Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Abonentlar raqamli televideniye qabullash qurilmalarining qurish prinsiplari


Download 1.75 Mb.
bet69/81
Sana20.10.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1712072
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

15.2. Abonentlar raqamli televideniye qabullash qurilmalarining qurish prinsiplari

Raqamli televideniye dasturlarini qabul qilish uchun abonentlar qabul qilgichining funksional sxemasi 15.4- rasmda keltirilgan.


Raqamli televideniye dasturlarini qabul qilish uchun raqamli qabul qilgich quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan:

  • raqamli signallarni qabul qilish va ishlov berish, shuningdek olingan analog signalni PAL tizimida kodlash uchun monoplata:

  • impulsli ta’minot bloki platasi;

  • korpus;

  • masofdan boshqarish (MB) infraqizil (IQ) pulti.

15.4-rasm. Raqamli televideniye abonentlar qabul qilgichining funksional sxemasi


Opsiyalar sifatida alohida televizion dasturlarni yozib olish va saqlash uchun qattiq disk va smart-cardni o‘qish uchun qurilma ko‘zda tutiladi.


Raqamli qabul qilgich ish rejimlarini boshqarish ekran menyusi tizimi yordamida ham IQ-pultdan, ham tugmalar panelidan amalga oshiriladi. Analog TVga SCART uyasi yoki uchtalik RCA uyalar orqali amalga oshirish mumkin. DVB-T tizimi raqamli qabullagilari oddiy televizion antenna bilan ishlaydi, binobarin, hatto xona antennasiga sifatli qabul qilish amalga oshiriladi.
Oddiy analog televizorning antenalar kirishiga ulanishi mumkin bo‘lgan abonentlar raqamli qabul qilgichining (STB) umumlashtirilgan tuzilish sxemasi 15.5-rasmda tasvirlangan.

15.5-rasm. Abonentlar raqamli qurilmasining umumlashtirilgan tuzilish sxemasi


Kanal dekoderi raqamli demodulyator va xatoliklarni tuzatish tugunini o‘z ichiga oladi. Dekoder qabul qilingan yuqori chastotali modulyatsiyalangan signallarni raqamli transport oqimiga o‘zgartiradi, bu oqim multiplekslangan dasturlar ma’lumotlar paketlariga ega bo‘ladi. Raqamli transport oqimi demultipleksorga beriladi, u har bir paketni undagi dasturiy identifikator bo‘yicha ajratadi va tanlangan dastur paketini yaratish maqsadida ma’lumotlarni qayta joylanadi.


Agar paket skremblirlansa, ya’ni raqamli signal o‘zgartirilsa, buning natijasida dastlabki signalning simvollari orasidagi korrelyatsion aloqalar buzilsa, uning statik xossalari o‘zgarsa va u tasodifiy signal xossasiga ega bo‘lsa, u holda paket tomoshabin tanlangan dasturdan foydaanishi mumkinligini aniqlash uchun mo‘ljallangan shartli ulanish moduliga beriladi. Agar bu mumkin bo‘lmasa, u holda signallarga ishlov berish to‘xtatiladi. Agar bu mumkin bo‘lsa, u holda signal demultipleksorga qaytariladi, undan ikkita raqamli signallar to‘plami mos dekoderlarga (video va audio) beriladi. Video va audio signallarni saqlash va keyingi berish uchun transport oqimi xotirasi ishlatiladi.
MPEG-2 standarti videodekoderi videosignallarni EY yorqinlik va EG, ER va EV ranglilik signallariga o‘zgartiradi. Video OXQ katta xotirasi bir necha kadrlar haqidagi ma’lumotlarni bir vaqtda saqlash uchun zarur bo‘ladi.
Raqamli EY yorqinlik va EG, ER va EV ranglilik signallari PAL koderiga beriladi, u bu signallarni to‘liq analog televizion signalga o‘zgartiradi. Bu signal keyin UYuCh-modulyatorga beriladi.
Ovoz kanali MPEG dekoderga ega bo‘lib, u ovoz signalini uzatkichdagi kodlashdagi kabi qoidalar bo‘yicha dekodlaydi. Ovoz koderi chap (L) va o‘ng (R) analog ovoz kanallarini shakllantiradi. Ovoz signallari audio OXQ ularni xotirada saqlash uchun zarur va ovoz hamda tasvirni sinxronlashtirishni ta’minlash uchun kechiktirishni hosil qiladi. Kechiktirish videosignallarga ishlov berish ovoz signallariga ishlov berishga qaraganda ko‘p vaqtni olish tufayli zarur bo‘ladi.
Har ikkala kanallar ovoz signallari qo‘shuvchi kuchaytirgichga beriladi, bunda UYuCh-modulyatorga beriladigan mono ovoz signali hosil qilinadi. UYuCh-modulyatordan signal oddiy TV atennalar kirishiga berilishi mumkin.
A bonentlar raqamli qurilmasining ishlash prinsipini chuqurroq tushunib olish uchun kanal dekoderini (yana tashqi interfeys deyiladi) atroflicha ko‘rib chiqamiz. Analog TVga raqamli qurilmaning asosiy qismlaridan biri bo‘lgan kanal dekoderining tuzilish sxemasi 15.6-rasmda keltirilgan.

15.6-rasm. Kanal dekoderining tuzilish sxemasi


Kanal dekoderi tarkibiga kiradigan kanallar selektorida (tyunerda) kirish modulyatsiyalangan YuCh signal geterodin signali bilan aralashtiriladi. Geterodin kuchlanish bilan boshqariladigan past quvvatli generator hisoblanadi. Buning natijasida kanallar selektorining chiqishida I va Q kvadraturali tashkil etuvchilar signallaridan iborat modulyatsiyalangan OCh signal shakllanadi. Raqamli OCh demodulyatorga uzatish uchun I va Q kvadraturali tashkil etuvchilarni ARO‘ yordamida raqamli shaklga o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Raqamli OCh demodulyator COFDM demodulyatori mikrosxemasi hisoblanadi. Demodulyator tizim mikrokontrolleri orqali I2C raqamli shina bo‘yicha boshqariladi va dasturlanadi. U kirish signalining quvvatini baholaydi va kanallar selektorini ishlashini KAR sxemasi orqali boshqaradi. Bir vaqtda demodulyator boshqarish sxemasi orqali selektor geterodining chastotasini o‘zgartiradi.





Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling