Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


O‘zbekistondagi axborot-kutubxona muassasalarida elektron nashrlardan foydalanishning huquqiy jihatlari


Download 1.96 Mb.
bet14/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

O‘zbekistondagi axborot-kutubxona muassasalarida elektron nashrlardan foydalanishning huquqiy jihatlari

O‘zbekistonda bugungi kunda axborot kutubxonachilik ish jarayonlarini avtomatlashtirish va elektron kutubxonalar yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan axborot muhiti shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilishi elektron ko‘rinishdagi axborotning keng tarqatilishi, undan nusxa ko‘chirishning osonligi, soddaligi va barchaning bu imkoniyatdan foydalana olishi, nafaqat insoniyatning intellektual mehnati mahsuli bo‘lgan asarlar yaratishga, balki raqamli ko‘rinishdagi intellektual mulk oby’ektlarining foydalanuvchilari va mulk egalari o‘rtasidagi ixtiloflarning kelib chiqishiga ham sababchi bo‘lmoqda.


Ko‘pgina universitetlar, axborot-kutubxona muassasalari o‘zlarining elektron resurslarini elektron katalog, to‘liq matn ko‘rinishidagi ma’lumotlar bazasi, multimedia ko‘rinishida shakllantirmoqda. Jurnal maqolalari, kitoblar, boshqa turdagi asarlarni kiritayotganda ko‘p hollarda mualliflik huquqlari bilan bog‘liq savollar tug‘iladi. O‘z asarining elektron formatda Internet yoki lokal tarmoq orqali ochiq foydalanilishiga yoki sotilishiga muallif rozimi? O‘qituvchi o‘z ma’ruzalarini universitet yoki maktab elektron kutubxonasiga taqdim etishni xohlaydimi? Ma’lumot bazalarimizga xorijiy mualliflarning yoki noshirlarning roziligisiz elektron darsliklar, maqolalar va shu kabilarni kiritilishi to‘g‘rimi?
Mazkur muammo bugungi kunda, nafaqat, elektron resurslarni shakllantirish ishlarini endi boshlayotgan mamlakatlarda dolzarb. Shuni ta’kidlash joizki, xorijiy matbuot va axborot vositalarida rivojlangan mamlakatlardagi mualliflik himoyasi masalalari bilan bog‘liq sud jarayonlari haqidagi maqolalar tez-tez ko‘zga chalinmoqda. Ko‘plab mualliflar global axborot makonida o‘zlarining huquqlari borasida fikrlarini bildirmoqdalar.
Asarlarni elektron taqdim etishning xilma-xilligi, axborotni tarqatishda Internet va telekommunikatsiya vositalarining ulkan imkoniyatlari o‘z navbatida asar yaratuvchilari uchun mualliflik huquqini himoya qilish muammosini yuzaga keltirdi. Shu munosabat bilan elektron resurlarni shakllantiruvchi axborot-kutubxona muassasalari va boshqa muassasalar mazkur resurslarning mualliflik huquqlari himoyalanganligi, ulardan foydalanish huquqiga qanchalik ega ekanliklari, respublikamizda mazkur masalaga qaratilgan hukumat qarorlari va qonunning mavjudligiga ahamiyat qaratishlari zarur. Bunda katta mas’uliyat qimmatli elektron fondlarga ega bo‘lgan va yangilarini yaratayotgan axborot-kutubxona muassasalari zimmasiga tushadi.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling