MAN tarmoqlarida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar Foydalanuvchining oxir terminali ulanadigan WiFi yoki modem yoki 3G, 4G stansiyalaridan farqli MAN tarmoqlarida katta sig’imli, yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan tarmoq qurilmalaridan foydalaniladi. Ushbu tarmoq - turli xil tarmoqlarning qismlarini (simsiz, DSL va boshqalari) bir-biriga bog'laydigan, turli xil lokal tarmoqlar yoki quyi tarmoqlar o'rtasida ma'lumot almashish yo'lini ta'minlaydigan kompyuter tarmog'ining bir turidir. MAN tarmoqlarida PDH, SDH/SONET, WiMax, LTE texnologiyalarini qo’llab quvvatlaydigan barcha qurilmalar ishlatiladi: IP kommutator (IP switch), L3 router, IMS kommutator, shlyuz qurilmalari. IP kommutator (IP switch). Ushbu qurilma bir nechta lokal tarmog’i kommutatorlarini (LAN switch) global MAN tarmoqlariga ulanishini ta’minlaydi. Shuningdek, u katta o’lchamli tarmoqlar orasida ham ko’prik vazifasini o’taydi. IP kommutator orqali bog’langan tarmoq L3 marshrutizator. An'anaviy kommutatsiya jarayoni OSI modelining 2-pog’onasida ishlatilsa, paketlar belgilangan MAC manzillari asosida ma'lum bir o'tish portiga yuboriladi. Marshrutlash jarayonida esa, OSI 3-pog’onada, paketlar belgilangan IP-adresiga muvofiq manzilga marshrutlanadi. Belgilangan IP-adresiga muvofiq manzilga marshrutlanish jarayoni L3 marshrutizatorlar orqali amalga oshiriladi. L3 marshrutizator Shahar tarmoqlari turli tarmoq qurilamalarini bir biri bilan bog’lanish jarayonini nazorat qiladi va turli modellar (DSL, PON, 3G/4G) asosida qurilgan IP tarmoqlari bo’ylan IP multimedia xizmatlari (ovoz, video, matn)ni taqdim etishning arxitekturali freymvork hisoblanadi. IMS qurilmasini ishlab chiqishdan maqsad - operatorning joriy server tarmog'i arxitekturasini to'liq IP-ga asoslangan tizim bilan almashtirish, bu dasturiy ilovalarni joriy etishni soddalashtiradi. IMS kommutator
Do'stlaringiz bilan baham: |