Muhammad al-xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg`ona filiali
Download 222.64 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar 1.
- Javoblar 1.
- 3. Garvard arxitekturasi
- 4 . Kompyuter ishlashi uchun asosiy qurilmalar bular: 1.
Muhammad AL-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg`ona filiali O’qituvchi: Raxmatova Gavharoy O’quvchi:Solijonov Boburbek Guruh:612-18 Amaliy mashg’ulot №1. Mavzu:Kompyuter tuzilmasini tashkillash. Savollar 1. Kompyuter arxitekturasi nima va uning asosiy tuzlmasi qanday? 2. Jon Neyman prinsiplari haqida ma’lumot bering. 3. Garvard arxitekturasi qanday? Klassik arxitektura bilan farqi nimada? 4. Kompyuter ishlashi uchun minimal qurilmalarni sanab o’ting (mavzuda keltirilgan qurilmalardan tanlang). Javoblar 1.Kompyuter arxitekturasi- uning tuzilishi va asosiy elementlari - mantiqiy tugunlarning o'zaro ta'sir printsiplari bo'lib, ular orasida asosiylari protsessor, ichki xotira (asosiy va operatsion), tashqi xotira va axborotni kiritish-chiqarish qurilmalari (periferik) hisoblanadi (1-rasm). 2. Fon Neyman printsiplari. 1.Xotiraning bir xilligi printsipi. Buyruqlar ustida ham xuddi ma'lumotlar kabi bir xil amallarni bajarish mumkin. 2. Xotiraning adreslanganligi printsipi. Asosiy xotira tizimli ravishda raqamlangan yacheykalardan iborat; har qanday yacheykalardan istalgan vaqtda protsessor foydalanish imkoniga ega. Demak, xotira maydonlariga nomlarni berish orqali, ularda saqlangan qiymatlarga keyinchalik murojat qilish yoki berilgan nomlar yordamida dasturni bajarish paytida o'zgartirish mumkin. 3. Dasturni ketma-ket boshqarish printsipi. Dastur protsessor tomonidan avtomatik ravishda ma'lum bir ketma-ketlikda bajariladigan buyruqlar to'plamidan iborat. 4. Arxitektura qat'iyligi printsipi. Topologiya, arxitektura, buyruqlar ro'yxati ishlashi paytida o'zgarmaslik. 3. Garvard arxitekturasi- Dasturlar xotirasi CSEG (ingl. Code Segment) va ma’lumotlar xotirasi DSEG (ingl. Data Segment) o’zaro ajratilgan hamda har biri o’zining manzilli bo’shlig’i va kirish usullariga ega bo’lgan tarzda yaratilgan tuzilish Garvard arxitekturasi deb ataladi .(shunday arxitekturani yaratish taklifini kiritgan Garvard Universiteti laboratoriyasining nomi berilgan). Ushbu arxitektura nisbatan murakkab bo’lib, qo’shimcha boshqaruv signallarini talab qiladi. Biroq, u axborot bilan ancha uddaburon harakatlar bajarish, ixcham kodlashtiriladigan mashina komandalari to’plamini joriy etish va qator hollarda mikroprotsessor ishini jadallashtirish imkonini beradi. Intel firmasining MCS-51 oilasiga mansub mikrokontrollerlar mulohaza yuritilayotgan arxitekturalarning bir vakili sanaladi. 4.Kompyuter ishlashi uchun asosiy qurilmalar bular: 1. Sistemali blok - shaxsiy kompyuterning ichki qismlarini tashqi ta'sirlardan va mexanik shikastlanishlardan himoya qiladigan, tizim bloki ichidagi kerakli harorat rejimini saqlaydigan, ichki komponentlar tomonidan hosil bo'lgan elektromagnit nurlanishni himoya qiladigan funktsional element. 2. Monitor, displey - barcha turdagi ma'lumotlarni visual ravishda ko’rsatib beradi. 3. Klaviatura - foydalanuvchidan kompyuterga ma'lumot kiritish uchun asosiy qurilmalardan biri.(bu bo’lmasa bo’maydi nega – chunki kopyuterda klaviatura bo’lmasa undan foydalanib bo’lmaydi) 4. "sichqoncha" manipulyatori - kompyuter bilan foydalanuvchi interfeysini ta'minlovchi ko'rsatuvchi kirish qurilmalaridan biri.(ko’pchilik bu qurilmani unchalik zarir emas deb o’ylashadi lekin ushbu qurilma foydalanish menimcha qiyin.) Download 222.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling