Chastotaviy modulyatsiyalash. Agar ɷ0 o‘rtacha qiymatdan ∆ɷ chastota deviatsiyasi (og‘ishi) UΩ kuchlanishga proporsional bo‘lsa va Ω chastotaga bog‘liq bo‘lmasa, ya’ni agar m modulyatsiyalash indeksi UΩ kuchlanishga proporsional bo‘lsa va Ω chastotaga teskari proporsional bo‘lsa modulyatsiyalash chastotaviy modulyatsiyalash (ChM) deyiladi. Shunday qilib, ChM uchun quyidagiga ega bo‘lamiz:
m = kUΩ/Ω = ∆ɷ /Ω (5.6)
bu yerda k – proporsionallik koeffitsienti.
ChM uchun chastotaning oniy qiymatini vaqt bo‘yicha hosila sifatida topamiz:
ɷ = dφ/dt = d[ɷ0t + ∆ɷsinΩt/Ω]dt = ɷ0 + ∆ɷcosΩt, (5.7)
Bu ifodalardan ko‘rinadiki, modulyatsiyalovchi signalning o‘zgarmas amplitudasida ChMda chastota deviatsiyasi o‘zgarmas (5.9- rasm) bo‘ladi.
ChM radioeshittirishda (UQT diapazonida) ovoz signallarini uzatishda, televizion dasturlar ovozini yuqori sifatda uzatishda, SECAM televizion standartida rang signallarini uzatishda va boshqalarda keng qo‘llaniladi.
5.9- rasm. ChM signalni hosil bo‘lishi
ChM radioeshittirishda (UQT diapazonida) ovoz signallarini, televizion dasturlar ovozini yuqori sifatda uzatishda, SECAM televizion standartida rang signallarini uzatishda va boshqalarda keng qo‘llaniladi.
Fazaviy modulyatsiyalash (FM, ingl. phase modulation - PM). Fazaviy modulyatsiyalashda o‘zgarmas tashuvchi chastotalar tebranishlari fazaviy burchagi ωo qiymati s(t) modulyatsiyalaydigan signal amplitudasiga proporsional bo‘ladi (5.10- rasm).
Mos ravishda FM – signal tenglamasi quyidagicha aniqlanadi:
u(t) = Um cos[ωo t + k× s(t)] , (5.8)
bu yerda k – proporsionallik koeffitsienti. Bitta tonal FM – signalga misol 5.10-rasmda keltirilgan.
5.10- rasm. FM signalni hosil bo‘lishi
Do'stlaringiz bilan baham: |