Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti
Download 1.75 Mb.
|
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)
1288XK1T raqamli qabul qilgichning imkoniyatlaridan ayrimlarini sanab o‘tamiz:
– 16-razryadli signallarga ishlov berish uchun 4 ta mustaqil kanallarning mavjudligi; – har bir kanalda kirish ma’lumotlari oqimi tezligi 100 MGs gacha; – ko‘plab ARO‘ turlari bilan moslashuvchanlik; – ham haqiqiy, ham kompleks signallarga ishlov berish uchun mikrosxema ichki tuzilmasini tez sozlash imkoniyati. Mikrosxema diskretlashtirish chastotasini kamaytirish uchun CIC-filtrlar, har bir kanalda 64 tartibli ikkitadan KIX-filtrlarga, kvadraturali signallarni olish uchun raqamli geterodinlar va ma’lumotlarni o‘qish uchun qulay chiqish interfeysiga ega. Filtrlar koeffitsientlari, har bir kaskadning detsimatsiya koeffitsientlari, chipning ichida ma’lumotlarni marshrutlashtirish va boshqa ko‘plab parametrlar dasturiy beriladi. Bularning barchasi 1288XK1T mikrosxemani va uning o‘xshashlarini eng turli raqamli qabul qilish tizimlarida qo‘llash uchun qulay qiladi. Signallarga yakuniy ishlov berish, ma’lumotlarni dekodlash, dekodlangan bitli oqimga ishlov berish va yuqoriroq darajali protokollarning ishlatilishi uchun raqamli signallar protsessorlari ishlatiladi. Diskretlashtirishdan keyin talab qilinadigan kanalni ajratish masalasi raqamli filtrlar yordamida hal etiladi, ular doimiy sonlar to‘plami – filtr koeffitsientlari hisoblanadi, ularning soni va qiymati raqamli filtrning ko‘rinishi va xarakteristikasining tikligini aniqlaydi. Raqamli filtrlar ikkita asosiy norekursiv (KIX-filtrlar) va rekursiv (BIX-filtrlar) filtrlar sinflariga bo‘linadi. KIX-filtrlar rekursiv filtrlarga qaraganda ularning barqarorligi, kvantlash samaralariga kam uchrashi va chiziqli fazaviy xarakteristikani olish imkoniyatidan iborat ma’lum afzalliklarga ega. Shunga ko‘ra, raqamli radioqabul qilish qurilmalarida aynan norekursiv filtrlar keng qo‘llanadi. Analog aktiv va passiv filtrlarni ishlab chiqish uchun bo‘lgani kabi raqamli filtrlarni loyihalashtirish uchun turli xil dasturiy vositalar qo‘llanadi. Filtrning koeffitsientlarini hisoblash uchun ishlab chiquvchidan koeffitsientlarni hisoblash algoritmlari va usullarini bilish emas, balki faqat filtrga talablarni aniqlash talab qilinadi. Diskret filtrlarni loyihalashtirish uchun Matlab paketi keng qo‘llanadi, chunki u turli usullarda, turli oraliqlar qo‘llanishi bilan va boshqalar orqali filtrni hisoblashni amalga oshirishga imkon beradi. Bundan tashqari, filtrning koeffitsientlarini hisoblash uchun Filter design and analysis tool (FDA Tool) ilovasining ham komandalar satrini, ham grafik interfeysni ishlatishga imkon beradi. Hisoblashdan keyin filtrning koeffitsientlari mos dasturda keyingi foydalanish uchun zarur formatdagi faylda saqlanadi, lekin Matlab paketining imkoniyatlariga yana Simulink ilovasi yordamida raqamli tizimda filtrning ishlashini modellashtirish va qo‘llanadigan yig‘ish jamlanmalariga yuklash ham kiradi. Analog filtrlarga qaraganda raqamli filtrlar quyidagi afzalliklarga ega: – analog filtrlar uchun mumkin bo‘lmaydigan xarakteristikalarni (ham AChXning tikligi, ham FChXning chiziqliligini) olish imkoniyati. Tartibini oshirish faqat matematik operatsiyalar soni oshirishga olib keladi, shunday ekan filtrning tartibi faqat raqamli tizimning tezkorligi bilan cheklanadi; – raqamli filtrlar eskirish va parametrlar harorat bo‘yicha dreyfi ta’siriga uchramaydi; – raqamli filtrlar sonlar - koeffitsientlar to‘plami hisoblanishi tufayli xarakteristikani o‘zgartirish uchun koeffitsientlar to‘plamini o‘zgartirish yetarli bo‘ladi, bu adaptiv filtrlarning yaratilishini mumkin qiladi; – raqamli filtrlar ham past chastotali, ham yuqori chastotali signallar bilan ishlay olishi mumkin. Yakun yasash bilan, ta’kidlash kerakki, signallarga raqamli ishlov beriladigan radioqabul qilish qurilmalarining paydo bo‘lishi raqamli texnikani rivojlanishining mantiqiy davomi bo‘lib qoldi. Signallarga raqamli ishlov berishdan foydalanish radiosignalni raqamli modulyatsiyalash usullari qo‘llanishi bilan radiokanallar bo‘yicha ma’lumotlarni yuqori tezlikli almashlash tizimlarini ishlab chiqishga imkon berdi. Raqamli ishlov berish ishlatiladigan qabul qilish bosqichiga bog‘liq ravishda ham uncha qimmat bo‘lmagan, qulay va kam iste’mol qiladigan qurilmalardan to kristalldagi tizimlargacha, ham tanlovchanlik, dinamik diapazon, sezgirlik va boshqa parametrlar bo‘yicha qat’iy talablarga javob beradigan qurilmalarni olish mumkin, bunga qabul qilish traktining analog va raqamli qismlarini to‘g‘ri birgalikda olish bilan erishiladi. Ehtimoli kattaki, istiqbolda “raqamli” qabul qilishning rivojlanishi diskretlashtirish va ishlov berish tezliklarini oshirish yo‘li bo‘yicha boradi, bu yanada keng chastotalar diapazonini qamrab olishga imkon beradi va bunda qabul qilgichning tuzilmasida analog sxemotexnikaning ulushi kamayadi. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling