Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Burchakli modulyatsiyalashli radiouzatkichlar


Download 1.75 Mb.
bet22/81
Sana20.10.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1712072
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

5.3. Burchakli modulyatsiyalashli radiouzatkichlar
Burchakli modulyatsiyalashda uzatiladigan signal ω chastotani yoki φ boshlang‘ich fazani o‘zgartiradi, amplituda o‘zgarmas qoladi. Mos ravishda chastotaviy va fazaviy modulyatsiyalashga bo‘linadi. Bunday deyilishiga sabab garmonik tebranishning Ψ(t) = ωt + φ to‘liq fazasi fazaviy burchakning joriy qiymatini aniqlaydi.
Burchakli modulyatsiyalash odatda uzatiladigan ma’lumotlarning yuqori ishonchliligini ta’minlash talab qilinganida qo‘llaniladi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, burchakli modulyatsiyalashli tizimlar amplitudaviy modulyatsiyalashli tizimlarga qaraganda oshirilgan halaqitbardoshlikka ega.
Yuqori halaqitbardoshligi tufayli burchakli modulyatsiyalash turli chastotalar diapazonlari quyi radioaloqa tizimlarida, O‘QT diapazonidagi radioeshittirishda, televizion uzatish ovozni uzatishda, yer usti to‘g‘ri ko‘rinish radioreleli aloqada, troposferali va kosmik aloqada qo‘llanadi. Bundan tashqari, burchakli modulyatsiyalash radiotelemetriya, radioboshqarish tizimlarida, ayrim radionavigatsiya va radiolokatsiya tizimlarida qo‘llanadi. Hozirgi vaqtda telegraf signallari va raqamli ma’lumotlar asosan chastotaviy va fazaviy manipulyatsiyalash yo‘li bilan uzatilmoqda. Ma’lumki, burchakli modulyatsiyalash AMga qaraganda eng yaxshi halaqitbardoshlik va yuqori energetik xarakteristikalarni ta’minlaydi, lekin buning uchun unga zarur katta chastotalar polosasi talab qilinadi.
Umumiy holda modulyatsiyalovchi signal murakkab shaklga ega va uzatkichda bo‘lib o‘tadigan jarayonlarni tahlil qilish qiyin. Ko‘plab masalalar, agar modulyatsiyalash bitta ton bilan amalga oshiriladi hisoblansa oddiy yechiladi. Bu soddashtirishni e’tiborga olish bilan burchakli modulyatsiyalash signallarini quyidagi ifoda orqali beramiz:


u(t) = Um cos(ɷ0t + msinΩt) (5.5)

bu yerda - modulyatsiyalovchi signal chastotasi;


m - modulyatsiyalash indeksi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling