WOS MEDLINE 1990-yildan hozirgi vaqtga qadar AQSHning National Library of Medicine ning asosiy ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. U biologiya fanlari, shu jumladan, ayniqsa, biomeditsina sohasiga oid jurnal maqolalarining 12 milliondan ortiq yozuvlarini taqdim etadi. MEDLINE yozuvlari NLM va hamkorlar tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, to‘liq matnli manbalarga havolalari mavjud.
MEDLINE dagi asosiy manba nashrlari biomeditsina va klinik meditsina tadqiqotlariga oid. Asosiy sohalari:
stomatologiya, veterinariya, farmasevtika, davolash ishi va klinikagacha bo‘lgan fanlar. 1950-yildan to hozirgi vaqtga qadar.
Shuningdek, MEDLINE biomeditsina sohasiga oid amaliyotchi mutaxassislar, tadqiqotchilar uchun zarur bo‘lgan biologiya,
ekologiya, dengiz biologiyasi, o‘simlikshunoslik va zootexnika,
shuningdek, biofizika va ximiyaga oid fanlarni ham qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: