Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Download 1.96 Mb.
bet69/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

SCOPUS
http://www.scopus.com
Scopus ma’lumotlarning analitik bazasi dunyodagi yirik yagona referativ ma’lumotlar bazasini taqdim etib, taxminan 4000 xalqaro nashriyotlarning 20 000 dan ziyod nomdagi ilmiy-texnik va meditsinaga oid jurnallarini indekslaydi. Kundalik yangilanadigan Scopus ma’lumotlar bazasi yetakchi ilmiy nashriyotlar jurnallari birinchi sonining birinchi tomi yozuvlarini ham o‘z ichiga olgan.
Nazorat savollari:

  1. EBSCO information services ma’lumot bazalari qaysi fan sohalarini o‘z ichiga oladi?

  2. Elektron resurslarning eng mashhur ishlab chiqaruvchilari qaysilar?

  3. Oxford University Press nashriyoti resurslarining o‘ziga xos imkoniyatlari qanday?

  4. O‘zbekistonda elektron resurslarni jahon miqyosida ishlab chiqaruvchilarning qaysilari mashhur?

  5. Fundamental fan sohalari bo‘yicha ma’lumot bazalaridan qaysi nashriyotlar foydalanishga imkon beradi?

  6. WOS Thomson Reuters ma’lumot bazalarini jahon nashriyotlari va elektron resurslarning integratorlaridan farqi nima?

  7. Biznes va moliya bo‘yicha axborotlarga qaysi ma’lumot bazalaridan ega bo‘lish mumkin?

  8. Qaysi ma’lumot bazalaridan axborotlashtirish va kutubxonashunoslik bo‘yicha ma`lumotlarga ega bo‘lish mumkin?

  9. ProQuestning qanday spetsefik ma’lumot bazalari mavjud?

  10. Emerald kompaniyasining muhim resurslari haqida ma’lumot bering.

  11. CAMBRIDGE UNIVERSITY PRESS kompaniyasining muhim resurslari haqida ma’lumot bering.

  12. NATURE PUBLISHING GROUP kompaniyasining eng asosiy resurslari haqida axborot bering.

4.KUTUBXONA KONSORSIUMLARI


4.1.Kutubxona konsorsiumlarining maqsad va vazifalari, afzalliklari

Kutubxonalar imkoniyatini birlashtirish ularning individual imkoniyati va faoliyatlariga nisbatan ancha ko‘p narsalarni berishi mumkin. Odatda, konsorsiumlar o‘xshash maqsad va vazifalarga ega bo‘lgan tashkilotlar orasida strategik hamkorlar sifatida shakllanadi va umumiy zaxiralardan birgalikda foydalanishga harakat qiladilar. Ko‘pgina konsorsiumlar elektron axborot zaxiralarini patent olishga (litsenziyalashga) qaratilgan bo‘lishiga qaramasdan, konsorsiumning ko‘pgina boshqa dasturlari va xizmatlari mavjudki, ular konsorsium a’zolarining imkoniyatlarini yetarli darajada oshirishi mumkin. Ma’lum bir konsorsium ko‘radigan foyda asosan konsorsiumning tashkil qilinishiga, dasturga va xizmat ko‘rsatishlariga bog‘liq bo‘ladi. Konsorsium samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:


Hamkorlikni va zaxiralardan birgalikda foydalanishni kengaytirish. Konsorsium ma’lum ishlarini birgalikda bajarilishiga, uning natijasidan samarali foydalanishga, birgalikda malakali tekshiruvlarni amalga oshirishga, har xil zaxiralardan birgalikda foydalanishga imkon beradi. Bu esa quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:

  • Bir xil amallar takrorlanishini oldini olish uchun umumiy harakat, dastur va xizmatlarni yaxshi tashkil qilish;

  • Hamkorlikda tekshiruvlar o‘tkazish va uning natijasidan birgalikda foydalanishga imkon berib, lokal kutubxona boshqaruvini yaxshilash. Bu boshqa holatlar bajarilmasligi yoki vaqtning qisqa oralig‘i uchun zarur bo‘lishligi mumkin;

  • Kutubxonalararo kelishuvlar, o‘zaro qarz berib turishlarni yo‘lga qo‘yish va yig‘ma elektron katalog orqali kutubxona zaxiralaridan birgalikda foydalanishini yaxshilash.

Elektron axborotlarni sotib olishni va umumiy axborot zaxiralari bilan kutubxona boshqaruvini yaxshilash. Konsorsium o‘z a’zolarini sotib olish imkoniyatlarini yetarli darajada oshirib yuborishi mumkin. Bu quyidagilarda ifodalanadi:

  • Xarid qilinadigan axborot birligi narxini pasaytirib, shu narxga yoki kamroq narxga ko‘p miqdordagi axborot (misol uchun, ko‘p miqdordagi jurnallar) bilan ta’minlanish imkoniyati;

  • Kutubxonaning o‘z kuchi bilan erishishiga nisbatan taqqoslaganda elektron axborotlarni standart litsenziyalashning qulay sharoitlari;

  • Konsorsium a’zolarining milliy axborot zaxiralariga xalqaro kirishni kengaytirish;

  • Bosma va elektron kutubxona kolleksiya (ma’lumot bazasi) yaratish va ulardan birgalikda foydalanish uchun qulay boshqaruv;

  • Ancha nozik narx-navo siyosati imkoniyatining kengayishi;

  • Vositachilarsiz, nashriyotlar bilan bevosita ishlash hisobiga xarajatlarni kamaytirish;

  • Alohida kutubxonalar olishi mumkin bo‘lmagan maslahat va yo‘riqnomalar olishning qonuniy shakl va vositalariga kirish imkoniyatini ta’minlashi.




Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling