Business Source Complete – o‘z ichiga to‘liq matn va bibliografik ma’lumotlarning keng kolleksiyasini olgan biznesga oid ilmiy ma’lumotlar bazasi. Bu ma’lumotlar bazasi tavsiya etadigan muhim ilmiy jurnallarning ko‘rsatkich va ma’lumotlari 1886-yildan to bugungi kungacha muddatni qamrab oladi. Bundan tashqari, 1300 jurnallarning qidiruv imkoniyatiga ega havolalar berilgan.
Academic Search Premier – ushbu multidissiplinar ma’lumotlar bazasi 4600 dan ziyod jurnallarning to‘liq matnlarini o‘z ichiga oladi. Bulardan, 3900 ga yaqin nomdagilari oldindan retsenziyalangan. 1975 yildan hozirgi vaqtga qadar 100 dan ortiq jurnallarni PDF formatidagi nusxalari shakllantirilgan.
Newspaper Source - kundalik gazetalarning ma’lumot bazalari. Amerika mintaqaviy va xalqaro gazetalarning tanlangan maqolalari to‘liq matnidan, axborot agentliklari obzori (USA today, Christian Science Monitor va Times (London)lardan erkin foydalanishga imkon yaratadi. Ma’lumotlar banki 240 dan ziyod gazeta va boshqa manbalarning to‘liq matnlarini qamrab oladi.
Health Source - Consumer Edition - meditsina va sog‘likni saqlash sohasidagi mutaxassislar, ilmiy xodimlar va ishchilar (xususan hamshiralar) uchun mo‘ljallangan mazmunli axborot resursi hisoblangan ma’lumotlar bazasi.
Masterfile Premier – universal kontentning ko‘p profilli bazasi, ilmiy va ilmiy-ommaviy jurnal nashrlarining bibliografik havolalari, referat va to‘liq matnlaridan foydalanishga imkon yaratadi. Umumiy yo‘nalishdagi fan sohalari bo‘yicha to‘liq matnga ega ma’lumotnomalar, biografiyalar, tasvir, kartalar, bayroqlarning kolleksiyalarini qamrab oladi.
MEDLINE – meditsina bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar bazasi. MEDLINE meditsina bo‘yicha, jumladan, kasallarni parvarish qilish, stomatologiya, veterinariya, sog‘liqni saqlash tizimi va h.k. Bo‘yicha keng qamrovli axborotni o‘z ichiga oladi.
AQSHning Milliy Tibbiy Kutubxonasi tomonidan yaratilgan eng yirik tibbiy jurnallarning bibliografik ma’lumotlar bazasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |