Qabul qildi: Jamolova g qarshi 2023-yil 1-Mavzu: Nosimmetrik dk sxemasi Reja


Download 97.79 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi97.79 Kb.
#1377278
Bog'liq
Elektronika 1-mustaqil ish


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI




KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
KI 12-21 GURUH TALABASINING

Elektronika va sxemalar 2
FANIDAN

1-Mustaqil ishi

Bajardi: Shonazarova M

Qabul qildi: Jamolova G
Qarshi 2023-yil
1-Mavzu:Nosimmetrik DK sxemasi
Reja:
1.Nosimmetrik DK sxemasi
2.DK asosiy parametrlari
Zamonaviy DKlarda SSSKning qiymati odatda 60÷100 dB orasida bo‘ladi.
DKning keyingi asosiy parametri uning dinamik diapazonidir. Dinamik diapazon deganda kuchaytirgich kirishidagi maksimal va minimal signallar amplitudalari nisbati tushuniladi
.
Minimal signal DKning xususiy halaqitlari bilan, maksimal signal esa, signal shaklining buzilishlari bilan chegaralanadi. Nochiziqli buzilishlar signal ta’sirida tranzistor to‘yinish yoki berk rejimga o‘tganda hosil bo‘ladi.
Hisoblar ko‘rsatishicha, ruxsat etilgan maksimal kirish signali dan katta bo‘lishi mumkin emas. Bu yerda, rE – EO‘ning differensial qarshiligi; IE – sokinlik rejimidagi emitter toki. rE = 50 Om va IE = 12 mA bo‘lganda φ= 50 mV. Amalda signal buzilishlari katta bo‘lmasligi uchun kirish signali amplitudalari 0,5·φT atrofida bo‘lmog‘i kerak. Gap shundaki, φTga yaqinlashgan sari, emitter toki, u bilan birgalikda, rE qarshilik qiymati va kuchaytirish koeffitsiyenti juda sezilarli darajada o‘zgaradi.


DK asosiy parametrlari.


Turli modifikatsiyali DKlar o‘zlarining aniqlik parametrlari bilan xarakterlanadilar.
Shunday parametrlardan biri bo‘lib nolning siljish kuchlanishi USIL xizmat qiladi. DK chiqishida nolga teng kuchlanish olish uchun kirishga beriladigan kuchlanish qiymati siljituvchi kuchlanish deb ataladi. Gap shundaki, yelkalar assimmetriyasi hisobiga kirishda signal bo‘lmagan holda, chiqishda qandaydir kuchlanish paydo bo‘ladi. Bu kuchlanish signal sifatida qabul qilinishi mumkin. Turli DKlarda USIL qiymati 30÷50 mV bo‘lishi mumkin. USIL ning temperaturaga bog‘liqligini e’tiborga olish zarur. Bu bog‘liqlik temperatura sezgirlik εU=0,05-70 mV/0S bilan ifodalanadi.
DKning yana bir aniqlik parametri – siljitish toki ΔISIL dir. U kirish toklari ayirmasidan iborat. Parametrning an’anaviy qiymatlari mikroamperlardan nanoamper ulushlarigacha bo‘ladi. Siljish toki signal manbai qarshiligi RG orqali o‘tib, unda yolg‘on signal hosil qiladi. Masalan, agar ΔISIL= 20 nA va RG= 100 kOm bo‘lsa, ΔISIL · RG =2 mV ni tashkil etadi.


Download 97.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling