Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva
Ta’lim va trening xizmatlari ta’minoti
Download 1.96 Mb.
|
JAHON-AXBOROTRESURSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot muhitiga ta’sir
- Texnologik yechimlarning yaxshilanishi
- Kutubxonalarni qo‘llab-quvvatlashning kuchaytirilishi
Ta’lim va trening xizmatlari ta’minoti
Konsorsium a’zolarini ta’lim va maslahat dasturlari bilan ta’minlaydi va bu esa kutubxonachi shtati kvalifikatsiyasi darajasini oshiradi. Bu esa quyidagilarda ifodalanadi: Konsorsium a’zolari, ularning shtatlari ta’lim darajasi va tarmoq imkoniyatlarining oshishida; Foydalanuvchilarning ayrim xususiyatga ega bo‘lgan talablarini qondirish uchun kutubxonalarni qo‘llab-quvvatlovchi maslahatlar oshish imkoniyatining kengayishi. Axborot muhitiga ta’sir Tegishli narx-navo modeli va texnologik standartlarni himoya qilgan holda konsorsium axborot muhitiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu quyidagilarda aks etadi: - Elektron axborotlar uchun yangi iqtisodiy modellarni va intellektual mulkchilik huquqlarini himoyalashning yaxshilanishi; - Elektron axborotlarga cheklanmagan miqdordagi kiruvni ta’minlash maqsadida halol ishlatish konsepsiyasi va boshqa tushunchalarning hayotiyligini ta’minlash; - Elektron axborotlar samaradorligining umumiy statistikalari va boshqa baholash o‘lchovlarini ishlab chiqish; - Axborot sistemalarini birgalikda ishlatish va tarqatish bo‘yicha kuchlarni birlashtirish. Texnologik yechimlarning yaxshilanishi Samarali texnologik strategiyalar ishlab chiqishda birgalikda ishlashlari uchun konsorsium a’zolariga qulay sharoitlar yaratib berishi mumkin. Bu quyidagilarda aks etadi: - Kuchli umumiy texnologik infrastruktura ishlab chiqish (misol uchun: Internet bandwidth - "internet halqasi"); - Texnologik axborotlardan hamkorlikda foydalanish va loyihalar tekshiruvidagi sarf-xarajatlarga barham berish imkoniyati; - Raqamlashtirish bo‘yicha lokal dasturlar va boshqa loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish; - Elektron axborotlarning hamkorlikdagi markazlashtirilgan arxivini yaratish. Kutubxonalarni qo‘llab-quvvatlashning kuchaytirilishi Hamkorlik orqali sarf-xarajatlarni kamaytirish va axborotlarga kirib foydalanishning ko‘payishini namoyish qilish bilan Konsorsium kutubxonalarning siyosiy va iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishi mumkin. Bu quyidagilarda ifodalanadi: - kutubxonalar va kutubxonachilar xizmat ko‘rsatish sohasining yaxshilanishi va kengayishi; - grant mablag‘lari bilan ta’minlash hisobiga kutubxonalar imkoniyatlarining kengayishi. Yuqorida ta’kidlanganidek, konsorsiumning moliyaviy yutuqlari muhim, ammo konsorsium boshqa muhim yutuqlarni ham keltiradi. Konsorsiumga xos bo‘lgan ixtiyoriy foydali yutuq konsorsium bajaradigan dasturlar va xizmatlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Hamkorliklarga va yon berishlarga tayyor konsorsiumlar ancha muvaffaqiyatli hisoblanadi. Bu konsorsiumlar nafaqat pasaytirilgan narxlar va muqobil shartlarda ancha qimmatbaho elektron zaxiralarga yozilishini tashkil qiladi, balki ular a’zolarning ancha yuqori strategik darajada hamkorlik qilishlariga umumiy harakat rejasini ishlab chiqish, a’zolar orasida kuchli aloqa va xizmatning yuqori sifatliligiga intilishga manfaatdorlikni oshirish orqali yordamlashadi. Har bir kutubxona imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularning har biri bilan birgalikda ishlash uchun a’zolik kuchlarni birlashtirish va qo‘llab-quvvatlash ancha muhimdir. Konsorsiumlar orqali kutubxonalar birgalikda ixtiyoriy kutubxona o‘z imkoniyati darajasida bajarganiga nisbatan ko‘p narsaga erishishi mumkin. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling