Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
495
Buning asosiy sababi hayotning o’zidadir. Chunki hayot murakkab, ziddiyatli, doimiy ravishda o’zgarib turadigan jarayondir. Shu sababli hayot inson uchun eng katta falsafiy maktabdir. Hayotning o’zgarishi bilan falsafaning muammolari ham qonuniy ravishda o’zgarib turadi. Hozirgi sharoitda bozor iqtisodiyotiga o’tish o’z navbatida yangicha falsafiy tafakkurni talab etadigan bir qator muammolarni o’rtaga tashlamoqda. «Biz egallashimiz kerak bo’lgan yana bir murakkab masala bor, - deydi birinchi Prezidentimiz I.Karimov, - bu odamlar ruhiyatini o’zgartirish, bozor psixologiyasini shakllantirishdir” 1 . Yangi hayotiy masalalarga eskicha yondashib bo’lmaydi. Shunday ekan, falsafa muammolariga o’zgarmas, qotib qolgan qoidalar sifatida qaramasdan, ularni hayot bilan taqqoslab, hayot talablari asosida rivojlantirib, ilmiy bilish va amaliy faoliyatga tatbiq etish kerak. Buning uchun falsafaning ayrim qoidalarini emas, balki uning butun ruhini chuqur va atroflicha o’zgartirib olish lozim. Falsafa hozirgi davrimizning buyuk ma’naviy, aql-idrok boyligidir. Uni mukammal egallab olish – davr talabidir. Ushbu o’quv qo’llanmada yosh avlodlar qalbida falsafa faniga qiziqish uyg’otib, ularning ijodiy tafakkurlash madaniyatini shakllantirishga hissamizni qo’shgan bo’lsak oldimizda turgan maqsadga erishdik, deb bilamiz 1
T.:“O’zbekiston ",1995.-44-bet. 496 FALSAFIY TUSHUNCHA VA ATAMALAR Aa Absolyut (lotincha - har qanday munosabatlar, shartlardan ozod,mutlaq, mustaqil, mukammal) - falsafada absolyut borliq yoki absolyut voqelik(Shellingda), absolyut ruh, ya’ni oliy dunyoviy aql (Gegelda)absolyut shaxs, ya’ni Xudo (xristianlikda) absolyut qadriyat (Aflotun asos solgan metafizik idealizmda), absolyut axloq, kategorik imperativ yoki burch qonuni (Kantda), mustaqil mavjudotning individuallikdan yuqori substantsional asos (Fixteda), iroda (Shopengauerda), intuitsiya (Bergsonda) bilib, anglab olinganligidan qatiy nazar‚hamma narsa absolyut ahamiyat kasb etadi. Abstraktsiya (lot. abstgastio — mavhumlik) - bilish shakllaridan biri bo’lib, u narsalarniig bir qancha xossalarini va ular o’rtasidagi munosabatlarni fikran nazardan soqit qilishdan‚ hamda biron bir xossa yoki munosabatlarni ajratib ko’rsatishdan iborat. Download 4.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling