Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
486
Gerontologiyada insonning jismoniy boqiyligiga, odam tanasidagi hujayralar qirilishining oldini oluvchi, odam organizmi to‘qimalarining ishlashini yaxshilash va qayta qurish uchun molekulyar robotlarni kiritishga oid tadqiqotlar amalga oshirilib, yaqin kelajakda uning amaliyotga tatbiqi ko‘zda tutilmoqda. Umuman olganda, nanotexnologiyalardan sanoatda, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirishda, ekologik muvozanatni ta’minlashda, koinotni o‘zlashtirishda foydalanishga oid tadqiqotlar olib borilib, barcha tashkiliy qismlarga mantiq elementlarini kiritish hisobiga biz yashayotgan atrof-muhit «aqlli» va inson yashashi uchun to‘la qulay bo‘lib qolishiga erishish maqsad hisoblanadi. Internetning paydo bo‘lishi bilan hayotmizning ko‘plab jabhalarida, jumladan, maktablar va oliy ta’lim muassasalaridagi barcha jarayonlar, qolaversa, kundalik maishiy xizmatlar, biznes va menejment, yuridik va konsullik xizmatlarigacha birin-ketin virtual dunyoga ko‘cha boshladi. Internet rivojlanishi barobarida uning texnik-texnologik imkoniyatlari va auditoriya qamrovi ham oshib bordi. “O‘rgimchak to‘ri” insonlarning an’anaviy suhbatlashuv shaklini tubdan o‘zgartirdi. Olis masofadan turib nafaqat eshitish, balki ko‘rish imkoniyatining yuzaga kelishi bilan virtual suhbatlar keskin ommalashdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo yoshlarining 96 foizi ijtimoiy tarmoqlar vositasida o‘zaro muloqotga kirishmoqda. Keyingi 10–15-yil davomida dunyo matbuotida eng ko‘p muhokama qilinib kelinayotgan masalalardan biri bu – Internetning yoshlar auditoriyasiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligi bilan bog‘liq. Tarmoqni ayrim xorijiy ekspertlar majoziy ma’noda o‘tkir boltaga o‘xshatadi: uning yordamida qurigan daraxtni chopib, undan o‘tin tayyorlash mumkin yoki aynan shu bolta bilan gullab-yashnab turgan daraxtni yakson qilish ham mumkin. Shu sababdan jahon tarmog‘ini faqat maqtash yoki aksincha uni qoralash mantiqsizlikdir. XXI asr yutuqlaridan yana biri sun’iy intellekt bo‘lib, mobil qurilmadagi dasturlar: google-tarjimon, lug‘atlar, turli xil o‘yinlar va hokazolar uning yaqqol misolidir. Sun’iy intellekt — odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratishdir. Bugun sun’iy intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling