Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkentaxborottexnologiyalari
PRI ning birinchi standarti
Download 0.83 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- PRI ning ikkinchi standarti
- PRI ning uchinchi standarti
PRI ning birinchi standarti 1544 (yoki DS1)-6 312(yoki DS2)-44 736 (yoki DS3) -274 176 (yoki DS4) kbit/c (yaxlitlagan holda: 1,5-6-45-274 Mbit/s) tezliklarning ierarxik ketma-ketligini o‘z ichiga oladi. Bunday ketma-ketlik quyidagi multipleksirlash koeffisientlari qatori: DS0 ning 24 signalidan DS1 signalini shakllantirish uchun n=24ga, DS1 ning 4 signalidan DS2 signalini shakllantirish uchun m=4ga, DS2 ning 7 signalidan DS3 signalini shakllantirish uchun I=7ga va DS3 ning 6 signalidan DS4 signalini shakllantirish uchun k=6ga to‘g‘ri keladi. PRIning ushbu standarti DS0 (yoki ARK) ning 24, 96, 672 va 4032 kanalini tashkil qilishga imkon beradi.
DS1-DS2-DS3-DS4 satxli raqamli signallarni odatda tegishli ravishda birlamchi raqamli kanal (oqim)-BRK(O), ikkilamchi raqamli kanal (oqim)IRK(O), uchlamchi raqamli kanal (oqim)-URK(O) va to‘rtlamchi raqamli kanal (oqim)-TRK(O) deyiladi. PRI ning ikkinchi standarti 1544 kbit/s tezlikka ega bo‘lib, u 1544 (yoki DS1)-6312 (yoki DS2)-32064 (yoki DSJ3)-97728 (yoki DSJ4) kbit/s ketmaketligini (1,5-6-32-98 Mbit/s taqribiy kattaliklar qatorini) tashkil qiladi. Ushbu standart uchun multipleksirlash koeffisientlari tegishli ravishda n=24, m=4, I=5, k=3ga teng. Bu ierarxiya DS0 (yoki ARK)ning 24, 96, 480 va 1440 kanallarini tashkil qilishga imkon beradi. Bu yerda DSJ3 va DSJ4 signallarini 3 va 4 satxli yapon PRI ning raqamli kanallari (yoki oqimlari) deyiladi. PRI ning uchinchi standarti 2048kbit/s tezlikka ega bo‘lib, u 2048 (yoki E1: birlamchi raqamli kanal-oqim)-8448 (yoki E2: ikkilamchi raqamli kanaloqim)-34368 (yoki E3: uchlamchi raqamli kanal-oqim)-139264 (yoki E4: to‘rtlamchi raqamli kanal-oqim)-564992 (yoki E5: beshlamchi raqamli kanaloqim) kbit/s ketma-ketligini yoki 2-8-34-140-565 Mbit/s taqribiy ketmaketligini hosil qiladi, bu n=30, m=I=k=4ga teng multipleksirlash koeffisientlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu standart tegishli ravishda 30, 120, 480, 1920 va 7680 ARK ni uzatishga imkon beradi, ular odatda IKM-30, IKM-120, IKM-480 va IKM-1920raqamli uzatish tizimlari nomi bilan ataladilar. Turli standartdagi PRI raqamli oqimlarni multipleksirlash sxemasi 11.2-rasmda ifodalangan. PRI ning uchta turli standartlarining parallel ravishda rivojlanishi jahon bo‘ylab ulkan telekommunikasiya tarmoqlarining rivojlanishini to‘xtatib turganligi uchun, telekommunikasiyalar bo‘yicha xalqaro elektr aloqa ittifoqi XTI tomonidan ularni bir xillashtirishga va imkon qadar birlashtirishga oid qadamlar qo‘yildi. 11.2-rasm. PRIning Shimoliy Amerika (ShAS), Yaponiya (YaS) va Yevropa (ES) standartlaridagi multipleksirlash (-) va kross-multipleksorlash (- --) sxemasi Natijada shunday standart ishlab chiqildiki, unga ko‘ra: birinchidan, IKM va kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish asosida raqamli uzatish tizimlarini tashkil qilishda asosiy standart sifatida PRI birinchi standarti (DS1-DS2-DS3) ning uchta birinchi satxlari, ikkinchi standarti (DS1DS2-DSJ3-DSJ4) ning to‘rtta satxlari va uchinchi standarti (E1-E2-E3-E4) ning to‘rtta satxlari standartlangan va standartlarning kross-multipleksirlash, masalan, uchinchi standartdan birinchi standartga (birinchidan ikkinchi satxga) va aksincha (uchinchidan to‘rtinchi satxga) kross-multipleksirlash sxemasi 16.1-rasmda ko‘rsatilgan (multipleksorlash koeffisientlari uzatish tezliklarini taqdim etuvchi bloklarning aloqa liniyalarida ko‘rsatilgan); ikkinchidan, ikkinchi standartda 32 064...97 728 kbit/s (yaxlitlangan holda 32...98 Mbit/s) tarmog‘i, ya’ni birinchi standartdagi DS3 va uchinchi standartdagi E4 satxlariga parallel bo‘lgan DSJ3 va DSJ4 satxlari saqlangan bo‘ladi. DSJ3 satx E3 satxga mos bo‘ladi, bu esa ikkinchi satxdan uchinchi satxga kross-multipleksirlashni osonlashtiradi. 7. IKM li RUT larining ierarxiyasi xaqida ma’lumot bering Umumdavlat birlamchi tarmoqlarda XTI (Xalqaro telekommunikasiya ittifoqi) taklifiga javob beruvchi, Yevropa ierarxiyasining birlamchi pag‘ona tizimlari uchun 30 ta kanalga mo‘ljallangan birlamchi RUT lari qo‘llaniladi. Ularga ATS va AMTS lar orasini, shaharlararo va shahardan tashqari ATS larni bir-biriga ulovchi liniyalarni hosil qiluvchi IKM-30 uzatish tizimi va qishloq aloqa tarmoqlarida qo‘llaniladigan IKM-30 S tizimlari kiradi. Bu RUT larining tuzilish prinsipi bir xil. IKMli raqamli uzatish tizimlarida raqamli oqimlar qanday birlashtiriladi? Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling