Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash (QPSK)


Download 1.75 Mb.
bet29/81
Sana20.10.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1712072
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

6.6. Kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash (QPSK)
Fazaviy manipulyatsiyalashning BPSK, QPSK, 8-PSK va boshqa turlari mavjud. Ularning tavsiflari 6.2- jadvalda keltirilgan.
6.2- jadval
BPSK, QPSK, 8-PSK fazaviy modulyatsiyalash turlarining nisbiy xarakteristikalari

BPSK

QPSK

8-PSK

Binary Phase Shift Keying –oddiy binar fazaviy manipulyatsiyalash hisoblanadi va bitta signalda 1 bit axborotni kodlashga imkon beradi

Kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash (Quadrature Phase Shift Keying) bo‘lib, 4 fazaga bo‘linadi va bitta signalda 2 bit axborotni kodlashga imkon beradi

8 Phase Shift Keying manipulyatsiyalashda 8 ga bo‘linadi va bitta signalda 3 bit axborotni kodlashga imkon beradi

BPSK, QPSK, 8-PSK fazaviy manipulyatsiyalash yulduzlar turkumlari diagrammalari 6.17- rasmda keltirilgan.


Bitta BPSK simvoli bir bit ma’lumotni kodlaydi, bunda BPSK vektorlar diagrammasida I(t) sinfaz o‘qda atigi ikkita nuqtalar – nolga va uzatiladigan ma’lumotlar birligiga mos keladigan nuqtalar bo‘ladi. Q(t) kvadraturali kanal BPSK bo‘lganida doimo nolga teng bo‘ladi.



6.17- rasm. BPSK, QPSK, 8-PSK fazaviy manipulyatsiyalash yulduzlar turkumlari diagrammalari

6.18- rasm. QPSK yulduzlar turkumi asosida sinfaz va kvadraturali tashkil etuvchilarni shartli kodlash qurilmasi


Ikki bit ma’lumotni bitta simvol bilan kodlashni amalga oshirish uchun signallar turkumi 6.17- rasmdagi QPSK vektorlar diagrammasida tasvirlanganidek, to‘rtta nuqtalardan tashkil topishi kerak. U holda biz ham I(t), ham Q(t) noldan farqli bo‘lishi, signallar turkumining barcha nuqtalari birlik aylanada joylashishini olamiz. Bunda kodlashni quyidagi tarzda amalga oshirish mumkin. Bitlar oqimi juft va toq bitlarga bo‘linadi, I(t) juft bitlarni, Q(t) esa toq bitlarni kodlaydi. Ikkita bir-birlaridan keyin ketma-ketma keladigan ma’lumotlar bitlari bir vaqtda sinfaz I(t) va kvadraturali Q(t) signallar bilan kodlanadi. Bu 6.20- rasmda keltirilgan «1100101101100001» axborot oqimi uchun ossillogrammalarda yaqqol tasvirlangan.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling