Muhammad al-xorazmiy nomidagi toskkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish


Markaziy Osiyo davlatlari bo`yicha suv resurslarini taqsimlanishi (% hisobida)


Download 40.16 Kb.
bet2/5
Sana21.11.2023
Hajmi40.16 Kb.
#1790920
1   2   3   4   5
Bog'liq
ecology

Markaziy Osiyo davlatlari bo`yicha suv resurslarini taqsimlanishi (% hisobida)


Tabiatdagi suvlarni aylanma xarakati bilan yemirilish jarayonlari va Yerni relefini shakllanishi bog‘liqdir tabiatda suvni aylanma xarakati quyidagicha ro‘y beradi. Quruqlik va dunyo okeanidan Quyosh nuri ta‘sirida bug‘‘lanib atmomferani namlik bilan to‘ldiradi. Mutaxassislarni xisoblari bo‘yicha Quyoshdan kelayotgan issiklikni 55% suvni bug‘‘latishga sarf bo‘lar ekan. Atmosfera xavosidagi suv bug‘lari xaroratni pasayishi xisobiga kondensatsiyalanib (suyuq xolatga o‘tib) Yerga (quruqlik va dunyo okeani yuzasiga) yomgir va qor sifatida yog‘adi. Qor va yomg`ir suvlarini bir qismi tuproqqa shimiladi va qolgan qismi yer usti oqimini shakllantiradi. Bu suvlar qiyaliklardan oqib tushib soylarni paydo qiladi va keng tarqalgan soylar bo‘yicha ular daryolarga kelib quyiladi. Bu faqat daryo oqimining bir qismi ya‘ni yer usti toshqin suvlaridir. Daryolar tuproq qatlamidan chuquroqdagi qatlamlarga shimilib o‘tib shakllangan yer osti suvlari xisobiga xam ta‘minlanadilar. Yer osti suvining eng faol xarakat qiluvchi qismi buloqlar ko‘rinishda yer yuzasiga sizib chiqadi yoki daryolarga oqib tushadi. Ko‘p xollarda daryolar yer osti suvlari bilan doimiy ta‘minlanadilar. Dengizlari ko‘llar xuddi okeanlar kabi faqatgina atmosfera yog‘inlari xisobigagina emas balki oqib kelayotgan daryo suvlari xisobiga xam ta‘minlanadilar. Shunday qilib okeanlardan va quruqlik ichkarisidagi xavzalardan doimiy bug‘lanadigan suvlar uzluksiz to‘ldirilib turilishi yuz beradi. Tuproq qatlamidagi suvlar asosan bug‘lanib va o‘simliklar orqali transperatsiyaga sarflanib atmosfera xavosini suv bug‘lari bilan boyitadi xamda bir kismi yer osti suvlarini ta‘minlaydi. [366-367] Tabiatdagi suvlarni aylanma harakati sxemasi ana shunday. Suvni aylanma xarakatini eng muxim xossasi uni litosfera, atmosfera va biosfera bilan o‘zaro bog‘lanib gidrosferani barcha qismilarini: okean, daryolar, tuproq namligi, yer osti suvlarini va atmosfera bug‘larini bir qilib 8 boglashidir. Aylanma xarakat tufayli gidrosferani uzuluvchanlik (diskretlik) karaktush uz kuchini yuqotadi. Yerning barcha suvlari nafaqat paydo bo‘lishi jixatidan balki doimiy aylanma xarakat ta‘sirida yagonadir. Aloxida ta‘kidlash zarurki suv resurslaridan turli xil xo‘jalik va madaniy maksadlarda foydalanishlar ham suvlarni aylanma xarakat jarayonida amalga oshiriladi. Tabiatdagi suvni aylanma xarakati ikkita mustaqil jarayonlar ta‘sirida bo‘ladi: ulardan birinchisi - gidrosferani suvini to‘ldiruvchi manba - mantiya suvini degazatsiyasi. Bu jarayon juda sekin yuz berib milliard yillardan beri davom etmoqda. Bu jarayonni intensivligi xaqidagi ma‘lumotlar yetarli emas. Suvni aylanma xarakatini ikkinchi jarayoni birinchisiga nisbatan bir necha barobar jadalroq bo‘lib uni sikli faellarni almashinish ya‘ni bir yil bilan chegaralanadi. Xozirgi zamon tabiatdagi suvni jadal aylanma xarakati bilan deyarli xamma gidrologik jarayonlar bog‘liqdir, shu jumladan suv resurslarini tabiiy yangilanib turishi va chuchuklanishi uchun o‘ta muxim bo‘lgan jarayonlar ham. Suv - barcha tirik mavjudodlarni eng muxim elementi ekanligini aloxida ta‘kidlash zarur. Suv balansi - bu tabiatdagi suvlarni aylanma xarakatini va uni aloxida ismlarini miqdoriy ifodasidir. Yerni suv balansini umuman va uni aloxida katta qismlarini ta‘riflash uchun tenglamalar tizimi qo‘llaniladi

Download 40.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling