Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114
Izotrop 
nurlantirgich. 
Izotrop 
nurlantirigchi 
deganda 
elektromagnit energiyani barcha tomonlarga bir tekis va bir xil 
nurlantiradigan qurilma tushuniladi. Lekin amalda yo‘naltirilmagan 
nurlantirgichlar mavjud emas. Har bir uzatish antennasi, hatto eng 
oddiylari energiyani notekis nurlantiradi va maksimum energiya 
nurlantiriladigan yo‘nalish doimo mavjud bo‘ladi. 
Eng oddiy yoki elementar nurlantirgich simning istalgan 
nuqtasidagi amlitudasi va fazasi bir xil bo‘lgan elektr toki oqib 
o‘tadigan, to‘lqin uzunligiga qaraganda juda qisqa simdan tashkil 
topgan elektromagnit elektr vibrator hisoblanadi. Elementar 
vibratorning amaliy modeli Gers dipoli hisoblanadi. Gers dipoli 
nurlanishi maydoning tuzilmasi dipolga perpendikulyar bo‘lgan to‘g‘ri 


22 
chiziqda yotadigan nuqtada maksimumga ega bo‘ladi. Dipol bo‘ylab 
maydon nolga teng bo‘ladi. 
Simmetrik vibrator. Bir xil uzunlikdagi ikkita o‘tkazgichlardan 
tashkil topgan bo‘lib, ular orasiga antenna bilan uzatkichni ulaydigan 
ta’minot liniyasi – fider ulanadi. 
Ko‘pincha l uzunlikni yarmiga teng λ uzunlikli yarim to‘lqinli 
vibrator deyiladigan simmetrik vibratorlar qo‘llaniladi (1.9a- rasm). 
Antennalarning simlari uchlaridan toklar va kuchlanishlarning 
qaytishi tufayli simlar bo‘ylab tok va kuchlanishlar turg‘un to‘lqinlari 
hosil bo‘ladi. 
Yarim to‘lqinli vibrator bo‘ylab tok va kuchlanishlarning yarim 
to‘lqini, vibrator bo‘ylab to‘lqin uzunligiga – 1.9b- rasmdagi tok va 
kuchlanishlarning to‘lqiniga o‘rnatiladi. Lekin istalgan holda uchlarda 
tok tuguni va kuchlanishning tutamligi o‘rnatiladi. 
1.9- rasm. Simmetrik vibratorlar 
Antennalarning asosiy xarakteristiklari. Antennalarning 
yo‘naltirilganligi amplitudaviy xarakteristikasi. Antennalarning 
yo‘naltirilganlik xarakteristikalarini yo‘naltirilganlik amplitudaviy 
xarakteristikasi, ya’ni masofa o‘zgarmas bo‘lganida kuzatish 
nuqtasida antenna nurlantiradigan E(q, j) maydon kuchlanganligiga 
bog‘liqlik orqali aniqlash qabul qilingan. Yo‘naltirilganlik 
amplitudaviy xarakteristikasining grafik tasvirlanishi yo‘naltirilganlik 
diagrammasi deyiladi, u uzunligi har bir yo‘nalishda F(q, j) 
funksiyaga proporsional bo‘lgan koordinatalar boshida chiqadigan 
radius-vektor 
orqali 
tavsiflanadigan 
sirt 
ko‘rinishida 


23 
tasvirlanadi.Yo‘naltirilganlik diagrammasi ham qutbiy (1.10a- rasm), 
ham to‘g‘ri burchakli (1.10b- rasm) koordinatalar tizimlarida quriladi. 
1.10- rasm. Antennalarning yo‘naltirilganlik diagrammalari 
Antennalarning maksimal nurlantirishi yo‘nalishi bosh yo‘nalish 
deyiladi. Unga mos yaproqcha esa bosh yaproqcha deyiladi. Qolgan 
yaproqchalar yon yaproqchalar deyiladi. Antenna qabul qilmaydigan 
va uzatmaydigan yo‘nalishlar yo‘naltirilganlik diagrammalari nollari 
deyiladi. 
Bosh yaproqcha q
0,5
yarim quvvat bo‘yicha kenglik va q

nollar 
bo‘yicha kenglik orqali xarakterlanadi. q
0,5 
kenglik yo‘naltirilganlik 
diagrammasidan (YD) 0,707 sathda aniqlanadi, u 0,5 sathdagi quvvat 
va 0,707 sathdagi maydon kuchlanganligi quyidagi nisbat orqali 
bog‘lanishidan kelib chiqish bilan olingan: 
R
0,5 
/ R
max
= E
2
0,707 
/ E
2
max 
= 0,5 
Yo‘naltirilgan ish koeffitsienti (YIK) antennaning nurlantirilgan 
elektromagnit nurlanishni qandaydir yo‘nalishda jamlash qobiliyatini 
xarakterlaydi. U antenna bu yo‘nalishda nurlantiradigan quvvat 
oqimining zichligini barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rtachalashtirilgan 
quvvat oqimining zichligiga nisbati hisoblanadi. Boshqacha aytganda, 
YIKni aniqlashda antenna ko‘rib chiqiladigan antennadagi o‘sha 


24 
quvvatni 
nurlantiradigan 
tasavvur 
qilinadigan, 
absolyut 
yo‘naltirilmagan yoki izotrop antenna bilan taqqoslanadi. 
Aperturali antennalar uchun
K
yi
 = 4p K
sfk
 S
a
 / l 
2
 , 
bu yerda K
sfk
– nurlantirish sirtidan foydalanish koeffitsienti; 
S
a
– antennaning ochilish maydoni. 
Ko‘plab RRL va sun’iy yo‘ldoshli uzatish tizimlari antennalarida 
vertikal tekislikdagi yarim quvvat bo‘yicha YD kengligi taxminan 
gorizontal tekislikdagi digrammaning kengligiga teng bo‘ladi. 
Real antennaning FIKini baholash uchun antennaning KK 
kuchaytirish koeffitsienti tushunchasi kiritiladi, u quyidagi munosabat 
orqali aniqlanadi: 
G = h
a
K
yi

bu yerda h 

R
S
 / R
0
– antennaning FIKi; 
R
S
– antenna nurlantiradigan quvvat; 
R
0
– antennaga beriladigan quvvat. 
Antennaning kuchaytirish koeffitsienti qabul qilish nuqtasida 
maydon kuchlanganligi o‘zgarmas qolishi uchun 1 ga teng FIKli 
izotrop nurlantirgichga beriladigan quvvatga qaraganda antennaga 
beriladigan quvvatni necha marta kamaytirish kerakligini ko‘rsatadi. 
Detsimetrli va santimetrli to‘lqinlar diapazonlarida h

>> 1
shuning uchun G = K
yi

HIK himoya ishi koeffitsienti yoni yo‘nalishlarda qabul qilingan 
signallarni antennaning kuchsizlantirishi darajasi xarakteristikasi 
uchun kiritiladi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: 
K
hi 
G
max 
/ G
yon

bu erda G
max 
va G
yon
– antennaning YD bosh yaproqchasi yo‘nalishida 
va yon yo‘nalishda kuchaytirish koeffitsientlari. 
Nurlanish qarshiligi. Antennaning R
nurl
nurlanish qarshiligi bu 
qarshilik o‘lchamiga ega bo‘lgan va R
nurl
nurlantiriladigan quvvatni 
antennaning qandaydir kesimidan oqib o‘tadigan I
A
tok bilan 
bog‘laydigan ko‘rsatkich hisoblanadi: 


25 
R
nurl
R
nurl
 / I 
A
2
Antennaning uzunligi bo‘yicha tok va kuchlanishlar notekis 
taqsimlangan, u holda R
nurl
qiymatini yaxlitlash uchun ko‘p hollarda 
nurlantiriladigan quvvat tokning maksimal amplitudasi kvadratiga 
yoki antennaning chiqish uchlaridagi tokning kvadratiga bo‘linadi. 
R
nurl
qiymat antennaning o‘lchamlari va to‘lqin uzunligi 
orasidagi nisbatlarga, antennaning shakllariga va boshqa omillarga 
bog‘liq bo‘ladi. Yakkalashtirilgan simmetrik vibratorning uzunligini

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling