Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkentaxborottexnologiyalari


IKM-30 raqamli uzatish tizimi


Download 0.83 Mb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1021240
1   2   3
IKM-30 raqamli uzatish tizimi. Bunday uzatish tizimi shahar, shahar atrofi ATSlari, AMTS va ATSlar orasida, 0,5; 0,6; 0,7 mm diametrli simga ega bo‘lgan polietilen izolyasiyali (TPP turidagi) yoki qog‘ozli past chastotali juftliklar (T turidagi) orqali 30 ta tovush chastotali kanalni tashkil qilgan holda ulovchi liniyalar majmuasini olish uchun hizmat qiladi. Shuningdek IKM-30 ancha yuqori tartibli raqamli uzatish tizimlari uchun kanal hosil qiluvchi uskuna sifatida ham qo‘llaniladi. Tizim bir va ikki kabelli ko‘rinishda tuzilishi mumkin. Bir kabelni qo‘llaganda qarama-qarshi uzatish yo‘nalishidagi regeneratorlar bir kabelning turli juftliklariga ulanadi, ikki kabelida esa turli kabel juftliklariga ulanadi. Shuniyam aytish joizki, birinchi holatda o‘zaro o‘tuvchi so‘nish qiymati bo‘yicha juftliklarni tanlash amalga oshadi. Ikki kabelli tizimda raqamli liniya trakti amalda kabelning barcha juftliklarida tashkil qilinishi mumkin. Bu kabel hajmini 13-14 barobar oshishiga olib keladi. Bir kabelli tizimda esa kabel hajmining 1/3 qismi qo‘llaniladi.

  1. Raqamli oqimlarni simvol bo‘yicha birlashtirishnning xususiyatlari nimada?

Raqamli signal guruhli-oqim shakllanayotganda raqamli oqimlarning quyidagi: simvol bo‘yicha (11.4,a-rasm) va kanal bo‘yicha (11.4,b-rasm) birlashtirish usullari bo‘lishi mumkin.


  1. 3-rasm. IKM-30-4 raqamli uzatish tizimining vaqt bo‘yicha spektri


a)

11.4-rasm. Raqamli oqimlar simvol bo‘yicha (a) va kanal bo‘yicha (b) birlashayotgan raqamli uzatish tizimi siklining tuzilishi
Ikkala holda to‘rtta oqim birlashadi. Simvol bo‘yicha birlashayotganda, birlashayotgan raqamli oqimdagi raqamli signallarning impulslari vaqt davomida bo‘shagan intervallarga boshqa oqimlarning birlashayotgan impulslari joylashib olishi mumkin bo‘ladigan holda qisqaradi va taqsimlanadi. Raqamli oqimlar kanal bo‘yicha birlashayotganda kod guruhlari uchun ajratilgan vaqt intervallari davomida ular siqiladi va taqsimlanadi. Sinxrosignal qabul qilishning oxirida raqamli oqimlarning to‘g‘ri taqsimlanishi uchun zarurdir.
Raqamli oqimlar sikllar bo‘yicha ham birlashishi mumkin, bu birlashish kanal bo‘yicha birlashishga o‘xshaydi, faqat bu holda ularga vaqt davomida ishlov beriladi (siqiladi) va bir, so‘ngra esa keyingi raqamli oqim sikli to‘liq uzatiladi. Simvol bo‘yicha birlashtirish eng oddiy va keng suratda qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Raqamli oqimlarni birlashtirish vaqt davomida guruh hosil qiluvchi, ya’ni multipleksirlovchi uskunada amalga oshiriladi, uni tuzilish prinsipi 11.5-rasmda ifodalangan.

11.5-rasm. Vaqt davomida guruh hosil qiluvchi-multipleksirlovchi uskunani tuzilish prinsipi
Uskuna tarkibiga quyidagilar kiradi: uzatish va qabul qilish traktidagi RBBuz, RBBqq raqamli bog‘lovchi blok; uzatish traktidagi oqimlarni BQ birlashtiruvchi qurilma va ularning qabul qilish traktidagi AQ ajratuvchi qurilma; SSuz, SSqq sinxrosignalni uzatkich va qabul qilgich; raqamli liniya signalining TChA taktli chastotasini ajratkich; uzatuvchi va qabul qiluvchi stansiyaning GU generator uskunasi.
RBBuz ning chiqishlaridan chiqayotgan signallar siklli sinxronizasiyalash signallari bilan birga BQ ning kirishiga kelib tushadi. RBBuz chiqishlaridagi impulslar ketma-ketliklari o‘rtasidagi vaqt davomidagi siljish GU dan chiqayotgan boshqaruvchi impulslar orqali amalga oshiriladi. Qabul qilishdagi AQ guruhli signal impulslarini o‘ziga tegishli RBBqq bo‘yicha, shuningdek, signallarni SSqq ga taqsimlaydi.
Uzatish tizimining ancha past tartibli generator uskunasi yoki raqamli oqimlarni birlashtirish va ajratish uskunasidan mustaqil ravishda ishlashi mumkin, yoki sinxronizasiyalash umumiy uzatuvchi generator orqali amalga oshirilishi kerak. Bunga qarab raqamli oqimlarni birlashtirish asinxron yoki sinxron tarzda bo‘lishi mumkin.
Raqamli signallar sinxron tarzda birlashtirilayotganda bu axborotni RBBga yozish tezligi yoki RBB dan sanash tezligi o‘zgarmas va karrali bo‘ladi, chunki unga bir xil GUda ishlov beriladi. Bunda axborotni sanash uning RBBuz ga kelib tushishidan keyin sodir bo‘lishi uchun yozish va sanash komandalari o‘rtasida talab qilinayotgan vaqt davomida siljish o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Raqamli oqimlarni birlashtirish qurilmasidagi GU va past tartibli raqamli oqimlarni shakllantirish qurilmasidagi GU mustaqil ravishda ishlayotganda raqamli oqimlar asinxron tarzda biriktirilayotgan bo‘lsa, yozish va sanash tezliklari o‘rtasida biroz farq bo‘lishi mumkin. Bu tezliklarning muvofiqlashuvi uchun tegishli chora-tadbirlar ko‘rish zarur.
Hozirgi paytda RUT ierarxiyasining ikki turi qabul qilingan:
-plezioxron raqamli ierarxiya (PRI) yoki Plesiochronous Digital Hierarchy (PDH);
-sinxron raqamli ierarxiya (SRI) yoki Synchronous Digital Hierarshy (SDH).
RUT ni tashkil qilishning ierarxiya prinsipi kanal hosil qiluvchi uskunani bir xillashtirishga, tegishli uskunani ishlab chiqarish, tadbiq qilish va undan texnik jihatdan foydalanish jarayonlarini soddalashtirishga va umuman telekommunikasiya tizimlari va tarmoqlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga imkon beradi. RUT tashkil qilinayotganda boshlang‘ich signal sifatida tezligi 64 kbit/s ga teng asosiy raqamli kanal-ARK (yoki DS0-Digital Signal of Level 0) ning signalidan foydalaniladi.
14. IKM-30 raqamli uzatish tizimi siklining tuzilishini tavsiflang. IKM-30 uzatish tizimining asosiy parametrlari
Kanallar soni 30
Siklning ta’qib chastotasi 8 kGs
Chiqish oqimlarining uzatish tezligi 2048 (1 3*10-5) kbit/s

Liniya signalining kod turi

QNNO‘I

Siklli sinxronizmning o‘rtacha tiklanish vaqti

2 ms

Kabel turi

TPP (KSPP)

Regeneratsiyalash uchastkasining uzunligi

2.7 (3.8) km

MT seksiyasining maksimal uzunligi

43 (110) km

Aloqaning maksimal uzunligi

85 (440) km




XTQRPlari orasidagi XTqRP lar soni

20 (28) ta




IKM-30 ning liniya signalini yoki uzatish siklining vaqt bo‘yicha spektri 11.3-rasmda ko‘rsatilgan.
Uzatishning yuqori sikli (SS) - bu vaqt intervali bo‘lib, unda barcha signal kanallarining (BChS) axborot va avariya signalizasiyasi uzatiladi. IKM-30 da yuqori sikl uzunligi Ts=2.0 ms ga teng. Yuqori sikl 16 ta uzatish siklidan tashkil topgan. Sikl mobaynida uning uzunligi diskretitzasiyalash intervaliga teng, ya’ni S=Td=125 mks bo‘lib, sakkiz razryadli 30 kanalli TCh kodli kombinasiyasi uzatiladi hamda ikkita signal kanalining kodli kombinasiyasi yoki yuqori sikl sinxronizasiya signali YuSS, sikl sinxronizasiyasi SS, diskret axborot signali uzatiladi.
Uzatish sikli XTI 6,732 tavsiyasi asosida uzunligi Tki=3,91 mks bo‘lgan 32 ta kanal intervali KI0 — KI31 dan tashkil topgan.
KI1 dan KI15 gacha va KI17 dan KI31 gacha bo‘lgan kanal intervallari TCh kanalining axborotini uzatishda ishlatiladi. Har bir kanal intervali R1....R8 gacha bo‘lgan sakkiz razryaddan tashkil topgan bo‘lib, Tr=488 ns ga teng. Uzatish sikllarining qaytarilish chastotasi fs=fD=8 kHz, ya’ni diskretizasiyaning chastotasiga teng, oraliq kanallarning qaytarilish chastotasi fKI=8x32=256 kHz va siklning qaytarilishchastotasi yoki taktli chastotasi esa fT=8x32x8=2048 kHz ga teng. Chunki har bir razryadda 1bit axborot uzatiladi, axborotni uzatish tezligi liniya signalining raqamli oqimida 2048 kBit/s. Yuqori sikllarning qaytarilish chastotasi fSS= fS/ 16 = 8/16 = 0,5 kHz. Siklning sinxrosignali KI0 ga juft sikllardagi R2...R8 pozisiyalariga uzatiladi va 0011011 ko‘rinishda bo‘ladi. R1 pozisiyasining nolinchi KI da diskret axborot signali uzatiladi. Toq siklning R3 pozisiyasida siklli sinxronizasiyaning avariya signali uzatiladi, R6 pozisiyasida kanalning qoldiq so‘nishini (QS) tekshirish signali va R2 = 8/16 = 0,5 kGs. Siklning sinxrosignali KIO ga juft sikllardagi R2...R8 pozisiyalariga uzatiladi va 0011011 ko‘rinishda bo‘ladi. R1 pozisiyasining nolinchi KI da diskret axborot signali uzatiladi. Toq siklning R3 pozisiyasida siklli sinxronizasiyaning avariya signali uzatiladi, R6 pozisiyasida kanalning qoldiq so‘nishini (QS) tekshirish signali va R2 pozisiyasida 1 razryadi uzatiladi.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling