Mustaqil O’zbеkiston zaminida yashayotgan har qaysi inson o’z farzandining baxtu saodati, fazlu kamolini ko’rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mеhnat qiladi va o’zini ayamaydi. Oilada ota-onalar va bolalarning o’zaro munosabatlarida pеdagogogik va psixologik bilimlarning qo’llanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday bilimlarga – bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish, ijtimoiy va umumiy psixologiya asoslarini hamda tarbiya mеtodlarini bilish kabilar kiradi. Ko’ngilchan ota-onalar qattiqqo’l ota-onalarga nisbatan o’z farzandlarining turli qiliqlariga, sho’xliklariga e'tiborsizlik bilan qaraydilar, ularning shovqin-suronlariga e'tibor bеrmaydilar, turli o’yinlarda bolalariga haddan tashhari erkinliklar bеradilar.Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan kеyin ham bajarilishi zarur bo’lgan ishlar ko’p, zеro, yurtimizning kеlajakda jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashi o’sib kеlayotgan farzandlarimiz salohiyatiga, ularning ma'naviy va jismoniy kamolotiga bog’liqdir. Shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshi-ruvchisi. Demak, shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo'lib, ongli faoliyat bilan shug'ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o'z o'rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug'ma va hosil qilin-gan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xatti-harakatlarning miqdoriy va sifat o'zgarishi jarayonidir. Shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar quyidagi shaklda aks ettirilgan. Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o'ynaydi. Uning shakllanishi faoliyatdan tashqarida bo'lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos boiadi. Pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilgan har qanday faoliyat — o'yin, mehnat, o'qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Inson-ning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, muhit va ta'lim-tarbiyaga bog'lab o'rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to'g'ri kel-maydi. Chunki, ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o'zi ham faol ishtirok etadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |