asoslangan MAN tarmoqlari

Dunyoning ko’plab mamlakatlarida deyarli barcha davlatlar va katta shaharlar o’zaro optik kabellar orqali bog’langan. Optik kaberllarning o’tkazuvchanlik qobiliyati boshqa muhitlar bilan taqqoslagandan bir necha ming marta katta bo’lganligi, ishonchligigining yuqoriligi, uzilishlar bo’lmasligi (simsiz tarmoqlarda uzilishlar bo’lish ehtimolligi yuqori) va juda katta tezlikda ma’lumot uzatish mumkinligi uchun, davlatlararo, shaharlararo va shahar hududlarida telekommunikatsiya tarmoqlarni qurish uchun keng foydalaniladi.

Dunyo optik tarmoqlari

Optik texnologiyaga asoslangan MAN tarmoqlari

Optik kabellarda yoqolishlar va so’nishlar darajasi juda kichik bo’lganligi hamda juda katta uzatish tezligini qo’llab quvvatlaganligi kelajakda aqlli shaharsozlik, transport tizimi, IoT xizmatlari, BigData uchun eng munosib texnologiya sifatida ko’riladi. Shuningdek optik kabellarga asoslangan tarmoq elementlari orasidagi masofa 600 km tashkil etish mumkin. Bunday masofa boshqa texnologiyalarda uchramaydi hamda axborot xavfsizligi darajasi juda yoqori bo’lganligi uchun okenlar orqali ko’plab mamlakatlar aloqa tarmoqlari optik kabel orqali ta’minlagan. Shu bilan bir katta shaharlarda transport tarmoqlari optik kaberllar asosida qurish har doim o’zini oqlagan.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling