Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Download 1.75 Mb.
bet28/81
Sana20.10.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1712072
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

I (sinfaz) tashuvchining boshlang‘ich fazaviy surilishi 0°ga teng olinadigan kanalga tegishli bo‘ladi;

  • Q (kvadraturali) tashuvchining boshlang‘ich fazaviy surilishi 90°ga teng olinadigan kanalga tegishli bo‘ladi (6.7- rasm).


    6.7- rasm. Modulyatsiyalangan signalning elektr maydoni kompleks tekislikda I/Q-diagramma yordamida aks ettirilishi mumkin
    Kvadraturali diagrammaning rasmini soddalashtirish uchun, ayniqsa, zamonaviy ko‘p pozitsiyali modulyatsiyalash turlarining signallarini aks ettirishda odatda koordinatalar uchlaridan chiqadigan vektorlarning faqat oxirgi nuqtalari tasvirlanadi, vektorlarning o‘zlari esa tushirib qoldiriladi. Ko‘pincha figuraning simmetriya markazi orqali o‘tishi ko‘zda tutilishi bilan I va Q o‘qlarning o‘zi ham tushirib qoldiriladi. Kvadraturali diagrammada nuqtalar ko‘rinishida tasvirlangan modulyatsiyalangan signallarning to‘liq to‘plami signallar turkumi deyildi, signallarning o‘zi esa signallar turkumi nuqtalari deyiladi. Signallar turkumining shakli modulyatsiyalash turiga mos keladi, signallar turkumi nuqtalari orasidagi masofa esa signali qabul qilishda halaqitbardoshlikni xarakterlaydi.
    Oddiy amplitudaviy manipulyatsiyalash (AMn) ham signllar turkumi diagrammasi yordamida berilishi mumkin. Ma’lumotlar faqat amplitudada bo‘lganligi bois bitning birlik qiymati E radiusli aylananing istalgan nuqtasida bo‘lishi mumkin (6.8- rasm).

    6.8- rasm. QPSK va AMn modulyatsiyalash turlari uchun signallar turkumlarini taqqoslash: AMda faza ixtiyoriy hisoblanadi
    Misol sifatida 6.9- rasmda amplitudaviy modulyatsiyalash (AM) uchun bir o‘lchamli va fazaviy modulyatsiyalash (FM) uchun ikki o‘lchamli bir necha oddiy signallar turkumlari keltirilgan bo‘lib, ularning geometrik joylashish nuqtalari mos ravishda to‘g‘ri chiziq va aylana hisoblanadi.


    6.9- rasm. Amplitudaviy modulyatsiyalash (AM) uchun bir o‘lchamli va fazaviy modulyatsiyalash (FM) uchun ikki o‘lchamli bir necha oddiy signallar turkumlari

    Bu yerda ta’kidlash kerakki, ko‘rsatilgan AM signallar turkumi modulyatsiyalovchi signal sifatida qiymatli sathlari nolinchi sathga nisbatan simmetrik bo‘lgan bipolyar impulslar ishlatilganida olinadi. Manfiy impulslar bilan modulyatsiyalashda bir vaqtda signal fazasi ham qarama-qarshisiga o‘zgaradi. Shuning uchun bunday AMga FMning bir turi sifatida qarash mumkin.


    Garmonik signalning signallar turkumi bilan aloqasi 6.10- rasmda keltirilgan.

    6.10- rasm. Garmonik signalning signallar turkumi bilan aloqasi
    Sinusoidal signalni foydali past chastotali signal bilan amplituda, chastota va faza bo‘yicha modulyatsiyalash mumkin. XX asr davomida bir-birlaridan sxemalari va sifat xarakteristikalari orqali farqlanadigan juda ko‘plab amplitudaviy, chastotaviy va fazaviy modulyatorlar ishlab chiqildi. Bu xilma-xillik bu modulyatorlarni o‘zaro taqqoslashga imkon bermaydi, barcha modulyatorlarning xarakteristikalarini bir vaqtda yaxshilashga imkon bermaydi va eng asosiysi raqamli shaklda qiyin bajariladi. Signalni ikkita kvadraturali ko‘rinishlarda berilishi I va Q past chastotali kvadraturali signallarning o‘zaro nisbatiga bog‘liq ravishda bir vaqtda ham amplitudaviy, ham chastotaviy, ham fazaviy modulyator bo‘lishi mumkin universal modulyatorni oson yig‘ishga imkon beradi.
    Tor polosali yuqori chastotali (yoki oraliq chastotali) radiosignalni olishga imkon beradigan modulyatorning sxemasi kvadraturali modulyator nomini oldi. Kvadraturali modulyatorning tuzilish sxemasi 6.12- rasmda keltirilgan.

    6.12- rasm. Kvadraturali modulyatorning tuzilish sxemasi


    Bu sxemada asosiy tugun kvadraturali signalni yuqori chasttaga o‘tkazadigan analog ko‘paytirgichlar hisoblanadi. Natijaviy signal analog summatorda qo‘shilganidan keyin chiqishda berilgan qonun bo‘yicha modulyatsiyalangan yuqori chastotali jarayon qoladi.


    QAM modulyatsiyalash mikroto‘lqinli raqamli aloqada, DVB-C (kabelli keng polosali raqamli televideniye) va modemlarda ishlatiladi. 16–pozitsiyali QAMda (16QAMda) 4 ta qiymatlar va 4 ta Q qiymatlar mavjud bo‘ladi (6.13- rasm). Natijada bu signalning 16 ta bo‘lishi mumkin qiymatlarini beradi. Vaqtning har bir momentida signal simvoli bir holatdan boshqasiga o‘tishi mumkin. 16 = 24 bo‘lganligi sababli bitta simvolda 4 bit uzatilishi mumkin (6.1- jadval). QAM I komponentlar uchun 2 bitga va Q komponentlar uchun 2 bitga ega bo‘ladi. Bu modulyatsiyalash turi katta uzatish spektral samaradorligiga ega. U BPSK, QPSK yoki 8PSK modulyatsiyalashga qaraganda samaradorroq.

    6.13- rasm. 16QAM va 32QAM modulyatsiyalash turlarini taqqoslash

    6.1-jadval



    Amplitudaviy (ASK - Amplitude Shift Keying)

    Chastotaviy (FSK - Frequency Shift Keying)

    Fazaviy (PSK - Phase Shift Keying)

    Kvadraturali- amplitudaviy (QAM - Quadrature Amplitude Modulation)

    Impulslar amplitudasi o‘zgaradi

    Impulslar chastotasi o‘zgaradi

    Tebranishlar fazasi o‘zgaradi

    Amplituda va faza bir vaqtda o‘zgaradi

    “1” uzatilishi uchun katta amplituda, “0” uzatilishi uchun past amplituda ishlatiladi

    “1” uzatilishi uchun tebranishlar yuqori chastotasi, “0” uzatilishi uchun past chastotasi ishlatiladi

    “1” uzatilishi uchun 900 ga fazani surilishi ishlatiladi

    “1” uzatilishi uchun katta amplituda va 900 ga fazani surilishi ishlatiladi

    Turli manipulyatsiyalash usullarini taqqoslash

    16QAMning ishlash prinsipi simulyatsiyasi 6.14- rasmda keltirilgan bo‘lib, unda bitta signalda ma’lumotlar 4 biti uzatiladi (masalan, 25% amplitudada va 2250 fazada 1100 ma’lumot uzatiladi).


    16QAM- modulyatorning tuzilish sxemasi esa 6.15- rasmda keltirilgan.
    Sxemada kirish ma’lumotlar oqimiga dastlab ma’lumotlar protsessorida zarur raqamli ishlov beriladi. Takt chastotasini ajratish, skremblirlash, differensial kodlash, ketma-ket-parallel o‘zgartirish amalga oshiriladi.



    6.14- rasm. QAM-16ning ishlash prinsipi simulyatsiyasi

    16QAM modulyatsiyalash 4 bit/(s·Gs) solishtirma uzatish tezligini ta’minlaydi, u holda ma’lumotlar oqimiga raqamli ishlov berishda uni keyingi modulyatsiyalash uchun mos ravishda pasaytirilgan tezliklarli 4 ta kichik oqimlarga bo‘linadi. Keyin ikkita ikkilik kichik oqimlarni bir vaqtda RFda spektrini shakllantirish bilan to‘rtta sathli bitta oqimga raqamli-analog o‘zgartirish amalga oshiriladi, bunda impulslarga silliq shakl beriladi.


    I va Q kanallardagi to‘rtta sathli signallar balansli modulyatorlarni boshqaradi, ularning chiqish signallari ikkita polosali va so‘ndirilgan tashuvchili 16QAM signalni hosil qilishi bilan qo‘shiladi. Balansli modulyatorlarga tashuvchi π/2 surilish bilan, ya’ni kvadraturada beriladi.

    6.15- rasm. 16QAM modulyatorning tuzilish sxemasi


    Modulyatorning oraliq tashuvchi chastotadagi chiqish signali tashqi polosali nurlanishlarni cheklaydigan polosali filtrdan o‘tadi va istalgan uzatish kanalining polosasiga o‘zgartirilishi mumkin.



    Ris. 6.16. Kvadraturali modulyatsiya: vektorlar analizatori ekranidagi PAL ranglilik signalining ko‘rinishi

    Kvadraturali modulyatsiyalash PAL va NTSC televizion standartida ranglilik signallarini uzatish uchun, stereofonik radioeshittirishda, dasturiy-aniqlanadigan radio (DAR, SDR) tizimlarida qo‘llanadi (6.16- rasm).





    Download 1.75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling