Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


MIMO ko‘p antennali tizimlarini qo‘llash


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114
MIMO ko‘p antennali tizimlarini qo‘llash. LTE tizimlarida 
bir necha qabul qilish va uzatish antennalari bilan ishlash rejimlari 
ko‘zda tutilgan. Bunday tizimlarning ishlashi ikkita tamoyillar – 
fazoviy zichlashtirish tamoyili bo‘yicha va fazoviy-vaqt bo‘yicha 


117 
kodlash tamoyili bo‘yicha tashkil etilishi mumkin. 
Birinchi tamoyilning ma’nosi shundan iboratki, turli uzatish 
antennalari axborot simvollari blokining turli qismlarini yoki turli 
axborot blaklarini uzatadi. Ma’lumotlarni uzatish ikkita yoki to‘rtta 
antennlar orqali parallel olib boriladi. Qabul qilish tomonida turli 
antennalar signallarini qabul qilish va ajratish amalsha oshiriladi va 
maxlumotlarni maksimal uzatish tezligi ikki yoki to‘rt martta ortishi 
mumkin. 
Fazoviy-vaqt bo‘yicha kodlash tamoyili bo‘yich qurilgan 
tizimlarda barcha uzatish antennalaridan o‘sha bir ma’lumotlar oqimi 
eng yaxshi qabul qilish sifatini ta’minash maqsadlarida oldindan 
kodlash sxemalaridan foydalanish orqali uzatish amalga oshiriladi. 
Masalan, ikkita uzatish antennalaridan signalni shakllantirishda 
OFDMA-signal nimtashuvchilaridan birini modulyatsiyalaydigan 
kompleks modulyasion simvollar oqimi toq (x1) va juft (x2) 
simvollarga bo‘linadi, ya’ni bu modulyasion simvollar bitta 
nimtashuvchiga, lekin turli OFDMA-simvollarga mos keladi. 
LTE tarmoqlaridagi xizmatlar. Yanada ko‘p xilma-xil 
xizmatlarni 
taqdim 
etilishini 
ta’minlaydigan yangi tarmoq 
texnologiyalarini 
rivojlantirish 
jahon 
telekommunikatsion 
hamjamiyatiga xizmatlar sifati va ularni boshqarish tizimi 
masalalariga aloqa xizmatlarini taqdim etish raqobat bozorini samarali 
rivojlantirishning eng muhim yo‘laridan biri sifatida qarashga 
majburlaydi. 
 Aloqa xizmatlar sifati (QoS, Quality of Service) tushunchasi 
Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan rasman E.800 tavsiyalarida 
(yana umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlari va integral xizmat 
ko‘rsatish raqamli tarmoqlariga qo‘llaniladigan) tasdiqlangan va 
foydalanuvchilarni 
aloqa 
xizmatlaridan 
qoniqishi 
darajasini 
aniqlaydigan xizmat ko‘rsatish parametrlaridan yig‘indi samara 
sifatida tushuniladi. 
Sifatni boshqarish tizimi bu xizmatlar sifatini o‘rnatilgan 
talablarga mos kelishini ta’minlaydigan parametrlar va mexanizmlar 
birligi hisoblanadi. Bunday tizimni kiritilishidan maqsad xizmatga 
talabni oshirish uchun taqdim etilgan xizmatdan foydalanuvchini 
qoniqishini maksimallashtirish hisoblanadi. 
Mobil 
aloqa 
tarmoqlarida 
sifatni 
boshqarish 
tizimini 
rivojlantirishni 
boshlanishini 
ma’lumotlarni 
paketli 
uzatish 
imkoniyatili modifikatsiyalangan GSM/GPRS tarmoqlari uchun 


118 
mo‘ljallangan mos Rel’97/98 reliz chiqarilgan 1997 yilni belgilash 
kerak bo‘ladi. Xizmatlar sifatini ta’minlash asosida bo‘lishi mumkin 
xizmatlar va ularni taqdim etish usullariga nisbatan foydalanuvchi 
yoki 
terminalning 
joriy 
holatini 
tavsiflaydigan 
parametrlar 
to‘plamidan iborat bo‘lgan PDP-nimmatn (PDP, Packet Data 
Protocol) tushunchasi yotadi. FTni bazaviy paketli tarmoq bilan 
ulashda IP-paketlarni FTlar va turli tarmoq tugunlari orasida uzatish 
uchun mantiqan aloqani o‘rnatish maqsadida to‘g‘ri va teskari 
yo‘nalishlarda PDP-nimmatnni aktivlashtirish bo‘lib o‘tadi. 
Dastlab Rel’97/98 relizga muvofiq bitta terminalga bitta PDP-
manzilga bitta PDP-nimmatnga ega bo‘lishga ruxsat etildi. Keyin 
uchinchi avlod mobil tarmoqlari konsiepsiyasini ishlab chiqishda 
yangi 
talablarni 
ta’minlash uchun PDP-nimmatnning yangi 
konsepsiyasi, aynan bitta PDP-manzilga xizmat ko‘rsatish sifati o‘z 
profillariga ega bo‘lgan bir necha PDP-nimmatnlardan foydalanish 
imkoniyati rivojlantirildi. Bunda mos PDP-manzil uchun ochiladigan 
birinchi PDP-nimmatn birlamchi nimmatn, o‘sha i PDP-manzil uchun 
ochilgan keyingi PDP-nimmatnlar esa ikkilamchi nimmatnlar 
deyiladi. Lekin ikkilamchi PDP-nimmatnlarning ishlatilishi ular 
birlamchi PDP-nimmatn APN tarmog‘iga ulanish nuqtasi bilan 
bog‘lanishini talab qiladi.
Bunday boshqarish tuzilmasini qurishning asosiy g‘oyasi PDP-
nimmatn 
parametrlariga 
muvofiq 
xizmat 
ko‘rsatish sifatini 
darajalashtirish hisoblanadi. Shunday qilib, abonentning bitta PDP-
nimmatnni birga ishlatadigan barcha ilovalari bir xil xizmat ko‘rsatish 
profiliga ega bo‘ladi. Bir xil xarakteristikalarli bir necha oqimlar 
xizmat ko‘rsatish sifati birgalikdagi profilini hosil qiladi. Uzatiladigan 
paketlarni QoS talablariga muvofiq darajalashtirilgan qayta ishlash 
uchun bitta FTga ham birlamchi, ham ikkilamchi nimmatnlar 
aktivlashtirilishi kerak. PDP-nimmatnlarni tashkil etishga misol
2.19- rasmda keltirilgan. 
Foydalanish xizmatlari bozorining rivojlanishi, avvalo, paketli 
rejimda taqdim etiladigan xizmatlarning ortishiga bog‘liq. SHu bilan 
birga, aytib o‘tilganidek, uchinchi va to‘rtinchi avlod mobil 
tarmoqlarda xizmatlarni uzatish, shu jumladan nutq so‘zlashuvlari 
kanallar kommutatsiyalanishida mavjud emas, nutqni paketli 
uzatilishining ishlatilishi VoIP (Voice over IP) yoki PoC (Push-to-
talk over Cellular) texnologiyalariga asoslanadi. 
Nutqni paketli uzatilishi bilan bir qatorda asosiy xizmatlar 


119 
quyidagilar hisoblanadi: 
- internet fayllarni uzatish (web-browsing); 
- elektron pochtani etkazish; 
- multimediali xabarlar (MMS, Multimedia Messaging Service), 
shu jumladan, multimediali uzatish; 
- oqimli video (streaming); 
- real vaqtdagi interaktiv o‘yinlar. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling